Elbiy taxallusli muxlisimiz maktub yo’llab, quyidagi she’rni blogimizda e’lon qilishimizni so’rabdi. Sh’er O’zbekistonning Jasliq qamoqxonasida jazo muddatini o’tayotgan mahkum tilidan yozilgan. Unda muallif qamoqxonadagi kundalik hayotni she’riy bayon qilishga uringan. Shu misralarni quyida e’tiboringizga to’laligicha havola etamiz.

 

Yo’qolsin Jasliq!

Yoshligimdan ayirgan o’lim zindon bu Jasliq.

Oshyonlardan ajratgan, oilamdan judo Jasliq.

O’z yurtingda surgunsan, tutqin,

Bu qaysi zamon – balo Jasliq.

To’g’ri so’z-chi, turmada,

O’g’ri o’truk – o’z uyida,

Zolimning zulmati – bu Jasliq.

Bunda Alloh deganlar jon berar,

Har kuni majbur madhiya takror.

Dinim Islom deganlar berur qon – Jasliq.

Aytma, bu ham vaqtinchalik siyosat,

Kunlar yillarga teng – bu Jasliq.

Har kuni yangi tobut, birimiz ketdik,

Yillar o’tdi, ko’rinmas bizga ko’cha-ko’y.

O’g’lim uylandi, qizim chiqdi, menga bu joy mozor – Jasliq.

Sabrning ham chiqdi saryog’i.

Tepsa tebranmas xalq sira qo’zg’almas.

Munojotim – Allohim yolg’iz.

Yo’qolsin bu tuzum! Yo’qolsin bu Jasliq!

ELBIY