Vatan Manzaralari

Muqaddas Sulaymon tog’ida bahor nashidasi

DSC04633

Qadim shaharning qoq o’rtasida yastanib yotgan va asrlar davomida qadamjo sifatida xizmat qilayotgan tog’ cho’qqilari sayyoramizda sanoqli bo’lsa kerak. Ulardan biri – Qirg’izistonning O’sh shahridagi Sulaymon to’gi. Odamlar muqaddas hisoblab kelgan ushbu tabiat tuhfasini, shuningdek, Taxti Sulaymon, ungacha esa Borakuh, deb ham atashgan.

Hozirgi Sulaymon tog’i va uning ustiyu-atrofida joylashgan obidalar hamda turli madaniy majmualar davlat tarixiy-arxeologik muzey-qo’riqxonasi tarkibiga kiradi.

Ushbu dargoh YUNESKO madaniy meroslar ro’yxatidan o’rin olgan.

Musulmon olamida ma’lum va mashhur bu manzil, ayniqsa, bahorda boshqacha tus oladi. Go’yo ko’zni qamashtirgan, ufurib turgan ulkan guldasta, deysiz. Mitti yovvoyi gullar yo’lingizga payondoz. Cho’qqilarga intilgan daraxtlar qiyg’os ochilgan. Havo sof va totli.

Ko’klam  kelishi bilan sayyohlar, ziroatchilar, dam oluvchilar ko’paygan. Tog’ atrofidagi xiyobonlar, qadim (XVI-XVII asrlarga oid) hamda yangi katta masjidlar, turli muzeylar doimo gavjum. Cho’qqilardan birida qad ko’tarib turgan (o’tgan asrning 90-yillarida qayta tiklangan) Bobur hujrasi mehmonlarni chorlaydi… (more…)

Navro’z ayyomiga hozirlik “Tozalash” operatsiyasi bilan boshlandi

O`zbekistonda Navzro`z ayyomiga tayyorgarlik har doimigidek “Tozalash” operatsiyasi bilan boshlandi.

Ichki ishlar vazirligi “Tozalash” amaliyotini uyushqoqlik bilan o`tkazmoqda, deb xabar beradi “Kun.uz” mahalliy nashri.

Oddiy aholi, poytaxt ko`chalarida tirikchilik umidida yurgan sanoqsiz fuqarolar uchun sir emas bu amaliyotning maqsadi, kimni kimdan tozalashga qaratilgani…

“Tozalash” deganda ko’chalar, xiyobon, maydon va yodgorliklarni tozalash anglanganda chidash mumkin edi. Afsuski, bunday emas. Bayram arafasida poytaxt propiskasiz kelgindilardan, shubhali qashshoq va yupunlardan tozalanadi. Operatsiyaning nomiyoq inson qadrini tahqirlaydi.

Millionlab muhojirlar qabul qilayotgan, muhojirlar inqiroziga tutilgan Yevropada ham insonlarga nisbatan “tozalash” nomli operatsya o`tkazilishini tasavvur etib bo`lmaydi. Bu nafaqat irqchilik, balki inson sha`nini haqoratlash sifatida tushuniladi.

Albatta, mamlakat miqyosida shu mamlakatning tub aholisiga nisbatan qo`llanilayotgan “tozalash”ni  irqchilikka yo`yib bo`lmaydi. Ammo uzoq qishloqlardagi oddiy aholi uchun poytaxtga kelish, ishlash, propiskada bo`lish kabi huquqlar “vakolat”ga aylantirilayotgan bir sharoitda nomi yuqorida zikr etilgan amaliyot “oqlar”ni “qoralar”dan ayirishdek ko`rinadi.

Har holda Vazirlar Mahkamasining yaqinda qabul qilingan Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardan kelganlarni maxsus ruxsatnomasiz Toshkentda ishlashini taqiqlash haqidagi qarorining ijrosi aynan shu “Tozalash” operatsiyasi jarayonida ta`minlanishiga shubha yo`q.

Bu qarorning mantiqsizligi, konstutsiyaviy huquqlarga zidligi haqida gapirish ortiqcha. Bosh qonunda har bir fuqaroning harakatlanish erkinligi, mamlakatning istalgan joyida yashash huquqi kafolatlangan.

O`zbekiston xaritasiga qaralsa, poytaxt mamlakatning eng chetida joylashgan bir nuqta.

So`nggi yillar davomida uzoq viloyatlardan poytaxt ko`rki uchun tashilgan zaxiralar, qahraton qishda ham chiroqsiz, gazsiz qoldirilgan tumanlar hisobiga orttirilgan shinamlik, qulayliklar bu nuqtani shubhasiz yuksaltirdi, uni butun mamlakat uchun haqiqatda moliyaviy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy markazga aylantirdi.

Mamlakat shimolidan poytaxtga kelish salkam bir kunlik yo`l. O`zbekistonda yashab umrida poytaxtda bo`lmagan fuqarolar soni bunga muyassar bo`lganlardan ko`ra bir necha barobar ko`p.

Shunday ekan, zaxiralari yulib olingan olis viloyatlar va tumanlardagi aholining yashash uchun qulay va ish o`rinlari nisbatan yaratilgan yagona nuqta bo`lib qolayotgan Toshkentga intilayotgani mutlaqo tabiiy, bu haqda “shahar darvozalarini berkitish”dan avval o`ylash kerak edi.

Afsuski, poytaxt darvozalari faqat “ruxsatsiz” oddiy aholi uchun berkitilmoqda. Viloyatlardan oqib kelayotgan “oq oltin”, “qora oltin” yoki boshqa rangdagi boyliklar uchun emas.

Malik MANSUR