Afg’onistonda bahor

Posted April 13th, 2015 at 2:38 pm (UTC+0)
Leave a comment

Afg’onistonda ham bahor fasli boshlanib, tabiat go’zallikka burkangan. Quyidagi suratlarda aks etgan ko’m-ko’k maysazorlarni va u yerlarda dam olayotgan odamlarni ko’rib, bu o’lka uzoq yillar urush domiga tushgan mamlakat ekani yodingizdan ham chiqadi.

Juzijon viloyatining Shibirg’on shahrida joylashgan “Jangalbog’” dam olish maskani mamlakatning tinchlik hukm suradigan va odamlar kelib hordiq chiqaradigan kam sonli makonlardan biri sanaladi.

Quyida shu go’shada odamlarning dam olayotgani aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Suratlar muallifi Abdulbasir ILG’OR

P1130475 - Copy P1130521P1130524P1130530P1130533P1130536P1130548

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida:

Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi" bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi. Malik Mansur tanqidiy maqolalari uchun 2010-yilda davlat organlariga tuhmat qilganlik, haqoratlaganlik va jamoat xavfsizligiga tahdid solganlik aybi bilan Toshkentda sudga tortilgan. Jurnalist va uning reportajlarini efirga uzatgan "Amerika Ovozi" bu ayblovlarni asossiz deb hisoblab, sud ishini so'z va matbuot erkinligini cheklash uchun qilingan qadam deb atagan. Bafurja ma’lumotlar...

Ushbu blog haqida:

O'zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi bugungi ahvol, siyosat, iqtisod, jamiyat... Yurtdoshlar nima fikrda? Ularni qanday masalalar qiynamoqda? Marhamat, shu sahifada munozara yuriting. Bu blog siz uchun ochiq. Vatandagi bugungi manzara sizga qanday ko'rinayotganini izohlab berishingiz mumkin.