Olimpiadaning haqiqiy qahramoni

Men Olimpiadani bir kun ham tomosha qilmadim. Ochig’ini aytsam, bunga qiziqmayman. Sport va sportchilarning muxlislari mensiz ham ko’p, deya buni tushuntiraman do’stlarimga musobaqalar haqida gap ketganda. Ammo bir inson haqida gapirishdan charchamayman. Olimpiada o’yinlarida yettinchi marta qatnashayotgan o’zbekistonlik Oksana Chusovitina haqida. Gapirishdan ham, maqolalar o’qish va videolar ko’rishdan ham, ijtimoiy tarmoqlarda ularni tarqatishdan ham charchamayman. […]

AQSh haqida nimani bilishni istaysiz?

“Meni AQSh universitetiga o’qishga kirish qiziqtiradi”, deb qoldi Toshkentda yashaydigan bir tanishim. “Universitetlar dekanlari va professorlari bilan intervyu bo’lsa, jon deb o’qirdim. O’qishga kirishning sirlari qanday? Ular bu haqida nima deya oladi? Application to’ldirishga oid tavsiyalari, o’zbekistonlik talabalar haqdagi fikri ham qiziqtiradi”, dedi yosh yigit. Bu meni o’ylantirdi. “Amerika Ovozi”da biz AQShga oid turli-tuman mavzularni […]

Olimpiadada omad, O’zbekiston!

Olimpiya o’yinlarining ochilish marosimida Rossiya sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev O’zbekiston jamoasini Tojikiston deb tanishtirdi. Fikrimcha, Guberniyev uchun bu tasodifan yo’l qo’yilgan xato, uning ortida siyosiy sabab yoki g’araz bo’lmagan. Shunga qaramay bu xato internetda nihoyatda kuchli norozilikka sabab bo’ldi. “Facebook” ijtimoiy tarmog’i va boshqa vositalar orqali mavzuga bag’ishlangan suratlar tarqatildi, uning ishini qoralovchi gaplar yozildi. […]

Sochi Olimpiadasi ortida G’ofur Rahimov turibdimi?

AQShning Ey-Bi-Si (ABC) telekanali 2014-yilgi Olimpiadaning Sochida o’tkazilishi haqdagi qarorning qabul qilinishida asl o’zbekistonlik G’ofur Rahimov katta rol o’ynagani haqida xabar berdi. Telekanalning maxsus izlanish o’tkazgan muxbirining aniqlashicha, O’yinlarga tayyorgarlik paytida poraxo’rlik va korrupsiya cho’qqiga chiqqan va Olimpiada Rossiyaga nihoyatda qimmatga tushgan. Moskva va Sochi rasmiylari iddaolarni, tabiiyki, inkor etmoqda. Sochi musobaqalari Olimpiya o’yinlari tarixiga eng […]