Oʻzlashtirilgan va oʻzlashtirilmagan tadbirlar haqda mulohazalar

Dunyodagi koʻplab mamlakatlar oʻzi uchun muhim hisoblagan alohida sanasiga, alohida eʼzozlanuvchi tarixiy kuniga ega. Bu kunning xotirasiga hurmat oʻlaroq yirik tadbirlar ham uyushtiriladi va aynan mana shu tadbirlarning ayrimlari hatto alohida mamlakatlar chegarasidan chiqib butun dunyoga tanilib ulgurgan. Ayrim tadbirlar baʼzi davlatlar va hatto davlatlar aholisi tomonidan oʻzlashtirib olingan ham. Masalan, Avliyo Valentin kuni, bugun […]

O’zbekiston prezidentining to’ylarga oid ezgu, biroq noto’g’ri qarori

Prezident Shavkat Mirziyoyevning to’ylarni ixchamlashtirish kerak, degan gapi yangi emas. Bunday da’vatlar ilgari O’zbekistonda ham, boshqa davlatlar, masalan, Tojikistonda ham yangragan. Bu safar Mirziyoyev e’tiborni, xususan, to’ylarga boradigan davlat mansabdorlariga qaratdi. Agar to’yxona oldida bunday mansabdor avtomashinasini ko’rsa, ishdan haydashi va hatto jinoiy javobgarlikka tortishini bildirdi. “G’odayib” to’yxonaga kirib boradigan mansabdorlarga esa buning o’rniga muhtojlarga […]

Alisher Usmonovning “tuhfasi”

15-dekabr kuni Toshkentda mashhur ingliz pop-yulduzi Robbi Uilyams konserti bo’lib o’tdi. Xabarlarga qaraganda, ushbu konsert kelib chiqishi o’zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning vatandoshlarga Yangi yil tuhfasi bo’ldi. Konsertga chiptalar narxi 1,5 million so’mdan 1,8 million so’mgacha. Bu O’zbekistondagi o’rtacha oylik maoshdan ko’proq. Tuhfa deganda bepul narsa nazarda tutilishini, mayli, aytmay qo’ya qolay. Buni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari […]

Amerikaliklar bolajon xalqmi?

AQShda yetimxonalar, ya’ni mehribonlik uylari yo’q. Yetim qolgan, ota-onasi olamdan o’tgan yok ota-onalik huquqidan mahrum etilgan holda bolalar boqib olinadi. Aslida o’gay bolani boqib olishni istagan odamlar shu qadar ko’pki, amerikaliklar xorijdan, kambag’alroq mamlakatlardan ham bola boqib oladi. Men AQShda Rossiya, Qirg’iziston va O’zbekistondan millati rus bo’lgan bolalarni boqib olgan amerikaliklarni ko’p uchratganman. Ayrim bolalar […]

Rossiya parlamenti oila a’zolarni do’pposlashni qonunlashtirdi

2013-yilda Rossiyada 9000 dan ko’proq ayol jinoiy tajovuz oqibatida halok bo’lgan, 11 mingdan ziyodi jiddiy tan jarohatlari olgan. 2014-yilda barcha qotilliklarning 25 foizidan ko’prog’i aynan oilalarda sodir etilgan. 2015-yilda jiddiy jinoyatlarning 40 foizi oilalarda yuz bergan. AQShda yiliga qariyb 1000 ayol oilada turmush o’rtog’i tomonidan o’ldiriladi. Demak, aholisi Rossiyanikidan ikki baravar ko’proq AQShdagi to’qqiz yillik […]

O’zbeklar – xizmatkorlar xalqimi?

Yaqinda Nargiz Zokirovaning “Facebook” ijtimoiy tarmog’idagi sahifasiga ko’zim tushdi. Rossiya shaharlarining birida o’tkazgan konsertidan keyin bir rus ayol xonanda oldiga kelib “sendakalar uyimda xizmatkor bo’lib ishlaydi” degan. “Facebook”da ayolning rasmi ham keltirilgan va gapirayotganida mast ahvolda bo’lgani, o’zbek xonandaga qarata shisha bokal uloqtirgani aytilgan. O’zbeklarning ish deb xorijga, asosan, qo’shni Qozog’iston va Rossiya kabi mamlakatlarga […]

Savitskiy muzeyi atrofidagi vaziyat nega tashvishli?

2010-yilda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun O’zbekistonga borgan edi. O’shanda BMT samolyoti avval Nukusga qo’ndi. Pan Gi Mun O’zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va boshqa yuqori martabali rasmiylar bilan Orol dengizi ustida vertolyotlarda uchib, Mo’ynoq aholisi bilan gaplashdi. Delegatsiyadagi martabasi sal pastroq bo’lgan rasmiylar uchun esa Savitskiy muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Xorijliklar orasida rassom […]

“Kelin kerakmi, aylanay?”

To’ylar mavsumi boshlandi. O’zbek uchun to’ydan muhimroq tadbir bormi? Yo’q! Lekin xonadoningizdan karnay-surnay ovozi eshitilgunicha nima qilish kerak? Sarpo yig’ishmi? To’g’ri. Yana nima? Qizingizning bo’yi yetib qolgan bo’lsa, sovchi kutasiz. O’g’il uylantirmoqchi bo’lsangiz, kelin qidiradsiz. Toshkentdagi bir tanishim ham kelin qidiryapti. Qanday qidirayotganini men sizga hozir aytib beraman. *** Yonida kuyovlikka tayyor turgan o’g’li bilan […]