Qrim tatarlari milliy bayroq kunini nishonladi

Posted July 2nd, 2016 at 2:01 pm (UTC-4)
Leave a comment

tatar flag 038

26-iyun qrim tatarlari uchun milliy bayroq kuni hisoblanadi. Ular ikki yildirki, o`z qadriyatlarini belgilovchi bayramlarini vatandan tashqarida o`tkazishga mahkum. Qrimda Rossiya hukmronligi o`rnatilishi ortidan yarimoroldagi shundoq ham kamsonli bo`lgan tatarlarning bir qismi ichki muhojirlikka yuz tutdi, nazorat, bosim, tazyiqlar tufayli Ukrainaning boshqa hududlariga chiqib ketishdi.

Ular bir kun kelib Rossiya tasarrufidan xoli Qrimga qaytishga umid qilishadi. Milliy bayroq kunini Kiyevda tantana qilgan qrim tatarlarining aksariyati bunga shubha qilishmaydi. Bayramda qatnashgan yetakchilar Mustafo Jemilov, Refat Chubarovlar hozirgi vaziyatda xalqdagi bu ishonchning o`ta muhumligi, Qrimning ishg`oldan ozod bo`lishi muqarrar ekanligi haqida gapirishdi.

Son`ggi ma`lumotlarga ko`ra, Qrimdan ichki muhojirlikka yuz tutgan tatarlar soni bir necha mingdan oshgan. Ular orasida Qrimga kirishi rasman taqiqlangan faollar, mahalliy hukumatga yoqmagan jurnalistlar, milliy qadriyatlarini oshkora namoyish etgani uchun ta’qibga olingan yoshlar ko`pchilik.

Bedarak yo`qolayotganlar, noqonuniy diniy guruhga a`zolikda, xavfsizlikka tahdid qilishda ayblanib hibsga olinganlar ham ko`payib borayotgani tub aholi orasida qo’rquvni oshirib, qochoqlar sonini yanada ko’paytirishi mumkinligidan xavotirlar kuchaygan.  Ammo bu xavotirlar qrim tatarlarining o`z bayroqlariga ko`rsatayotgan ehtiromi, muhabbati qarshisida ancha ojiz ko`rinadi.

Quyida milly bayroq tantanasidan olingan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Matn va suratlar muallifi Malik Mansur

tatar flag 044tatar flag 062tatar flag 028tatar flag 041tatar flag 033tatar flag 048tatar flag 038tatar flag 039tatar flag 051tatar flag 025

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

muhojirlar shaharchasi2

Garchi blogimizni "Muhojirnoma" deb nomlagan bo'lsak-da, u alohida muhojirning kechinmalari va yoki sarguzashtlari haqida bayon qiluvchi sahifa emas. Bu ma'lum ma'noda muhojirotni o'z tanasida tatib ko'rgan insonlarning kundalik daftariday. Sahifa Amerika bilan tanishish, uning ijtimoiy-ma'naviy hayotini o'rganish, qolaversa bu mamlakatga kelish va undagi ayrim “imkoniyatlar”dan foydalanishni ko'zlayotgan minglab o'zbekistonliklar uchun ma'lumotnoma vazifasini o'tashni maqsad qilgan. Unda nafaqat Amerika, balki butun dunyodagi muhojirlar hayotiga oid ma’lumot va kechinmalarni berib borishni niyat qilganmiz.
Bizni kuzatib boring.

Kalendar

July 2016
M T W T F S S
« Mar   Aug »
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031