Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi hozirgi dunyo globallashuv jarayoni jadal ketayotgan zamonda aktual masala bo’lib qolmoqda.

Tojikistondagi So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi, dotsent Ilhom Yusupovning fikricha, Markaziy Osiyo respublikalarining birlashuvi mintaqada yirik va kuchli tashkilot tuzilishga asos bo’lishi mumkin.

“Lekin, – deydi u, – Qozog’istonning Rossiya yetakchiligidagi ittifoqqa qo’shilishi, O’zbekistonning  chekkada qolayotgani-yu, Tojikiston va Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlar,  tojik-qirg’iz chegaralarida o’qtin-o’qtin takrorlanib kelayotgan qurolli to’qnashuvlar mintaqa birligiga raxna soladi. Rossiya region davlatlarining o’zaro birlashuvidan hech qachon manfaatdor bo’lmagan”.

Farg’ona vodiysida Qirg’iziston va O’zbekistonning olti, Tojikistonning bir viloyatiga qarashli yerlar bor. Mintaqada bu hudud aholi eng zich joylashgan yer bo’lib, juda ko’p ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yig’ilib qolgan. Boz ustiga, mustaqillikdan so’ng  qo’shni davlatlar o’rtasida haligacha demilitarizatsiya va demarkatsiya qilinmagan talay yerlar mavjud.

Chegara hududlarida aniqlanmagan yer va suv taqsimoti sabab Qirg’izistonning Botkent va Tojikistonning So’g’d viloyati chegaralarida o’tgan yillar davomida bir necha marta mahalliy aholi va chegara qo’shinlari o’rtasida qonli to’qnashuvlar bo’lib o’tdi.

Keyingi ikki yilda Tojikiston shimolidagi Isfara va G’afurov nohiyalari va Qirg’izistonning Botkent va Isfara nohiyalari chegara hududlari notinch bo’lib qoldi.

Tojikiston shimolidagi Qirg’iziston bilan chegara hududlarida taqriban 500 mingdan ortiq mamlakat  fuqarolari yashaydi, Qirg’iziston chegara nohiyalarida esa aholi soni bir necha marta oz. Chegara hududlaridagi notinchlik va kelishmovchiliklardan zada bo’lgan ayrim ziyolilar qirg’iz tomoni  doim qurol  ishlatib kelayotganiga ishora qilar ekan,  kuchlar munosabatiga urg’u berib, ularga yetarlicha javob berish zarur deydi.

Huquqshunos Fayziniso Axmedova qirg’iz tomoni haddidan oshib ketmoqda, hatto Lakkon qishlog’ida bizning odamlarni kuch bilan ushlab ketishdi, Tojikiston tomoni tokaygacha jim qoladi, deb iddao qiladi.

Tojikiston va Qirg’iziston hukumati, qo’shni So’g’d va Botkent viloyatlari  rahbarlari hamda chegara qo’shinlari qo’mondonlari har safar biror to’qnashuvdan so’ng, albatta, ushrashadilar va masalani  diplomatik tarzda hal etish, qurol ishlatmaslik haqida kelishadilar-u, barcha qarorlar qog’ozda qolib ketaveradi, deydi chegara hududlarida yashovchi mahalliy aholi vakillari.

So’g’d viloyatining Jabbor Rasulov nohiyasi, Yangi hayot qishloq jamoatiga qarashli Qo’rg’oncha qishlog’ini markaz bilan bo’g’lovchi asosiy  tekis yo’l Qirg’iziston orqali o’tadi. Chegaralardagi to’qnashuvlar sabab yo’llarning  tez-tez berkitib qo’yilishi qishloq ahlini o’z hududlari orqali o’tuvchi yangi tog’ yo’lini ochishga undadi.

Qo’rg’oncha qishloq aholisi tog’ etaklari va katta soy orqali o’tadigan 18 kilometrli yangi yo’lni bunyod etishdi.

Qishloq mahalla qo’mitasi raisi  Habibullo Hamidulloyev aytadiki, markazgacha bo’lgan 29 kilometrli yo’lning ancha qismi sel va yog’ingarchilik sabab har doim xavf  ostida turadi, soy ustiga mustahkam ko’prik qurilishi rejalangan.

