Kiyevda turkiy xalqlar terrorizmga qarshi namoyish o’tkazdi

Posted September 25th, 2015 at 9:49 am (UTC-4)
Leave a comment

Turkiyalik, qrimlik, ozarbayjonlik qardoshlarimiz Kiyevda terrorizmga qarshi birdamlik namoyishini o`tkazdi.

Qardosh xalqlar bayroqlari ko`tarilgan bu tashabbus Ukrainada ta`lim olayotgan turklar tomonidan tashkil etilgan.

Aksiyani Kiyevdagi qrim tatar faollari, Ukrainadagi ozarbayjonlar diasporasi vakillari ham qo`llab-quvvatlab chiqishdi.

Tashkilotchilarga ko`ra, tadbir so`nggi paytda Turkiyada terror xurujlari kuchayib borayotgani yuzasidan ortgan xavotirlar bois tashkil etilgan.

“Biz bu terrorizmning har qanday ko`rinishiga qarshimiz, vatandagi terror xurujlarini Ukrainadan turib kuzatdik,  zo`ravonliklar, terrorga qarshiligimizni shu aksiya orqali bildirmoqchimiz. Biz terorrni la’natlaymiz, nafaqat Turkiya, balki butun dunyodagi zo`ravonliklarni. Bugun bizni qo`llab chiqqan qardoshlardan minnatdormiz”, – deydi tashkilotchilardan biri.

Terrorga qarshi birdamlik aksiyasida Kiyevdagi qrim tatar faollari ham ishtirok etishdi. Ular orasida Qrimga kirishi taqiqlab qo`yilgan faollardan biri Senavar Qodirov ham bor.

“Ukrainadagi qardoshlarimizning terrorga qarshi namoyishida ishtirok etayotganimdan xursandman. Biz har qanday vaziyatda ham bir-birimizni qo`llab-quvvatlashimiz kerak. Turkiy xalqlar terrorizmga, zo`ravonlikka qarshi, bu narsa qayerda, qaysi mamlakatda kuzatilishidan qat’i nazar. Begunoh odamlar qurbon bo`layotganiga chek qo`yilishi kerak”, – deydi o`z yurtiga kirishi taqiqlab qo`yilgan huquq himoyachisi Sinovar Qodirov.

Ozarbayjonlik qardoshlardan biri Turkiyaning qrim tatarlar bo`yicha tutgan pozitsiyasidan minnatdor, ammo boshqa turkiy davlatlar bu borada qat`iylik ko`rsatmayotganidan afsusda.

“Terrordan butun dunyo aziyat chekmoqda, biz turkiyalik qardoshlar bilan bir safda turib terrorizmga qarshiligimizni aytmoqchimiz. Qardosh xalqlarning terrorizmga qarshi birdamligini ko`rish, bunda ishtirok etish yoqimli”, – deydi u.

Rostdan, rasmiyatchiliklardan xoli, ko`ngilli tarzda qardoshlar bayrog`ining bir maqsad yo`lida ko`tarilishini kuzatish zavqli. Albatta, bu safda O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston bayroqlari ham turganda, manzara yanada to`liq, o`zgacha bo`lishi aniq edi.

Quyida namoyishda olingan ayrim suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Matn, video va suratlar muallifi Malik Mansur

_DSC0093_DSC009420150920_12343220150920_12374920150920_12422720150920_12430720150920_12442520150920_125306

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

muhojirlar shaharchasi2

Garchi blogimizni "Muhojirnoma" deb nomlagan bo'lsak-da, u alohida muhojirning kechinmalari va yoki sarguzashtlari haqida bayon qiluvchi sahifa emas. Bu ma'lum ma'noda muhojirotni o'z tanasida tatib ko'rgan insonlarning kundalik daftariday. Sahifa Amerika bilan tanishish, uning ijtimoiy-ma'naviy hayotini o'rganish, qolaversa bu mamlakatga kelish va undagi ayrim “imkoniyatlar”dan foydalanishni ko'zlayotgan minglab o'zbekistonliklar uchun ma'lumotnoma vazifasini o'tashni maqsad qilgan. Unda nafaqat Amerika, balki butun dunyodagi muhojirlar hayotiga oid ma’lumot va kechinmalarni berib borishni niyat qilganmiz.
Bizni kuzatib boring.

Kalendar

September 2015
M T W T F S S
« Jul   Nov »
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930