Yodgorliklar o’tmishdan so’zlaydi

Posted May 26th, 2015 at 2:29 pm (UTC+0)
1 comment

Qirg’izistonda millat tarixi va milliy qadriyatlarni tiklash ishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Keyingi yillarda o’lka viloyatlarida ko’plab tarixiy shaxslar – elboshilar, shoiru-donishmandlar, pahlavon o’g’lonlarga – yodgorliklar qad ko’tardi.

Qo’qon honligi davrida Oloy malikasi nomi bilan tanilgan va el-yurt uchun ko’p sahovatli ishlar qilgan Qurmanjan dodho haykali O’sh shahri maydonlaridan birini bezab turibdi. Shaharning ramziy darvozasi oldida sizni malikaning jufti-haloli, o’z davrining yirik arbob va mutafakkiri Olimbek dodhoga qo’yilgan yodgorlik qarshi oladi.

Qadimdan xalq iftixori sanalmish Manas, Barsbek, Qurmanbek kabi buyuk shaxslar siymolari bugungi avlodni ahillik, do’stlik, vatanparvarlik, insonparvarlikka chorlaydi.

Salobat jihatidan  ayrim yangi yodgorliklar o’z vaqtida Sovet davlati asochisi Vladimir Leninga atab qo’yilgan osmono’par monumentlardan qolishmaydi, deyishadi.  Bu hol mahalliy matbuotda tanqidiy chiqishlarga sabab bo’lgan. Xalq pulini saranjom-sarishta sarflashga chaqiriqlar yangragan.

Ayni paytda bunday yodgorliklar, ayniqsa yosh avlod uchun, o’ziga hos qadamjoga aylanayotir. O’quv yurtlari bitiruvchilari, yosh kelin-kuyovlar orasida ajdodlar xotiragohlarini ziyorat qilish odat tusiga kirmoqda.

Mashhur oqinu-shoirlarga qo’yilgan yodgorliklar kamtarona ko’rinish bilan ajralib turadi. Ammo ular ham halq diqqat-e’tiborda.

Aytish joizki, Qirg’izistonda Sho’rolar davri yodgorliklari, kommunistik tuzim arboblarining haykal va haykalchalari ham saqlanib qolgan. Bunday yodgorliklar hozirda diqqatdan ancha chetda bo’lsa-da, ularni buzib tashlash, ko’zdan yo’qotish tarafdorlari ko’rinmaydi.

”Axir bu ham bizning tariximiz”, deydi ko’pchilik.

Muhiddin Zarif

O’sh, Qirg’iziston

Suratlarni tomosha qiling!

Xalq oqini To’qtag’ul haykali. O’sh, may, 2015

Xalq oqini To’qtag’ul haykali. O’sh, may, 2015

19-yashar pus yigiti Volodya Golubev Janubiy Qirg’izistonda Sovet hokimiyati uchun jangda qurbon bo’lgan. Bir paytlar unga yodgorlik poyiga gulchambarlar qo’yilib kelingan. O’sh, may, 2015.

19-yashar pus yigiti Volodya Golubev Janubiy Qirg’izistonda Sovet hokimiyati uchun jangda qurbon bo’lgan. Bir paytlar unga yodgorlik poyiga gulchambarlar qo’yilib kelingan. O’sh, may, 2015.

VII asr arbobi Barsbek majmuasi, 2013-yil barpo etilgan, O’sh, may, 2015.

VII asr arbobi Barsbek majmuasi, 2013-yil barpo etilgan, O’sh, may, 2015.

Alisher Navoiy haykali shoir nomidagi istirohat bog’iga kiraverishda o’tgan asrning 60-yillari o’rnatilgan. O’sh, may, 2015.

Alisher Navoiy haykali shoir nomidagi istirohat bog’iga kiraverishda o’tgan asrning 60-yillari o’rnatilgan. O’sh, may, 2015.

“Oloy malikasi” Qirvonjon dodho haykali shahar maydonlaridan birini bezab turibdi, O’sh, may, 2015.

“Oloy malikasi” Qirvonjon dodho haykali shahar maydonlaridan birini bezab turibdi, O’sh, may, 2015.

Shahar darvozasi oldida Olimbek dodho siymosi gavdalanadi, majmua 2013 yil qurib bitkazilgan. O’sh, may, 2015.

Shahar darvozasi oldida Olimbek dodho siymosi gavdalanadi, majmua 2013 yil qurib bitkazilgan. O’sh, may, 2015.

Abdiqodir O’ro’zbekov Qirg’iz Sovet Respublikasining ilk rahbarlaridan biri bo’lgan. O’sh, may, 2015.

Abdiqodir O’ro’zbekov Qirg’iz Sovet Respublikasining ilk rahbarlaridan biri bo’lgan. O’sh, may, 2015.

“Oktabr inqilobi posboni” Feliks Dzerjinskiy haykali ortida turgan bino kabi nuray boshlagan. Sovet davri yodgorliklari Qirg’izistonda tarih sahifasi sifatida saqlanmoqda. O’sh, may, 2015.

