O’zbekiston rahbariyatining “bir qadam olg’a, ikki qadam ortga” siyosati

22-fevral kuni O’zbekistonda 18 yillik tutqunlikdan so’ng Muhammad Bekjon ozodlikka chiqarildi. Bir hafta o’tib, 1-mart kuni Jamshid Karimov ham jami 10 yildan keyin ozod etildi. Ikkovi – jurnalist. O’zbekiston hukumatini tanqid qilgani uchun jazolangan. Biri qamalgan, ikkinchisi majburan ruhiy kasalxonaga yotqizilgan. Muhammad Bekjon hamkasbi Yuzuf Ro’zimurodov bilan birgalikda Kiyevda “Erk” gazetasini chiqargan davrda Ukrainadan o’g’irlab […]