Prezident o’limi mamlakatning kuchli va zaif taraflarini oshkor qildi

Prezident Islom Karimov o’limidan O’zbekistonning bir necha jihati ayon bo’ldi. Birinchidan, o’zbekistonliklar orasida Prezident Islom Karimovni chindan yaxshi ko’rgan, hurmat qilgan va qadrlaganlar ko’pligiga har bir kuzatuvchi ishonch hosil qildi. Odamlar to’kkan ko’z yoshlari haqiqiy, g’ami esa chuqur ekaniga Toshkent va Samarqand fuqarolari rasmlarini ko’rgan, respublikaning boshqa hududlari fuqarolari ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirgan fikrlarni o’qigan […]