Tojikistonda o’zbeklar markazi besh yoshda!

Posted January 1st, 2016 at 8:00 pm (UTC+0)
Leave a comment

So'g'd viloyati o'zbeklar ma'naviyat va ma'rifat markazi nishoni

So’g’d viloyati o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi nishoni

Bundan besh yil oldin shimoliy Tojikiston  – So’g’d viloyat markazi, Xo’jand shahrida bir guruh  o’zbek ziyolilari pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Yusupov rahbarligida So’g’d viloyat o’zbeklari ma’naviyat va ma’rifat markazini tashkil etgandi.

O’tgan besh yil mobaynida bu o’zbek markazi nafaqat viloyat, balki butun respublikadagi o’zbek ijodkorlarini atrofiga birlashtirib, mustaqil ravishda “Ma’naviyat” gazetasi va “Sharqnoma” jurnallarini ommaviy nashr etishga erishdi. Bugungi kunda gazeta 1000, jurnal esa 4000 nusxada chop etilmoqda. Uning sahifalarida Markaziy Osiyo davlatlarining tadqiqotchi olimlari, ijod ahli ham o’z ilmiy-ommabop maqolalari va adabiy ijodlari bilan qatnashmoqda.

Bu markaz Tojikistonda mustaqillikning ilk yillarida tashkil etilgan, millat  haq-huquqlari uchun kurashuvchi o’zbeklarning ikkinchi milliy tashkilotidir.  Uning yuridik qayddan o’tkazilgan ustavida tashkilot vazifalaridan biri “milliy  ozodlik va huquq himoyasi uchun o’zbek aholisini birlashtirish” deb yozib qo’yilgan.

O’tgan yillar davomida markaz Tojikistondagi ilmiy tashkilotlar, oliy va o’rta-maxsus o’quv yurtlari, maktablar, jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlar vakillari ishtirokida anjumanlar o’tkazdi, xorijiy davlatlardagi ma’naviyat va ma’rifat muammolari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatdi.

Markaz faoliyati bilan Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Rossiya, O’zbekiston, Qozog’iston va qirg’izistonlik olimlar qiziqib, uning iba’zi tadbirlarida xorijdan mehmonlar ham ishtirok etgan va o’z navbatida  vatanlariga ham taklif etishgan.

2015-yil yozida o’zbeklar markazi namoyandalari rasmiy ravishda Toshkentda o’tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda qatnashib, mustaqillikdan keyingi  yillarda ikki mamlakat ilm va ijod ahli o’rtasidagi uzilishga barham berdilar. Bundan oldin markaz faollaridan jurnalist Hakimjon Zokirov va shoir Jamshed O’zbekiston yozuvchilarining Do’rmon ijod bog’ida, Xumson oromgohlarida  bo’lishib, shoir va yozuvchilar, olimlar – Azim Suyun, Haydar Muhammad, Nosir Fozilov, Shodmon Otabek, Tursun Ali, Nurali Qobul, Shahodat Isaxonova, Qo’chqor Norqobil, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Sher, Dadaxon Nuriy, Suyuma G’aniyeva, Yo’ldosh Solijonov va boshqalar bilan mazmunli suhbatlarda bo’lib, ikki davlat ijodkorlari o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga tamal toshi qo’ydilar.

Markaz faollaridan shoirlar Abduvali Bekmuhammad va Abdullojon Do’stiy, jurnalist Tilaboldi Abdunazarovlar O’zbekiston va Qirg’iziston adabiyot ahli bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etib kelmoqda. Bu ham nafaqat ziyolilar ittifoqi, balki chegara oldi nohiyalari aholisi o’rtasida ba’zi nomatlub ko’rinishlar oldi olinishiga xizmat qilmoqda.

O’zbeklar markazi faollaridan Abdurashid Burgutov, dastlab, O’zbekiston poytaxti Toshkentda bo’lib, Respublika Ma’naviyat va targ’ibot markazi, Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, hamda “Tafakkur”, “Yoshlik” jurnallari tahririyatlarida uchrashuvlar o’tkazdi.