“Oktabr inqilobi posboni” Feliks Dzerjinskiy haykali ortida turgan bino kabi nuray boshlagan. Sovet davri yodgorliklari Qirg’izistonda tarih sahifasi sifatida saqlanmoqda. O’sh, may, 2015.

Afg’on va Botken urushi qatnashchilariga bag’ishlangan esdalik majmuasidan bir ko’rinish. O’sh, may, 2015.

Afg’on va Botken urushi qatnashchilariga bag’ishlangan esdalik majmuasidan bir ko’rinish. O’sh, may, 2015.

Qahramonlar xiyoboni. Oldingi planda – Shuhrat Ordenining har uch darajasi kavaleri Abdurashid Parpiyevga yaqinda o’rnatilgan yodgorlik. O’sh, may, 2015.

Qahramonlar xiyoboni. Oldingi planda – Shuhrat Ordenining har uch darajasi kavaleri Abdurashid Parpiyevga yaqinda o’rnatilgan yodgorlik. O’sh, may, 2015.

Yo’llarimiz ayro, ammo “dohiy Lenin” hali-hali markaziy maydonda salobat to’kib turibdi. O’sh, may, 2015.

Yo’llarimiz ayro, ammo “dohiy Lenin” hali-hali markaziy maydonda salobat to’kib turibdi. O’sh, may, 2015.

Oqin Moldo Niyaz. O’sh, Teatr maydoni, may, 2015.

Oqin Moldo Niyaz. O’sh, Teatr maydoni, may, 2015.

Oqin va bastakor Niyazali yodgorligi. Osh, Teatr maydoni, may, 2015.

Oqin va bastakor Niyazali yodgorligi. Osh, Teatr maydoni, may, 2015.

Sulton Ibraimov xalq orasida eng sevimli davlat rahbari, deb kelinadi. O’shda ushbu arbobga ikki haykal o’rnatilgan. O’sh, may, 2015.

Sulton Ibraimov xalq orasida eng sevimli davlat rahbari, deb kelinadi. O’shda ushbu arbobga ikki haykal o’rnatilgan. O’sh, may, 2015.

Oyko’l Manas haykali uch yil muqaddam O’sh shahriga kiraverishda o’rnatilgan. O’sh, may 2015.

Oyko’l Manas haykali uch yil muqaddam O’sh shahriga kiraverishda o’rnatilgan. O’sh, may 2015.

Yangi asr boshida qad ko’targan ushbu yodgorlik rus olimi Yuriy Zadneprovskiyni tasvirlaydi. Taniqli arxeolog O’sh shahri uch ming yillik tarixga ega ekanini asoslab bergan. O’sh, may, 2015

Yangi asr boshida qad ko’targan ushbu yodgorlik rus olimi Yuriy Zadneprovskiyni tasvirlaydi. Taniqli arxeolog O’sh shahri uch ming yillik tarixga ega ekanini asoslab bergan. O’sh, may, 2015

O'sh, may, 2005.

O’sh, may, 2005.

 

One response to “Yodgorliklar o’tmishdan so’zlaydi”

  1. Nodir says:

    Мутлақо ноўрин блог қўйибсизлар! Ўш азалдан Ўзбек маданияти, Ўзбек тамаддунининг ажралмас қисмидир. Сизлар Америка Овози Ўзбек хизмати бўлатуриб, бу суратли репортаж билан, бу юртда ўзбеклар ҳам борлигига ақалли бир ишорани ҳам раво кўрмасдан, қадим бу ўзбекий бўлгани, ўзбекий қалб марказини қирғизларга ихтиёран топшириб қўяяпсизлар! Тақдим қилган суратларингизнинг аксарида қирғиз тимсоллари… Тўғри, Ўш минтақаси кейинги йилларда, айниқса 2010 йил июнь фожиаларидан сўнг кучли қирғизлаштириш сиёсати таъсири остида қолди. Бу каби репортажларингиз эса қирғиз ҳукуматининг шу қабиҳ сиёсати қўллови каби таассурот қолдираётир! Минг таассуф…

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida:

Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi" bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi. Malik Mansur tanqidiy maqolalari uchun 2010-yilda davlat organlariga tuhmat qilganlik, haqoratlaganlik va jamoat xavfsizligiga tahdid solganlik aybi bilan Toshkentda sudga tortilgan. Jurnalist va uning reportajlarini efirga uzatgan "Amerika Ovozi" bu ayblovlarni asossiz deb hisoblab, sud ishini so'z va matbuot erkinligini cheklash uchun qilingan qadam deb atagan. Bafurja ma’lumotlar...

Ushbu blog haqida:

O'zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi bugungi ahvol, siyosat, iqtisod, jamiyat... Yurtdoshlar nima fikrda? Ularni qanday masalalar qiynamoqda? Marhamat, shu sahifada munozara yuriting. Bu blog siz uchun ochiq. Vatandagi bugungi manzara sizga qanday ko'rinayotganini izohlab berishingiz mumkin.