Juzjon universitetidan fotolavha

Posted December 28th, 2015 at 7:59 pm (UTC+0)
Leave a comment

Yoshlar – har bir o’lkaning kelajagi. Biroq Afg’onistonda ular e’tibordan chetda. Ishsizlik yuqori. O’qimishlilar vatanni tark etmoqda. Giyohvandlikka mukkasidan ketganlar ham ko’p.

Yoshlar nazarida davlat tinchlikni ta’minlab, ular uchun ish o’rinlari yaratib berishi kerak. Buning ustiga sifatli ta’lim olish uchun sharoit mavjud emas, deydi ular. 

Ammo yoshlarga umid beradigan yangiliklar ham yo’q emas. Masalan, Juzjon oliygohida talabalar uchun yangi binolar qurilmoqda, o’qish uchun sharoitlar yaxshilanmoqda. Bunday o’quv dargohlari mamlakat kelajagi uchun, yoshlar uchun katta ahamiyatga ega.

Quyida afg’onistonlik hamkorimiz Abdulbasir Ilg’or Juzjon oliygohidan jo’natgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

darslik sinif (1)
Ijtimoiy bilimlar fakulteti (2)Ijtimoiy bilimlar fakulteti (4)Ijtimoiy bilimlar fakulteti (6)Ijtimoiy bilimlar fakulteti (8)Ijtimoiy bilimlar fakulteti (11)Ijtimoiy bilimlar fakulteti (13)Ijtimoiy bilimlar fakulteti (14)Juzijon universiteti (2)Juzijon universiteti (6)Juzijon universiteti (7)Juzijon universiteti (8)Juzijon universiteti (9)Juzijon universiteti (11)Juzijon universiteti (16)Juzijon universiteti (18)Juzijon universiteti (21)Kitobxona (2)Kitobxona (3)Ta'lim va tarbiya fakulteti (2)Ta'lim va tarbiya fakulteti (7)Yotoqxona (1)Yotoqxona (3)Yotoqxona (4)Yotoqxona (7)Yotoqxona (8)Yotoqxona (9)Yotoqxona (11)Yotoqxona12

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida:

Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi" bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi. Malik Mansur tanqidiy maqolalari uchun 2010-yilda davlat organlariga tuhmat qilganlik, haqoratlaganlik va jamoat xavfsizligiga tahdid solganlik aybi bilan Toshkentda sudga tortilgan. Jurnalist va uning reportajlarini efirga uzatgan "Amerika Ovozi" bu ayblovlarni asossiz deb hisoblab, sud ishini so'z va matbuot erkinligini cheklash uchun qilingan qadam deb atagan. Bafurja ma’lumotlar...

Ushbu blog haqida:

O'zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi bugungi ahvol, siyosat, iqtisod, jamiyat... Yurtdoshlar nima fikrda? Ularni qanday masalalar qiynamoqda? Marhamat, shu sahifada munozara yuriting. Bu blog siz uchun ochiq. Vatandagi bugungi manzara sizga qanday ko'rinayotganini izohlab berishingiz mumkin.