Markaz faollaridan Rahim Berdiyev, Abduvali Bekmuhammad, Jamshed Pirimov, Sayfulloxon Qorixonov, Hakimjon Zokirovlar poytaxt Dushanbeda, Xatlon, So’g’d viloyatlarining o’nlab shahar va nohiyalari, qishloqlarida qiziqarli tadbirlar tashkil etib kelishmoqda.

Tojikiston hukumati o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi faollarining jamiyat birligi va xalqlar do’stligi, davlatlar orasidagi do’stlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan harakatlarini munosib taqdirlamoqda, ularning o’ndan ortig’iga  markaz tavsiyasi bilan “Tojikiston matbuot a’lochisi”, “Tojikistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” nishonlari berildi.

Tojikistonda o’zbek ijod ahlini qo’llash va targ’ib qilish, jamiyatdagi sog’lom kuchlar – iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy va ijodiy salohiyatini respublika istiqboli sari yo’naltirish maqsadida markaz tarafidan adabiy mukofotlar tashkil etildi. Jumladan, 2012-yilda davlat va jamoat xodimi marhum Toshtemir Jo’raboyevning (shoir Maftun Jo’ra) o’zbek va tojik xalqlari do’stligiga qo’shgan hissasi hamda jamoat faoliyatini inobatga olib, uning nomi bilan mukofot tashkil etildi. Nasr va nazm bo’yicha tashkil etilgan bu mukofot, dastlab, G’onchi nohiyasining Mujun qishlog’idan iste’dodli o’zbek shoirasi Zulfiyaga, so’ng Qirg’izistondan o’zbek ijodkori Nabijon Mamajonovga hamda isfaralik Sayfulloxon Qorixonovlarga topshirildi.

2014-yilda markaz tomonidan iqtidorli yosh ijodkorlarni rag’batlantirish, ma’naviy va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida shoir Shukrullo Avliyozoda nomidagi yillik adabiy mukofot ham ta’sis etildi. Bu mukofot Konibodom nohiyasida yashayotgan yosh iste’dodli shoira Mohira Husanovaga topshirildi.

Markazning moliyaviy ahvolini yanada yaxshilash va daromad manbalarini topish maqsadida ishlab chiqarish bilan shug’ullanish masalalari muhokamasi hozir kun tartibida turibdi.

Markaz raisi Ilhom Yusupovning aytishicha, yaqin yillarda So’g’d viloyat davlat televideniyesida o’zbekcha ko’rsatuvlarni tiklash, qo’shma korxonalar ochish, insonparvarlik yordamlari uchun jamg’arma tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Quyida e’tiboringizga markaz faoliyati va tadbirlari bilan bog’liq bir qator suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Matn va suratlar muallifi Ravshan SHAMS

Jurnalist Hakimjon Zokirov va shoir Jamshid O'zbekiston xalq shoiri, qahramon Abdulla Oripov bilan

Jurnalist Hakimjon Zokirov va shoir Jamshid O’zbekiston xalq shoiri, qahramon Abdulla Oripov bilan

Markaz faoli Markaziy Osiyo vakillari bilan Samarqandda

Markaz faoli Markaziy Osiyo vakillari bilan Samarqandda

Toshkent xalqaro anjumanida

Toshkent xalqaro anjumanida

Markoz xodimlari O'zbekistonning Dushanbedagi  elchixonasi mas'ul xodimi Jamshid Usmonovni So'g'd viloyat tarixiy muzeyi bilan tanishtirmoqda.

Markoz xodimlari O’zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi mas’ul xodimi Jamshid Usmonovni So’g’d viloyat tarixiy muzeyi bilan tanishtirmoqda.

Professor Abdusalom Abduqodirov O'zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi konsuli Sherzod Rahmatullayevga markaz faoliyati haqida so'zlab bermoqda.

Professor Abdusalom Abduqodirov O’zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi konsuli Sherzod Rahmatullayevga markaz faoliyati haqida so’zlab bermoqda.