“Hozircha yuk va yo’lovchi mashinalar suv kamligi uchun soy orasidan bemalol o’tib kelmoqda,  yangi ko’prik qurilishi uchun 1 million 300 ming somonlik loyiha ishlab chiqilgan-u, mablag’ yetishmasligi sabab qurilish amalga oshmayotir. Qo’rg’onchaning olti mingga yaqin, Qirg’izistondagi  Mirzopochcho, Zamborish, Kolso qishloqlarining mingdan ortiq aholisi uchun bu ko’prik hayotan muhim ahamiyat kasb etadi, biz xalqaro tashkilotlar ko’magiga muhtojmiz, -deydi mahalla raisi.

Hayoti nav qishloq jamoati raisi Baxtiyor  Karimberdiyev Qo’rg’oncha qishlog’ini ikki bo’lib o’tadigan katta soy ustiga qurilgan yangi evakuatsion ko’prik ham Germaniya hukumati va Xalqaro qizil yarim oy jamiyati ko’magida  qurib bitkazilganini aytarkan, bundan qo’shni qirg’izlar ham foyda ko’rishini ta’kidlaydi.

“Qishloq ahli qurgan yangi yo’lni  yomg’ir  yuvib ketmasligi uchun qo’shimcha o’ttizga yaqin suv o’tkazish quvurlari o’rnatish lozim, bularning hammasiga mahalliy byudjetdan pul yetmaydi, xalqimiz shunday ham bu yerdagi chegara qo’shinlari harbiylarini vaqtida kerakli narsalar bilan ta’minlab turibdi, – deydi jamoat raisi.

Qo’rg’oncha qishlog’ida yashayotgan mingdan ortiq xo’jalik Qirg’izistonning Cho’yanchi, Jarqishloq, Zamborish kabi qishloqlari bilan savdo-sotiq qiladi, qirg’izlar ham tojik bozorlarida savdo qilishadi.  Qirg’izistonliklar uchun ham Qo’rg’onchaliklar qurgan yo’ldan o’tish manfaatli, chunki o’rtada rasmiy chegara va bojxona postlari yoq.

“Chegarachilarimiz harbiy qismdan bizning qishloqgacha 4-5 kilometr qurol bilan piyoda yo’l bosib kelishadi, texnikalari yo’q. Bizga ularning qishloqda qurol bilan yurishlari yoqmaydi, qishlog’imiz nisbatan tinch qishloq, jangu-janjallardan chekkadamiz, lekin aniqlanmagan, bahsli  yerlarimiz anchagina, ikki davlat xaritalari  biri-biriga to’g’ri kelmaydi”, – deydi ziyoli  Nizomiddin Qahhorov.

Qo’rg’oncha qishlog’ida piyodalar uchun mo’ljallangan Amerika kichik harbiy mashinasini haydab kelgan zobit aytadiki, bu texnika NATO programmasiga ko’ra Tojikiston chegara qo’shinlariga ko’rsatilgan texnik yordam namunasi.

“Bunday texnik yordam bizga ayni muddao bo’lmoqda, Amerikaning ko’magi bilan quroldoshlarimiz AQShda va Yevropa davlatlarida ham malaka oshirmoqda. O’tgan  10 yil orasida AQSh elchixonasining narkotiklar nazorati va xavfsilikni saqlash bo’limi Tojikistonda xavfsizlik va qonun ustivorligi loyihalariga, bilishimcha, 60 million dollarga yaqin mablag’ sarfladi, chegara nazorati uchun  zamonaviy kuzatish uskunalari taqdim etdi, janubda chegara qo’shinlari harbiylari malaka oshirish markazini qurib berdi, mana yaqinda, ismi yodimda yo’q-ku, Amerika generali Tojikistonda bo’ldi, hamkorligimiz yanada rivojlanadi, bularning hammasi bizga qo’l keladi”, – deydi tojik harbiysi.

Kelayotgan 3-sentabr kuni Tojikiston va Qir’g’iziston chegara qo’shinlari vakillari, yer mutaxassislari ishtirokida navbatdagi umumiy uchrashuv aynan chegara hududi – Qo’rg’oncha va Mirzopochcho qishlog’ida  o’tkazilishi rejalangan bo’lib, mahalliy aholi bu uchrashuvda yer hududlari uzil-kesil aniqlashtiriladi, deb umid qilishmoqda.

Chegara hududidagi Qo’rg’oncha qishlog’idan olingan suratlarni esa quyida e’tiboringizga havola etamiz.

