Tuz Amerikada qanday ishlanadi?

Posted March 19th, 2017 at 7:51 pm (UTC+4)
Leave a comment

“Amerika Tuz kompaniyasi” qishda yo’llardagi qor va muzni eritish uchun zarur maxsus tuz ishlab chiqaradi. Tuz uy xo’jaligida va boshqa sanoatlarda ham ishlatiladi. Uni yer ostidan 400 metr chuqurlikdan qazib olishadi.

Nyu-York shtatida joylashgan bu tuz konidan kuniga 20 ming tonna tuz mijozlarga yetkaziladi.

“Yer ostida ko’plab idoralarimiz bor, ekskavator, boshqa texnikamiz shu yerda. Yerosti shaharchaga o’xshaydi”, – deydi “Amerika Tuz kompaniyasi”da atrof-muhit masalasi bo’yicha boshqaruvchi Jo Buchchi.

Unga ko’ra, konning o’rnida 350-400 million yil avval dengiz bo’lgan va u Amerika shimoli-sharqini butunlay qoplagan edi.

Har yili dunyo bo’ylab tuz ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ikki foizga ko’paymoqda. Tuzga narx ham ko’tarilmoqda. Eng tez rivojlanayotgan bozorlar Xitoy va Hindistonda.

Maqolalar arxivi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *