Amerikacha ismingiz bormi?

Posted March 23rd, 2011 at 3:54 pm (UTC-5)
4 comments

 

Tanishlaringizdan kimdir ismingizni eslay olmasa yoki uni noto’g’ri talaffuz qilsa, jahlingiz chiqadimi? Bu holat ayniqsa xorijda ko’p takrorlanishi mumkin. Chunki dunyo xalqlarida ismlar rang-barang va ko’plab ismlar sizga qiyin va hatto g’alari tuyulishi tabiiy.

Bu Amerikada xorijlik talabalar ko’p duch keladigan muammolardan biri. Ba’zan yangi tanishgan do’stingizga ismingizni bot-bot takrorlashingiz kerak, ba’zida esa qog’ozga yozib berib, to’g’ri talaffuz etishi uchun yordamlashishingizga to’g’ri keladi. Chunki ayrim o’zbek ismlarini talaffuz qilish amerikaliklar uchun juda qiyin. Mana shunday holatlarda amerikaliklarning “antiqa” talaffuziga toqat qilib yashagandan ko’ra, o’z ismidan voz kechib, talaffuz uchun qulay bo’lgan “nikneym”lar yasab olayotganlar vatandoshlarimiz orasida ham talaygina. Biz ayni shu masalada bir necha vatandoshimiz bilan bog’lanib, ularning bu haqdagi fikr va tajribalari bilan o’rtoqlashdik:

Ergash: Mening ismim amerikaliklar uchun nisbatan talaffuz qilish oson bo’lgan ismlardan. Shunday bo’lsa ham ismim borasida Amerikada qiziq holatlar bo’lgan. Xalqaro talabalar bilan bir amerikalik o’rtog’imnikiga mehmonga borgan edik. Uning buvisi har birimiz bilan tanishib chiqayotib, mening ismimni so’radi. Ergash, desam, Garga, deb so’radi. Dasturxon atrofida o’tirganlar gur etib kulib yuborishdi. Qariya buviga ismim Garga bo’lib eshitilgan ekan. Shundan so’ng ancha paytgacha do’stlarim hazillashib meni Garga deb chaqirib yurishdi.

Yekaterina: To’liq ismimni Amerikada hech kim ayta olmagan. Odatda ko’pchilik meni Katya deb chaqiradi. O’zimni bu ismim bilan tanishtirsam, amerikaliklarni qiynab qo’yaman. Chunki ular “Katcha” deb talaffuz qilishadi, men esa ularga to’g’ri talaffuzni o’rgata olmay xunob bo’laman. Shuning uchun bo’lsa kerak, Kate (Keyt) deb chaqirish eng yaxshi yechimday tuyuladi. Ammo Keyt bu men emas, u umuman boshqa bir insonday tuyuladi men uchun. Albatta, o’z ismim bilan, ya’ni Katya deb chaqira olishlarini xohlardim. Afsuski, bu Amerika.

Qodirbek: Ismimni bu yerdagilar Kodiyrbek deb aytishadi. Aytishga qiynalganidan tillari buralib ketganday tuyuladi, ba’zan. Shuning uchun o’zimni ko’pincha Bek deb tanishtiraman. Hamsuhbatlar uchun ham, men uchun ham qisqagina Bek deb qo’ya qolgani yaxshi. Aslida, Amerikada barcha o’zbekning ismi Bek. Bekzod, Behzoddan tortib, Ulug’beku, Otabek, qo’yingki, barcha “bek” qo’shilib qolgan ismlar Bekka aylanib ketadi. Amerikalik tanishlarim “Sizlarda hammani Bek deb chaqirishadimi?” deb jiddiy so’ragan hollari ham bo’lgan.

Sirojiddin: Amerikaga kelishimdan oldin amerikaliklar uchun ismimni aytish shunchalik qiyin bo’ladi, deb o’ylamagan edim. Amerikalik tanishlarimning aytishicha, ismim juda uzun emish. Axir sizlarda ham Alexander, Emmanuel kabi to’rt bo’g’inli ismlar borku, deya hayron qolaman. Juda ko’pchilik ismimni buzib aytgani uchun o’zimni Sam deb tanishtirishni ma’qul ko’rdim. Sam ismi bilan Amerikaga moslashib ketishim ham ancha oson kechdi. Hozir o’zbekistonlik yoki o’rta osiyolik do’stlarim ham meni Sam deyishga o’tib ketishgan.

Odilbek: Ilk bor Amerikaga kelganimda Vashingtonda programmamiz rahbarlari barcha biz bilan birga kelgan o’rta osiyolik talabalarga amerikancha ism topib yoki nikneym yasab berayotganini ko’rdim. Navbat menga kelganda, “Seni Odik deya qolaylik”, deyishdi. Men qat’iylik bilan rad qildim. Ismimni aytish amerikaliklar uchun qiyin bo’lsa-da, bu ismni ota-onam shu ism bilan chaqirissin, deb qo’yishgan. Umuman, ismni o’zgartirishga men qattiq qarshiman. O’z ismimni esa har bir yangi tanishgan amerikalikka o’zim tirishqoqlik bilan talaffuz qilishni o’rgataman. Amerikaga kelganimga besh yildan oshayaptiki, barcha meni ismimni o’zgartirmay Odilbek deb chaqiradi.

Aziz talaba! Sizda ham ismingiz bilan bog’liq qiziq voqealar ro’y berganmi? Xorijda sizni do’stlaringiz qanday ism bilan chaqirishadi? “Nikneym” qo’yish masalasiga qanday qaraysiz? Shu haqdagi fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz.

4 responses to “Amerikacha ismingiz bormi?”

  1. Adilbek says:

    I would add… if you are concerned that your name is unusual and difficult for Americans – do something good that people will remember, and then your name will become very usual and very easy for everyone. Barak Obama was a very unusual name… until a few years ago.

  2. Behzod says:

    Adilbek, I hope your American friends call you exactly as Adilbek because I believe you always do good deeds. 🙂

  3. Dilora says:

    Hi, everybody. I thank God, that my name is not so much long 😀 But when i introduce myself, i always have to repeat it a few times to teach my friend to call my name correct. But some of them when they read my name they say “Daaaylo’ra” 🙂 It’s amazing and at the same time funny, hearing from them our names……..

    Dear uzbeks who are far from motherland, i wish all of you, good luck!

    • Behzod says:

      Dear Dilora,
      Thank you for sharing with us your nice story. Yes, in deed, everyone of us has different and interesting stories with regard to our names, and I think it is understandable since we live in a country that is different from our language and culture.

Leave a Reply to Adilbek Cancel reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.