Azimjon Asqarov ishida hammamiz yutqazdik

24-yanvar kuni Qirg’izistondan shum xabar keldi. Huquq himoyachisi va jurnalist Azimjon Asqarovga ilgari berilgan umrbod qamoq jazosi kuchda qoladigan bo’ldi. Salomatligi shundoq ham yomon bo’lgan 65 yashar Asqarov norozilik tariqasida ochlik e’lon qildi va 25-yanvar kuni bu haqdagi arizasini kerakli idoraga topshirdi. Ayrim xabarlarga ko’ra, 26-yanvar kuni advokatlar Asqarovni Oliy sudda appellyatsiya ko’rib chiqilmagunicha ochlikni […]