Shoir Abduvali Bekmuhammad va angliyalik tarixchi olim, Liverpul Universiteti dotsenti Aleksandr Morrison markaz ofisida.

Shoir Abduvali Bekmuhammad va angliyalik tarixchi olim, Liverpul Universiteti dotsenti Aleksandr Morrison markaz ofisida.

O'zbek ma'naviyat va ma'rifat markazining "Sharqnoma" jurnali muqovasi

O’zbek ma’naviyat va ma’rifat markazining “Sharqnoma” jurnali muqovasi

Janubiy Tojikiston o'zbek maktablarida uchrashuv lahzasi

Janubiy Tojikiston o’zbek maktablarida uchrashuv lahzasi

Ijodkor O'ktam Ergashevning markaz chop etgan kitoblari

Ijodkor O’ktam Ergashevning markaz chop etgan kitoblari

Mahalliy rassomlar bilan ijodiy uchrashuv

Mahalliy rassomlar bilan ijodiy uchrashuv

Markaz vakillari Xatlon viloyatiga borishda tog' darasidan o'tishmoqda

Markaz vakillari Xatlon viloyatiga borishda tog’ darasidan o’tishmoqda

Tursunzoda nohiyasidagi o'zbek maktabida

Tursunzoda nohiyasidagi o’zbek maktabida

Panjakentda Ro'dakiy maqbarasi ziyoratida

Panjakentda Ro’dakiy maqbarasi ziyoratida

G'onchi nohiyasi o'zbek maktablaridan birida yangi  kitob taqdimoti

G’onchi nohiyasi o’zbek maktablaridan birida yangi kitob taqdimoti

Tog'li o'g'li o'zbek qishlog'ida o'tkazilgan tadbir

Tog’li o’g’li o’zbek qishlog’ida o’tkazilgan tadbir

Xo'jand markazida o'tkazilgan tadbir

Xo’jand markazida o’tkazilgan tadbir

Maschoh nohiyasidagi Soirteppa balandligida muxlislar davrasida

Maschoh nohiyasidagi Soirteppa balandligida muxlislar davrasida

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunidagi tadbir

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunidagi tadbir

Panjakentdagi Navro'z saylida

Panjakentdagi Navro’z saylida

Respublika hukumati o'zbek  gazetasi  muzeyida

Respublika hukumati o’zbek gazetasi muzeyida

O'zbekiston yozuvchilarining Do'rmon bog'ida Tursun Ali va Azim Suyun shaxmat surmoqda.

O’zbekiston yozuvchilarining Do’rmon bog’ida Tursun Ali va Azim Suyun shaxmat surmoqda.

Professor Yo'ldosh  Solijonov, Azim Suyun, Jamshed, Hakimjon Zokirov va Tusrsun Ali O'zbekistonning Xumson oromgohida

Professor Yo’ldosh Solijonov, Azim Suyun, Jamshed, Hakimjon Zokirov va Tusrsun Ali O’zbekistonning Xumson oromgohida

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida:

Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi" bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi. Malik Mansur tanqidiy maqolalari uchun 2010-yilda davlat organlariga tuhmat qilganlik, haqoratlaganlik va jamoat xavfsizligiga tahdid solganlik aybi bilan Toshkentda sudga tortilgan. Jurnalist va uning reportajlarini efirga uzatgan "Amerika Ovozi" bu ayblovlarni asossiz deb hisoblab, sud ishini so'z va matbuot erkinligini cheklash uchun qilingan qadam deb atagan. Bafurja ma’lumotlar...

Ushbu blog haqida:

O'zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi bugungi ahvol, siyosat, iqtisod, jamiyat... Yurtdoshlar nima fikrda? Ularni qanday masalalar qiynamoqda? Marhamat, shu sahifada munozara yuriting. Bu blog siz uchun ochiq. Vatandagi bugungi manzara sizga qanday ko'rinayotganini izohlab berishingiz mumkin.