“Muskie” uchun qabul boshlandi: AQShda magistratura o’qish uchun to’liq grant

Posted October 9th, 2011 at 4:18 pm (UTC-5)
2 comments

“Edmund Muskie” nomidagi magistratura darajasi uchun ajratiladigan stipendiyalar Dasturi 2012-o’quv yili uchun o’zbekistonliklardan hujjat qabul qilishni boshladi, deya xabar beradi AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi veb-sahifasi. Bu dastur AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat Ishlari bo‘yicha Byurosi tomonidan tashkil etilgan bo’lib, Yevroosiyo mamlakatlari fuqarolariga AQShda magistratura yoki bir yillik professional ta’lim kursi uchun o’qish imkoniyatini beradi.

Dasturda ishtirok etishni istovchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin:

  • Biznes Boshqaruvi;
  • Iqtisodiyot;
  • Huquqshunoslik;
  • Davlat Boshqaruvi;
  • Davlat Siyosati;
  • Maorif;
  • Atrof-muhitni asrashni boshqarish;
  • Xalqaro Munosabatlar;
  • Kutubxona va Axborotlar Fani;
  • Jurnalistika/Kommunikatsiya;
  • Sog‘liqni Saqlash.

Stipendiyalar qatnashuvchi mamlakatlarning iqtidorli yosh va o‘rta muddat ish tajribasiga ega mutaxassislariga beriladi. Stipendiya egalari AQSh oliy o‘quv yurtlariga tanlov komissiyasining tavsiyasiga binoan joylashtiriladi.

“Muskie” doirasida magistrlik darajasi beradigan va daraja bermaydigan stipendiyalar mavjud bo‘lib, stipendiya egalari o‘zlari tanlagan o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim olishlari kafolatlanmagan. Universitetlarga joylashtirish stipendiya egasining o‘quv dasturlariga mos kelishiga qarab belgilanadi. Bu unvon berilish yoki berilmaslik masalasiga bog‘liq emas.

Dasturda ishtirok etish talablari quyidagicha:

  • Irqi, tana rangi, diniy e’tiqodi, millati va jinsidan qat’i nazar, har qanday nomzod hujjat topshirishi mumkin. Nogiron shaxslarning topshirishlari rag‘batlanadi.
  • “Muskie” Dasturi ishtirokchilari ko‘rsatgan bilim va tajribalarining natijasiga ko‘ra tanlab olinadilar va quyidagi talablarga javob bergan har qanday shaxs tanlovda ishtirok etishi mumkin:
  1. O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lgan fuqarolar va doimiy rezidentlar.
  2. Topshirish paytida bakalavr unvoniga ega bo‘lgan (to‘rt yoki besh yillik o‘qish) shaxslar. Huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha topshirayotgan shaxslar huquqshunoslik bo‘yicha bakalavr unvoniga ega bo‘lishlari lozim.
  3. To‘liq to‘ldirilgan anketa va kerakli hujjatlar to‘plamini topshirish muddati tugaguncha topshirishlari shart.
  4. AQShda bo‘ladigan akademik almashinuv dasturini 2012-yil yoz mavsumida boshlay olishlari kerak.
  5. AQShning J-1 vizasini olishlari kerak.
  6. Dastur tugashi bilan o‘z mamlakatlariga qaytishlari lozim.
  7. Ariza topshirish vaqtida og‘zaki va yozma ingliz tilini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozim.

Quyida keltirilgan holatlardagi shaxslar “Muskie” Dasturi uchun noloyiq deb hisoblanadi:

  • AQSh fuqarolari va AQSHda doimiy yashash huquqiga ega bo’lganlar.
  • Hozirgi paytda AQShda o‘tkazilayotgan akademik, trening va ilmiy-tadqiqot dasturlarida ishtirok etayotgan shaxslar.
  • 12 ta qatnashayotgan mamlakatlardan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki ishlayotgan shaxslar.
  • Olti haftadan ziyod bo‘lgan, AQSh hukumati tomonidan homiylik qilingan almashinuv dasturlari bo‘yicha AQShga tashrif buyurgan va ikki yillik o‘z mamlakatida yashash majburiyatini topshirish vaqtida ado etmagan shaxslar.
  • So‘nggi uch yil davomida AQSh doimiy rezidentligi uchun hujjat topshirgan shaxslar.

 

Hujjatlarni topshirish muddati 2011-yil 2-noyabr kech soat 17:00 gacha. Hujjatlar Toshkentdagi AQSh elchixonasiga topshirilishi kerak.

Qo’shimcha ma’lumotlar:

 

Qo’shimcha savollaringizni bevosita dastur tashkilotchilariga Tashkent-program@state.gov elektron pochtasi orqali yuborishingiz mumkin. Xat mavzusiga (e-mail subject) “E. Muskie Graduate Fellowship Program” deb yozishni unutmang. Shuningdek, savollarni elchixonaning 140-2447 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib ham berishingiz mumkin.

Bundan tashqari, hujjat topshirish va keyingi bosqichlar haqidagi savollaringizni blogimiz orqali “Talabalar shaharchasi”ga ham yo’llashingiz mumkin. Savollaringizga “Muskie” dasturidan muvaffaqiyatli o’tib AQSHda o’qish imkoniyatini qo’lga kiritgan talaba  javob beradi.


 

 

2 responses to ““Muskie” uchun qabul boshlandi: AQShda magistratura o’qish uchun to’liq grant”

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.