Matn va suratlar muallifi Ravshan SHAMS

Tojikistonning Isfara va Qirg'izistonning Botkent nohiyasiga qarashli mana shu zaminlar orada tort-tort bo'lmoqda

Tojikistonning Isfara va Qirg’izistonning Botkent nohiyasiga qarashli mana shu zaminlar orada tort-tort bo’lmoqda

Qo'rg'oncha qishlog'i, tog' ortida Qirg'iziston

Qo’rg’oncha qishlog’i, tog’ ortida Qirg’iziston

Qo'rg'onchaga olib boradigan yo'l katta soydan o'tadi

Qo’rg’onchaga olib boradigan yo’l katta soydan o’tadi

Soyda qurilishi mo'ljallangan suv ombori uchun bunyod etilgan tunnel

Soyda qurilishi mo’ljallangan suv ombori uchun bunyod etilgan tunnel

Katta soy

Katta soy

Katta soy ustiga quriladigan ko'prik uchun asosiy moslama

Katta soy ustiga quriladigan ko’prik uchun asosiy moslama

Uy-joylar tog' etaklaricgacha yetgan

Uy-joylar tog’ etaklaricgacha yetgan

Yangi uy qurilishi uchun loy tayyorlanmoqda

Yangi uy qurilishi uchun loy tayyorlanmoqda

Yangi uy qurilishi, asosan, loy va kesakdan ko'tariladi

Yangi uy qurilishi, asosan, loy va kesakdan ko’tariladi

Qishloq maktabi

Qishloq maktabi

Qishloqning markaziy ko'chasi

Qishloqning markaziy ko’chasi

Qo'rg'oncha kelajagi

Qo’rg’oncha kelajagi

Markaziy ko'chada

Markaziy ko’chada

Qishloq ko'chasi

Qishloq ko’chasi

Kichik selxona ustidagi eski ko'prik

Kichik selxona ustidagi eski ko’prik

Bir piyola choy ustida

Bir piyola choy ustida

Mahalla bozorchasi

Mahalla bozorchasi

Chorvoq axlati - chalma q'ish uchun asraladi

Chorvoq axlati – chalma q’ish uchun asraladi

Qishloqdagi yodgorlik

Qishloqdagi yodgorlik

Qo'rg'onchalik keksa onaxon

Qo’rg’onchalik keksa onaxon

O'choq boshida

O’choq boshida

Qishloq chevarlari

Qishloq chevarlari

Qishloq ko'chalarida

Qishloq ko’chalarida

Qo'rg'oncha sharsharasi

Qo’rg’oncha sharsharasi

Qishloq faollari

Qishloq faollari

Qishloqda qirg'iz va tojik mashinalari doimo yonma-yon turadi

Qishloqda qirg’iz va tojik mashinalari doimo yonma-yon turadi

AQShning Tojikiston chegara qo'shinlariga ko'rsatgan texnik yordami Qo'rg'onchada

AQShning Tojikiston chegara qo’shinlariga ko’rsatgan texnik yordami Qo’rg’onchada

Qishloqqa gazeta onda-sonda keladi

Qishloqqa gazeta onda-sonda keladi

Qishloq ko'chasidagi hordiq

Qishloq ko’chasidagi hordiq

Qishloq cho'ponlari

Qishloq cho’ponlari

Chorvoq qir-adirlarda

Chorvoq qir-adirlarda

Qishloqlikalr uchun beminnat yordamchi

Qishloqlikalr uchun beminnat yordamchi

Qirg'iz yo'lovchi mashinasi tojik bozoridan qaytmoqda

Qirg’iz yo’lovchi mashinasi tojik bozoridan qaytmoqda

Soydagi eski ko'prik

Soydagi eski ko’prik

Xalqaro qizil yarim oy jamiiyati va Germaniya hukumatu ko'magida Qo'rg'oncha qishlog'idagi soy ustiga qurilgan yangi ko'prik

Xalqaro qizil yarim oy jamiiyati va Germaniya hukumatu ko’magida Qo’rg’oncha qishlog’idagi soy ustiga qurilgan yangi ko’prik

Yangi kop'rik oldidagi informatsion lavha

Yangi kop’rik oldidagi informatsion lavha

Ko'prik ochilishi munosabati bilan uyushtirilgan tantanadan esdalik surat

Ko’prik ochilishi munosabati bilan uyushtirilgan tantanadan esdalik surat

Qishloq ayollari qurilish uchun soydan tosh terishmoqda

Qishloq ayollari qurilish uchun soydan tosh terishmoqda

Tabiiy ofatlardan saqlanish uchun xalqaro tashkilotlar ko'magi

Tabiiy ofatlardan saqlanish uchun xalqaro tashkilotlar ko’magi

Respublika gazetasi muxbiri Ozod Meliboyev qishloq faollari bilan

Respublika gazetasi muxbiri Ozod Meliboyev qishloq faollari bilan