Qishloq xo’jaligi sohasi vakillari uchun AQShda malaka oshirish imkoniyati

Posted July 22nd, 2015 at 3:54 pm (UTC-5)
Leave a comment

http://grantlar.uz/wp-content/uploads/2015/07/Agriculture-099-640x300@2x.jpgAQSh Qishloq Xo’jaligi Departamenti va Kochran dasturi katta va o’rta darajadagi qishloq xo’jaligi va uni boshqarish sohasi professionallari uchun AQShda qisqa muddatli (2-3 haftalik) trening dasturini ochiq deb e’lon qiladi.

Dasturning maqsadi O’zbekistonda mahalliy aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash uchun kerak bo’lgan qishloq xo’jaligi tizimini rivojlantirish hamda boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini kuchaytirishga yordam berishdan iborat.

Dastur 2016-yilda bo’lib o’tadi. Aniq sanasi keyinroq ma’lum qilinadi. Dasturning 2016-yilgi mavzusi “Hosildan keyingi qishloq xo’jaligi”.

Dastur agrobiznes, qishloq xo’jaligiga aloqador davlat organlari va boshqa qishloq xo’jaligi tashkilotlari xodimlari, shu soha bo’yicha tadqiqot olib boruvchilar uchun ochiq. Arizachilar qishloq xo’jaligi sohasida boshqaruvchi, texnik xodim, tadqiqotchi, professor, administrator yoki soha siyosatini ishlab chiquvchilar bo’lishi mumkin.

Dastur bilan bog’liq barcha xarajatlar, jumladan, safar, oziq-ovqat va turar-joy xarajatlari Kochran dasturi tomonidan qoplanadi.

Dasturga qiziqqan shaxslar ariza shaklini SHU YERDA to’ldirib, uni 2015-yil 10-avgust kech soat 17:00ga qadar Toshkentdagi AQSh elchixonasiga topshirishlari lozim.

Dastur bilan bog’liq barcha savollar bilan dastur koordinatori Go’zal Xojayevaga khodjaevagm@state.gov e-mail manzili yoki +998 71 140-2136 telefon raqami orqali bog’lanish mumkin.

Kochran dasturi haqida kengroq ma’lumotni SHU YERDA olish mumkin.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.