Imoratni inspeksiya qiluvchi robotlar yaratildi

Posted October 10th, 2016 at 10:21 pm (UTC+4)
Leave a comment

Olimlar bugun dunyoda robotlarning xilma-xil turlari ustida ishlamoqda. Yaqinda Singapurda yaratilgan bir robot imoratlarni insonga qaraganda ikki karra tezroq va yaxshiroq inspeksiya qilishi aniqlandi.

“Kvikabot” (QuicaBot) inspeksiya uchun zarur qurollar osilgan kamar taqish o’rniga imoratlarni lazer skaner va yuqori texnologik kameralar bilan tekshiradi. Bu issiqlik infra qizil kamerasi havo haroratidagi o’zgarishni payqab, bo’sh taxlangan plitalarni aniqlaydi, skanner esa egri devorlarni. Robot 3D shaklida olingan tasvirlarni xotirada saqlaydi.

“Kvikabot” odamlarni ishsiz qoldirmaydi, chunki hamma muammolarni ham aniqlay olmaydi.

“Inson-inspektor murakkabroq vazifalarni bajaradi”, – deydi xitoylik olim Erdal Qoyajon.
Olimlarning aytishicha, robotning boshqa ustunliklari ham bor. Unga pora berib bo’lmaydi, batareyasi 36 soat ishlashga imkon beradi.

“Deylik, siz mingta xonani tekshiryapsiz, ertalab 9 dan beshgacha ishlayapsiz. Ma’lum paytdan so’ng charchab “bu xonani ko’rmasak ham bo’laveradi” deb ketishingiz yoki diqqatli bo’lmasligingiz mumkin”, – deydi Qoyajon.

“Kvikabot” roboti qimmat bo’lgani uchun inspeksiya bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar uni kelajakda ijaraga olib ishlatishi mumkin.

Maqolalar arxivi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *