Paxtani majburan terdirish – ekspluatatsiya, O’zbekiston ahli nima deydi?

Posted June 25th, 2013 at 5:29 pm (UTC+0)
Leave a comment

(Reuters)

AQSh O’zbekiston hukumatini  zamonaviy qulchilikda ayblab, yaqinda o’zi yuritadigan maxsus ro’yxatda respublika maqomini eng quyi 3-pog’onaga tushirdi. Hamkasbim Navbahor Imamovaning yoritishicha,  buning oqibatida Kongress respublika bilan hamkorlikni cheklab qo’yishi mumkin. Vashington nazarida O’zbekiston paxta dalalarida bolalar va katta yoshdagilar majburan ishlatilishi zamonaviy qulchilik hisoblanadi. Amerika bu muammoni tan olib, Toshkentni siyosatni o’zgartirishga undamoqda.

Xo’sh, jamoatchilik, paxta terib katta bo’lgan o’zbeklar bu borada nima deydi? Quyidagi fikrlar almashinuvi, muxlislar munozarasi, omma bu borada turlicha qarashda ekanini yaqqol aks ettiradi. Siz nima deysiz?

Nazira, Nyu-York – 20.06.2013 20:10
“… Nima uchun Amerika O’zbekiston uchun qayg’urayapti? O’zbekistonning yeri katta va texnika asboblari hozirda yetarli emas. Shuning uchun qo’l mehnatidan foydalanishga majbur. Paxta mavsumi paytida har bitta ishga yaroqli fuqaro 3-4 soat paxta terib yordamlashsa nima qilibdi? “Vashington O’zbekistonni konkret qadamlar tashlashga, o’z xalqini azoblashni to’xtatishga undaydi degan umiddamiz. ” Endi xalqimizni tinchlik va taraqqiyot yo’lida ushlab turgan yurtboshiga qarshi qo’yishmoqchi bular? Birin-ketin arab davlatlarini va Turkiya xalqini qo’zg’atib endi navbat bizga keldimi? 15 yil Amerikada yashadim va shu magistratura diplomini ham oldim. Yurtimizga qaytib bordim va 2012-yil paxta mavsumini ham ko’rdim ammo majburan maktab bolalarni va katta yoshlarini paxtaga haydagini ko’rmadim”.

Qodir, Chinoz – 21.06.2013 06:46
“Nyu-Yorkda o’tirib olib, nima deb valdirayapsan? Dollarga yashab O’zbekistondagi hayotni unutib qo’ydimi? Paxtaga haydamayapti deb o’ylasang bu yil kelginda, qo’llaring qavarib paxta ter. Terolmasang, birovga pul berib terdir. Oyiga 200-300 dolar berib terdir. Shu pulni bolalarga, uyga sarflamay hukumat majburiyatini ado etish uchun ber. Ana keyin bilasan, O’zbekistonda hayot qanday. Xalqimizni tinchlik va taraqqiyot yo’lida ushlab turgan yurtboshiga qarshi qo’yishmoqchi bular? emish. Nima qilasan Amerikada o’tirvolib katta ketib? Yurtboshing yaxshi bo’lsa, Nyu-Yorkkda o’tirarmiding? Sandaqalarni o’zi paxtazorda ishlatish kerak, bilmasdan katta ketadiganlarni. Kelib tekinga itdek ishlab ber yurting uchun, keyin ko’ksingni ker. Tuf sandaqalarga…”

Nazira, Nyu-York – 22.06.2013 01:16
“Men o’qituvchiman. Men Amerikada malaka oshirishdaman hozir. Men ham sovet davrida 2-sinfdaligimda o’qitivchum Boltabika Yo’ldosheva tayyorlab kelgan uy vazifamni so’ramasdan, sochimdan tutib urgan chunki men atigi 5 kilo paxta tergan edim. Sinfdoshlarim ichida eng kichkinasi va ojizi edim. Yonimga menga 2 barabar keladigan Ulug’bek degan bolani qo’yib nima uchun shu boladay 10 kilo termading deb urgan. Siqilib ketganimdan burnim qonab ketgan va o’qituchining burnim qonaganidan ishi ham bo’lmagan va qo’limdan sudrab necha kilo terding deb so’ra sinfdoshingday tortqilagan. O’shandan keyin balog’at yoshimgacha salga siqilganimda burnim qonidigan bo’lib qolgan. Kilosiga 3 tiyindan to’lagan. U ham yetmagandek noyabrning sovuq oyida ham paxtani to’xtatishmagan. Noyabr kanikuli paxta terish bilan o’tardi. Unisi ham yetmagandek kukuruza samolyotlarida ustimizdan paxtani bargini tushiradigan dori sepishgan. Shu zaharli moddalarni hidlaganman. Hozir shu zaharli moddani sepishadimi? Aytingchi, o’qituvchlar bolalarni paxtani kam terding urisharmikan? Bo’lsa ayting va ism-familiyasi bilan qoldiring va isboti bilan.

6 yosh edim, hali maktabga chiqmagan paytim edi. Uyda onam va amakimni ayollari uyga ertalabki paxta terimidan kelib biz bolalarga ovqat qilib berish uchun kelishgan edi. Bir payt ko’cha tarafdan erkak kishilarni ovozi keldi. Ko’cha tomonga qarab keyin onam va kelin oyimni paxsa devordan oshib,oyoq kiyimsiz yugurib ketishyotganini ko’rdim. U kelgan odamlarni bittasi Viloyat hokimi (ismi hozir esimda yo’q.Ismini otamdan so’rab beraman agar kerak bo’lsa)va Khazorasp hokimi Sharif Murodov edi. Uyni har bitta xonasini kerzi etiklarini yechmasdan tekshirishdi. 5-sinfdagi opam absess yarasini bir kun oldin operasiya qilib uyda yotgan edi. Nimaga paxta chiqmadingmi so’rashdi. 5- sinf bolasi va kasal qizdan.

Qo’lni qavarishiga kelsak, uni sovuqda qanday qavarishini va paxta yog’ini surtib davolashga harakat qilganimni ham bilaman, tushlikni kartoshkani olovda qanday pishirishni ham men bilaman. Chunki uyga tushlikka ham yuborishmagan. Sovuqda o’g’il bolalardan uyalib hojatga bora olmaganizni ham eslayman va afsus shundan keyin qizlarimizni ich qotish xastaligiga chalinganini ham eslayman. Paxtani kam va toza qilib terib kaltak yeganlarimni ham eslayman. 1-sinfda paxta poyasi orasida yo’qolib qolganimni ham eslayman.

Universitetga 1993-yil qabul qilindim. 1994-yil 2 haftaga talabalarni paxta terimiga yordamga olib ketishdi. Paxtalarni terdik. Sovuq ekan, issiq kiyimlarimni ham olmagan ekanman. Birdan isitmam ko’tarilib ketdi. Chap taraf ko’z yonimda yara paydo bo’ldi. Darrov Paxtakor shahar bolnitsasiga olib ketishdi. Yuz-ko’zim shishib va isitma ko’tarilsa ko’tarildiki tushmadi. Qonga o’tsa yoki opersiya qilinsa olamdan o’tishim hech gap emas edi. Chunki miyaga yaqin joyda edi. Do’xtirlar harakatlari va opersiyasiz davolandim. Xohlasangiz chandiq hali ham bor kim ko’rmoqchi bo’lsa. Bitta yaxshi tarafi hech kim paxta termading deya urishgani yo’q. Universitetda oqituvchilar habar olishdi.

Men ham paxta mavsumida Amerikada yashagan bo’lsam ham borib 2 oy tekinga paxta terdim. Uzoq va yaqin qariyalarni xizmatida bo’ldim. Afsuski, juda ko’pchilik bitta ishni qilsa ikkinchi ishni qilishni hohlamiydi. O’z ustida ishlashish u yoqda tursin boshqaga ham qildirmiydiganlar bor. Yoshlarni na kattalarni kitob yoki yangiliklar jurnalini o’qib o’tirganini ko’raman. “Darakchi” gazetasini krossvordini yechib o’tirganini ko’raman xolos. Hammaga dollar bo’lsa yoki 1 metrlik televizor, ipad va mashina bo’lsa. Ko’pchilikni fikrini o’rgandim va o’rganyapman ham. Xo’sh, pulingiz bo’lmasa, siz qanday qilib zamonni eng oxirgi texnologiyasini ishlatib va tezkor xabarlarni yetkazadigan internatdan qanday foydalanib o’tiribsiz?”

Nazira, Nyu-York – 22.06.2013 01:19
“Hech qachon hech kim va hech qanday davlat o’z o’zidan gullab ketmagan. Eng asosiysi tinchlik bo’lsa va inson ilmga intilsa shu oilada ham davlatda yuksalish bo’ladi. Aytgancha, O’zbekistonda ham kechlari uxlamasdan eng yuqori stipendiya bilan o’qidim va Amerikada ham o’z kuchim va tinmay ishlagan pulimga o’qidim. Toshkentda, Yakkasaroy tumanida 3 yil qariyani karavotdan tura olmidigan tatar kampirga tekinga va 300 so’m ijara puli to’lab va yordam berib o’qidim.(Xohlasangiz shu mahallani oqsoqolini adresini beraman) Hech qanaqa Umid fondi yoki grant olgan emasman. Ollohga shukur har doim mehnatini rohatini ko’rib kelganman. Kimgadir bu ertak bo’lib eshtilar, lekin bularni hammasi bo’lgan voqealar va guvohlar ham bor. Yana bir marta hech qachon hech narsa o’z o’zidan osmondan tushmaydi.”

Nazira, Nyu-York – 22.06.2013 01:40
“Iltimos, oldin yozilgan izohlarni yaxshilab o’qib keyin fikr bildiring. Darrov qizishib ketishga hojat yo’q. Siz haqiqatni yozadigan bo’lsangiz men ham o’z ko’zim bilan ko’rgan va bor haqiqatni yozdim va yozaman ham. Tufurish va har xil yomon so’zlarni ishlatganda kimgadir yordam tekkani ko’rganim yo’q.”

Эзгулик – 22.06.2013 02:28
“… Aмерика у килади бу килади лекин пахта муаммосини биз учун хал этиб беролмайди. Назирахон, сиз хавотир олманг, халкимиз хали узок пахта теради ва шундай эзилиб яшайверади. Езда Америкада озгина пул ишлаб олингда, юртимизга кайтиб дарсингизни бераверинг. Ешлигингизда сизга берилган азоб учун аламни энди укувчиларингиздан олинг. Улар хам кийналсинда, тугрими? Лекин билиб куйинг, хукумат учун сиз сарик чакага хам арзимайсиз. Унинг учун гапирманг. Нимага эришмокчисиз? Узингизни алдаманг. Президент ва унинг маддохларига сиздака фидойилар керак эмас. Эртага СНБ еки милиция кетингизга тушса ана ундан кейин сизга хукук керак булиб колади. Хаккини туласа одамлар жон деб териб беради. Буни тушуниш учун чаласавод педагог булиш шарт эмас.”

Nazira, Nyu-York – 22.06.2013 04:27
“… Paxtani qo’lda termasdan texnika vositalariga harakat qilish kerak deydigan bitta inson yo’q. Yoki Amerika va boshqa davlatlarni juda rahmi kelayotgan bo’lsa bersin texnikalaridan. Boshqa davlatlarga yordam beryaptiku. Juda kulgili. Malaka oshirish bilan va pul ishlash umuman bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Agar tushunmagan bo’lsangiz malaka oshirishga ba’zilar o’z mablag’lari bilan kelishadi yoki birorta korxona va homiylar orqali. Malaka oshirishda o’rganishga vaqt ketadi. 2010-2012da Amerikada pul ishlaganman. Buni tan olaman. Nima uchun men bolalardan alamimni olishim kerak? Shuni tushunmadim. Shuni tushuntirib bering. Yoki izohlarimni yaxshilab o’qimadingizmi? SNB ham milisiya ham pul uchun juda yaxshigina savol-javob qilishgan, chemodanimdagi kitoblarni titkilashgan va ularni ichiga narsa qo’yib ayb qo’ymoqchi bo’lib harakat qilishgan. Afsuski ularniki o’xshamadi. Hech qanday ayb bo’lmagani uchun hech narsa qilisha olishmadi. Oddiygina pasportni hamma hujjatlarni tayorlab ro’yxatdan o’tkazish uchun 2 hafta yugurganman. Chunki Amerikani muhrini ko’rib pul undirishga harakat qilishdi.Bunga o’xshash voqealar juda ko’p bo’lgan. Yaqin o’rtada shunaqa paytlar ham bo’lganki odam chidab bo’lmidi ba’zi bir rahbarlarning o’z vazifalariga loqaydligidan. Ular hozir jasosini olyapti.Shuning uchun ba’zi bir nodonlarni deb boshqa bir davlatga suyanishim kerakmi? Ishlagan mehnatga haq to’lanishi shart. Siz yashayotgan rayonda rahbarlar haqqizni berishmasa nimaga so’raymaysiz? So’rang. Nimadan qo’rqasiz? 70 yil qaram bo’lib yopiq qozon ichida yashadik. Shu katta davlatlar kirgan mamlakatlarni ahvolini ko’ryapsizmi? Men o’z ko’zim bilan ko’rganlarimni yozyapman. Shuning uchun isboti va ismlari bilan yozing agar izoh qoldirmoqchi bo’lsangiz. Yashirin nomlar bilan har qanday gapni va hohlagan narsalarni yozish mumkin. Kimgadir sariq chaqacha bo’lib yashash niyatim yo’q, inson bo’lib yashash men uchun muhim. O’qing va uqing sizni hech kim hech qaerda boshingizni ega olmaydi.”

Qodir, Chinoz – 22.06.2013 08:13
“Ичингда шунча дардинg боракан, нима киласан кaтта кетиб? Америкада малака оширибам битта нарсани урганмапсан. Эркинлик буlмасачи халк хич нарса килолмайди. Шунчун президентга ухшаб хаммасида одамларни айблама. Кишлок жойларда одамлар итдек ишласаям козони кайнамайди. Уларни сани тепда езган дардинг эмас, тирикчилик кизиктиради. Интернетга киришга пулим бор, худога шукур, болaлар четда ишлаб бериб турипти. Америкадан нолийсан нега бордин у боскинчи юртга? Ман Америка оппок демайман лекин пахта терими буйича сиесат узгармаса ахвол вой. Виждонли одам тан олиши керак. Пенсионерман ман инженер строител деган диплом бор.”

Nazira, Nyu-York – 23.06.2013 09:24
“Qodir aka, men malaka oshirishga kelib hamma narsani bilaman yoki men aqlliman deganim yo’q. Bu savolga javob edi.Sizni tajribalaringiz oldida meniki hech gap emas. Lekin qayta-qayta yozaman, O’Z KO’ZIM BILAN KO’RGANIMNI YOZYAPMAN. Kim biladi yana kim qaerda va nima qilyapti.Ishonchim komilki har joyda har xil vaziyat.Agar siz chet davlatlarda erkinlik bor deb o’ylasangiz xato qilasiz. Afsuski hamma joyni o’ziga yarasha tosh-tarozisi buni mendan yaxshiroq tushunasiz. Men o’zim haqimdagi narsalarni boshqalar ham qiynalsin men ham qiynalganman deb yozganim ham yo’q. Ezgulik shuni noto’g’ri qabul qilganlar. Amerikani, Rossiyani va boshqa kuchli davlatlarni bosqinchi deb tosh otib o’tirish ham hech qachon hech kimga foydasi tegmaydi. Aksincha paxta va shunga o’xshash muammolar tug’ilaveradi.Bunga uzundan-uzoq izoh berishim shart emas. Paxta siyosatiga yangi texnologiya va uni o’zimizda ishlab chiqarish yordam beradi. Dunyo bozorida paxtani narxi 1 pound(0.453gram) 0.8515 cent. $200-300 kuniga berib to’lash qoplarmikan? Ba’zi bir davlatlar paxtani faqat qo’lda terilganini olaman bo’lmasa yo’q desa siz nima qilardingiz? Tufurish va chalasavodsan deb bir-birimizga tosh otsak va urushsak nafaqat davlatda kichkina bir oilada yuksalish bo’larmikin? Qiynalib paxta terayotgan odamlarni o’giri yengil qilarmikin?”

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida:

Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi" bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi. Malik Mansur tanqidiy maqolalari uchun 2010-yilda davlat organlariga tuhmat qilganlik, haqoratlaganlik va jamoat xavfsizligiga tahdid solganlik aybi bilan Toshkentda sudga tortilgan. Jurnalist va uning reportajlarini efirga uzatgan "Amerika Ovozi" bu ayblovlarni asossiz deb hisoblab, sud ishini so'z va matbuot erkinligini cheklash uchun qilingan qadam deb atagan. Bafurja ma’lumotlar...

Ushbu blog haqida:

O'zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi bugungi ahvol, siyosat, iqtisod, jamiyat... Yurtdoshlar nima fikrda? Ularni qanday masalalar qiynamoqda? Marhamat, shu sahifada munozara yuriting. Bu blog siz uchun ochiq. Vatandagi bugungi manzara sizga qanday ko'rinayotganini izohlab berishingiz mumkin.