O’zbek tilida grantlar sayti

Posted February 7th, 2015 at 2:04 pm (UTC-5)
Leave a comment

10548331_1556453634597411_6358913284583580705_o

© Grantlar.uz

Xorijda tahsil olishni istovchi o’zbekistonlik yoshlarga yordam berish maqsadida o’zbek tilida Grantlar.uz nomli yangi sayt ishga tushdi. Saytda yozilishicha, ushbu loyiha talabalarga butun dunyo bo’ylab turli mamlakatlarda ta’lim olish uchun grantlar topishda yordam beradi.

Unda, grantlardan tashqari, xorijdagi ilmiy konferensiyalar, tanlovlar, kurslar, ish, amaliyot va volontyorlik o’rinlari haqida ma’lumot beriladi; shuningdek, xorijdan o’qish topish, hujjatlarni tayyorlash va topshirish, grantlar topish va ularga hujjat topshirish hamda tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o’tish sir-sinoatlari haqida maslahat berish kabi xizmatlar ham taqdim etiladi.

Saytga allaqachon bakalavr, magistratura va doktorantura hamda boshqa yo’nalish va darajadagi o’qishlar uchun ko’plab grantlar qo’yilgan.Konferensiyalar, ish, amaliyot va blog sahifalaridan ham bir qator maqolalar o’rin olganini ko’rish mumkin.

Loyihaning muhim jihati shundaki, undagi ma’lumotlarning barchasi o’zbek tilida bo’lib, maqolalar so’ngida ingliz yoki boshqa chet tilidagi asl manbaga – grantlarni e’lon qilgan saytlarga havolalar berilgan. Ushbu havolalar orqali kirib, o’quvchilar qo’yilgan grantlar va ularga hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

Sayt “Facebook” ijtimoiy tarmog’ida o’z sahifasiga ham ega: https://www.facebook.com/grantlar.uz

Tarmoq foydalanuvchilariga “Grantlar.uz”ning “Facebook”dagi sahifasiga muxlislik qilishni tavsiya qilamiz. Chunki saytga qo’yilgan har bir yangi grant “Facebook”dagi sahifaga ham qo’yib boriladi.

Yangi grantlar haqidagi e’lonlarni bevosita e-mail orqali olishni xohlovchilar saytning “Obuna” (http://grantlar.uz/obuna/) xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bu yerdagi sahifaga elektron pochta manzilingizni kiritsangiz, har hafta saytga qo’yilgan yangi grantlar haqida e-mail orqali xabarnoma olib turasiz.

Sayt haqidagi taklif-mulohazalaringiz yoki grantlar bo’yicha savollaringiz bo’lsa, ularni “Aloqa” sahifasidan sayt xodimlariga yo’llashingiz mumkin.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.