Xubert Xamfri Dasturi – o’zbekistonlik professionallar uchun

Posted April 11th, 2011 at 6:45 pm (UTC-5)
Leave a comment

Davlat idorasida yoki jamoatchilik ishlariga aloqador tashkilotda ishlaysizmi? Ingliz tilini bilasizmi? AQShda o’z sohangiz bo’yicha bir yil malaka oshirib qaytishni istaysizmi? Unda quyida ta’rifi keltirilayotgan ta’lim dasturi aynan siz uchun. Ushbu imkoniyatni qo’ldan boy bermang. Hujjatlar 23-maygacha qabul qilinadi.

AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Xubert Xamfri bir yillik, to‘liq grant bilan ta’minlovchi dastur bo‘lib, u o‘rta pog‘ona lavozimlarda ishlovchi professionallarga, liderlik qobiliyatiga ega, davlat va jamoat xizmatlarida ishlagan hamda AQShning ilg‘or universitetida o‘zi tanlagan dastur bo‘yicha mustaqil ta’lim olish imkoniyatidan to‘liq foydalana oladigan malakali xodimlar uchun mo‘ljallangan.

Dastur ishtirokchilari AQSh hukumati tomonidan beriladigan sertifikat bilan taqdirlanadilar. Xubert Xamfri Stipendiyalar Dasturi Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi, Karib orollari, Yaqin Sharq, Yevropa va Yevrosiyo mamlakatlarining yetuk mutaxassislarini o‘z kasb-korlarining o‘rta pog‘onasidagi davrda AQShga olib kelib, bir yillik o‘qish va professional tajribalar orttirishlari uchun imkoniyat yaratadi. Xamfri Dasturi sobiq Senator va Vitse-Prezident Xubert Xamfri xotirasi va erishgan yutuqlari sharafiga 1978-yilda tashkil tashkil etilgan.

Tanlov g‘oliblari o‘zlarining mamlakat miqyosidagi yetakchilik qobiliyatlari va jamoat xizmatlarida faoliyat yuritish rejalari asosida aniqlanadi. Dastur Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolari va ularning chet mamlakatlardagi hamkasbdoshlari o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatishga, fikr almashish va butun dunyo bo‘ylab o‘zaro hamfikrlilikni kengaytirishga maqsadida tashkil etilgan.

Stipendiyalar raqobat asosida davlat yoki xususiy sektorda bo‘lgan jamoat xizmatlarida faoliyat yuritishga ahd qilgan malakali nomzodlarga taqdim etiladi. Ishtirokchilar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha dasturda qatnashishlari mumkin:

  1. Qishloq xo‘jaligi va Qishloq Taraqqiyoti;
  2. Kommunikatsiya vositalari/Jurnalistika;
  3. Ichkilik va giyohvandlikka qarshi tashviqotlar olib borish, davolash va ularning oldini olish;
  4. Iqtisodiy Taraqqiyot/Moliya va Bank ishi;
  5. Ta’lim Boshqaruvi, rejalashtirish va siyosati;
  6. OIV/OITSga qarshi kurash siyosati va oldini olish;
  7. Kadrlar boshqaruvi;
  8. Qonun va inson huquqlari;
  9. Tabiiy resurslar/Atrof-muhitni saqlash siyosati/iqlim o‘zgarishi;
  10. Sog‘liqni saqlashga oid siyosat va boshqaruv;
  11. Davlat siyosati tahlili va davlat boshqaruvi;
  12. Ingliz tilini chet tili sifatida o‘rgatish (O‘qituvchi malakasini oshirish yoki o‘quv kurslari dasturini takomillashtirish);
  13. Texnologiyalar siyosati va boshqaruvi;
  14. Odam savdosi, siyosati va uning oldini olish;
  15. Shaharlar va mintaqaviy rejalashtirish;

Hujjatlar topshirish jarayoni:

Dastur uchun hozirda hujjatlar qabul qilinmoqda. Hujjatlarni topshirish muddati 2011-yil 23-maygacha. Hujjatlarni topshirish uchun

http://apply.embark.com/student/humphrey/fellowship/

(ingliz tilida) manzilida ro‘yxatdan o‘tib, Hubert Humphrey anketasini to‘ldirishlari lozim.

Mahalliy tanlovdan so‘ng, yakuniy nomzodlar Qo‘shma Shtatlardagi mustaqil tekshiruv qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur tekshiruv qo‘mitalari Uilyam Fulbrayt Stipendiyalar Kengashiga yakuniy g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha tavsiyalar beradi.

G‘oliblar ro‘yxati  har yilning erta bahorida e’lon qilinadi. Xamfri Stipendiyalariga erishish uchun nomzodlar quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

  • Universitet diplomi, Bakalavr unvoni;
  • Besh yillik ish tajribasi;
  • Yetakchilik qobiliyatiga ega bo’lish va jamoat sohasida xizmat qilganlik;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish;
  • Muqaddam AQShda ko‘p muddat turmaganlik.

 

Shartlar va Sharoitlar:

Xamfri Stipendiyasi xalqaro safar xarajatlari, o‘qish va universitet to‘lovlari, kasallik va baxtsiz hodisalar ehtimoliga qarshi sug‘urta, oylik yashash xarajatlari hamda kitoblar va professional faoliyatlar bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratiladigan pul mablag‘larini o‘z ichiga oladi. Xamfri Stipendiyasi ishtirokchining oila a’zolari safari va yashashi uchun moddiy yordam ajratmaydi.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun Tashkent-Program@state.gov elektron pochtasiga maktub yo’llashingiz mumkin. Xat sarlavhasiga “Humphrey” so’zini qo’yishni unutmang.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.