Ukraina inqiloblaridan uch yil o’tib…

Posted November 30th, 2016 at 12:12 pm (UTC-5)
Leave a comment

kivmay-025

Ukrainada maydon inqiloblarining uch yilligi kutib olindi, qurbonlar xotirlandi. Inqilob ortidan mamlakat sharqida ayirmachilar bilan boshlangan urush ham, Qrimning  ishg`oli, boy berilishi ham aholining aksariyat qismida oriyat va qadr-qimmat inqilobi sifatida qabul qilingan bu siyosiy silsiladan taassuf uyg`otmagan.

Maydon inqiloblari boshlangan kun – 21-noyabr Ukrainada bayram sifatida belgilangan. Taomilga ko`ra, shu kuni jamoatchilik, siyosiy rahbariyat inqilob qurbonlarini xotirlaydi, turli tadbirlar o`tkaziladi, inqilob ortidan hokimiyatga kelgan rahbariyat bu kurashning behuda ketmaganligini isbotlashga harakat qiladi.

Uch yil avvalgi inqiloblar Yevropa Ittifoqi va Ukraina o`rtasidagi hamkorlik bitimini imzolashdan bosh tortgan Viktor Yanukovich hukumatiga qarshi bir guruh jurnalistlarning kichik norozilik o’tkazishidan boshlangan edi.

Yuzdan ortiq qurbonlar berish bilan tugagan maydon inqilobi Ukraina uchun qimmatga tushdi. Qrim Rossiya tomonidan ishg`ol qilindi, Donbas, Donetsk, Lugansk vuloyatalarida ayirmachilar bosh ko`tardi. Bu to`qnashuv uch yildirki, hamon davom etmoqda.

Rossiya ishtirokida kuzatilayotgan bu to`qnashuvlar, ayniqsa, MDHga kiruvchi avtokrat davlatlardagi muxolif jamoatchilik, xususan, Rossiyaning o`zidagi jamoatchilikni ham  ilhomlantirgan maydon inqiloblariga soya soldi. Diktatorlar o`zgarishlar, erkinlikni istayotgan muxolif  jamoatchilikka javoban Ukraina inqiloblariga kinoyali imo qilib gapiradigan bo`lishdi.

Albatta, bunda inqiloblar tufayli hokimiyatga kelgan hozirgi hukumatning ham hissasi bor. Inqilobni boshdan kechirgan mamlakat korrupsiyadan xalos bo`lmadi, islohotlar oqsamoqda. Aholi hokimiyatdan, inqilob tuzumni emas, faqat mansabdorlarni o`zgartirganidan norozi.

Kiyevda inqilobning uch yilligini nishonlash qurbonlarni xotirlashdan tashqari to`qnashuvlar, maydon ramziga aylangan shinalarni yoqish bilan tugagani ham bunday noroziliklarning tobora kuchayib borayotganidan darak beradi.

Ukrainlarning navbatdagi inqilobdan voz kechmagani, uchinchi maydon kutilayotgani haqidagi xabarlar jamoatchilik orasida anchadan buyon aylanib yuribdi. Hokimiyat uchun kurashga kirishayotgan yangi siyosiy kuchlar, partiyalar ko`payib bormoqda. Ularning har biri aholiga maydon qadriyatlari, maqsadlari unutilayotgani haqida murojaat qiladi, aynan inqilob qadriyatlarini o`rtaga qo`yib, tarafdorlar to`plashga harakat qiladi.

Bir tomondan ukrainlar bunday siyosiy chaqiriqlar, turli guruhlar, populistlardan ham charchagandek, ammo boshqa tomondan maydon tufayli to`qnashuvlarga tortilgan mamlakat aholisi inqilob natijalarining suiiste`mol qilinishiga shunchaki qarab turadi deyish juda qiyin.

Quyidagi suratlar Ukraina inqiloblarining uch yilligini nishonlash tadbirlaridan olingan.

Malik Mansur

kivmay-023kivmay-025kivmay-027kivmay-030kivmay-031kivmay-032

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

muhojirlar shaharchasi2

Garchi blogimizni "Muhojirnoma" deb nomlagan bo'lsak-da, u alohida muhojirning kechinmalari va yoki sarguzashtlari haqida bayon qiluvchi sahifa emas. Bu ma'lum ma'noda muhojirotni o'z tanasida tatib ko'rgan insonlarning kundalik daftariday. Sahifa Amerika bilan tanishish, uning ijtimoiy-ma'naviy hayotini o'rganish, qolaversa bu mamlakatga kelish va undagi ayrim “imkoniyatlar”dan foydalanishni ko'zlayotgan minglab o'zbekistonliklar uchun ma'lumotnoma vazifasini o'tashni maqsad qilgan. Unda nafaqat Amerika, balki butun dunyodagi muhojirlar hayotiga oid ma’lumot va kechinmalarni berib borishni niyat qilganmiz.
Bizni kuzatib boring.

Kalendar

November 2016
M T W T F S S
« Aug    
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930