Navoiy ijodi tojik va o’zbek xalqlarini birlashtirmoqda

Posted April 18th, 2016 at 10:12 pm (UTC+0)
Leave a comment

Tojikiston, O'zbekiston va Qirg'iziston adabiyotshunos olimlari va ijodkorlar

Tojikiston, O’zbekiston va Qirg’iziston adabiyotshunos olimlari va ijodkorlar

Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida birdamlik va hamjihatlikda ish tutish davr talabi.

O’tgan yillarda Tojikiston va O’zbekiston o’rtasida tijorat ancha ortgani kuzatiladi, shu bilan birga, madaniy almashinuvlar ham. Ziyolilar va ijodkorlar orasida hamkorlik mustahkamlanmoqda.

Joriy yilning 15-16-aprel kunlari Tojikistonning Xo’jand shahrida o’zbek adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman buning isbotidir.

Yig’in So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi, O’zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi, Tojikiston xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik va madaniy aloqalar jamiyatining So’g’d viloyat vakilligi bilan hamkorlikda o’tkazdi.

“Bugungi zamon Markaziy Osiyo davlatlarining integratsiyasini taqozo etadi. Bu o’rinda ziyolilar, ijodkorlarning hamkorligi harakatning negizi bo’lishi zarur”, – deydi qirg’izistonlik o’zbek shoiri Avliyoxon Eshon.

Uning fikricha, zamonlar osha  o’z ijodi bilan xalqlar do’stligini mustahkamlayotgan ulug’ bobomiz – Alisher Navoiy hayoti bugungi rahbarlar uchun mayoq bo’lib xizmat qiladi.

“O’tgan yili biz, bur guruh tojikistonlik ijodkorlar Toshkentda mintaqa integrasiyasida o’zbek tilining o’rni va ahamiyati masalalariga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro anjumanda ishtirok etgan edik. Endi, bu gal biz mezbonlik qilayotgan bo’lsak, allaqachon Toshkentdan bizga yangi bir chaqiriq yetib keldi. Bizning faollarni O’zbekiston mustaqilligining 25 yilligi tantanalariga rasman taklif etishmoqda. Mana shuning o’zi keyngi yillarda oramizda ozmi-ko’pmi yaqinlik qaytadan tiklanayotganing ko’rsatadi”, – deydi Tojikistondagi  o’zbeklar markazi nashri bo’lgan “Ma’naviyat” gazetasi bosh muharriri Hakim Zokir.

Xo’jandda o’tkazilgan “Amir Alisher Navoiy va tojik adabiyoti” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumanga Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universiteti navoiyshunos olimlari, professorlar Boqijon To’xliyev va Ergash Ochilovlar rasman tashrif buyurishib, konferensiyada o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Anjumanda, shuningdek, Dushanbedan Milliy universitet tojik filologiyasi kulliyoti professori Badriddin Maqsudov Navoiyning shu vaqtgacha noma’lum bo’lgan yangi qo’lyozma nusxasini aniqlagani haqida so’z yuritib, adabiyotshunoslik tarixida iz qoluvchi kashfiyot bo’layotganini ta’kidlab o’tdi.

Anjumanga, shuningdek, Afg’oniston, Pokiston, Turkiya, Eron, Germaniya va qirg’izistonlik olimlar ham o’z ma’ruzalarini jo’natishgan. Ular So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi nashri bo’lmish “Sharqnoma” jurnalida chop etiladi.

Qo’shni Qirg’izistonning Jalolobod viloyatidan o’zbek shoiri Dilkash – Muhammad Turg’un, shoir Mirzakarim Ahmedov hamda Bozorgo’rg’on nohiya meri o’rinbosari Yunusjon Teshaboyevlar ishtirok etib, o’z ijodlari haqida so’zlab berdilar. Ular fikricha, bugungi kunning dolzarb mavzusu – mintaqaviy birlik, ziyolilar esa uning avangard kuchi.

Ravshan SHAMS

Do'stlar diydori naqadar quvonchli

Do’stlar diydori naqadar quvonchli

Do'stlar diydorlashganda

Do’stlar diydorlashganda

Konferensiya ishtirokchilari

Konferensiya ishtirokchilari

Konferensiyaga o'zbek adabiyoti o'qituvchilari tashif buyurishmoqda

Konferensiyaga o’zbek adabiyoti o’qituvchilari tashif buyurishmoqda

Mehmonlar xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oldidan ko'rgazma bilan tanishdilar.

Mehmonlar xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oldidan ko’rgazma bilan tanishdilar.

Mehmonlarni kutib olish

Mehmonlarni kutib olish

Navoiy ijodiga bag'ishlangan ilmiy amaliy konferensiya seksiyasida

Navoiy ijodiga bag’ishlangan ilmiy amaliy konferensiya seksiyasida

Navoiyshunos o'zbek olimi Ergash Ochilov ma'ruzasi

Navoiyshunos o’zbek olimi Ergash Ochilov ma’ruzasi

O'quvchilar o'zlari tayyorlagan ko'rgazmali qurollarni keltirishdi.

O’quvchilar o’zlari tayyorlagan ko’rgazmali qurollarni keltirishdi.

Qirg'izistonning Jalolobod viloyatidan o'zbek shoiri Dilkash- Muhammad Turg'un

Qirg’izistonning Jalolobod viloyatidan o’zbek shoiri Dilkash- Muhammad Turg’un

Professor Ergash Ochilov So'g'd viloyat o'zbeklar markaziga Tohkentda chop etilgan yangi kitoblarini tortiq etmoqda.

Professor Ergash Ochilov So’g’d viloyat o’zbeklar markaziga Tohkentda chop etilgan yangi kitoblarini tortiq etmoqda.

O'zbek professori Boqijon To'xliyev

O’zbek professori Boqijon To’xliyev

Tojikistonlik o'zbek shoirasi Munavvara Oymatova konferensiyada ilmiy ma'ruza qilmoqda

Tojikistonlik o’zbek shoirasi Munavvara Oymatova konferensiyada ilmiy ma’ruza qilmoqda

Tojik professori Badriddin Maqsudov Navoiyning yangi qo'lyozmasi nusxasini topganini aytmoqda.

Tojik professori Badriddin Maqsudov Navoiyning yangi qo’lyozmasi nusxasini topganini aytmoqda.

Tojik va o'zbek adabiyotshunoslari - professorlar Badriddin Maqsudov va Boqijon To'xliyev

Tojik va o’zbek adabiyotshunoslari – professorlar Badriddin Maqsudov va Boqijon To’xliyev

Tojikiston, O'zbekiston va Qirg'iziston adabiyotshunos olimlari va ijodkorlar

Tojikiston, O’zbekiston va Qirg’iziston adabiyotshunos olimlari va ijodkorlar

Tojikistonlik o'zbek olimi Sheraliev qirg'izistonlik ijodkorlar bilan

Tojikistonlik o’zbek olimi Sheraliev qirg’izistonlik ijodkorlar bilan

Toshkentlik navoiyshunos olimlar kelishmoqda

Toshkentlik navoiyshunos olimlar kelishmoqda

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari

Toshlentlik mehmon So'g'd televideniyesiga intervyu bermoqda

Toshlentlik mehmon So’g’d televideniyesiga intervyu bermoqda

Toshkentlik vavoiyshunos olim, professor Ergash Ochilov va tojikistonlik olima Dilorom Abdullaeva seksiya ishida

Toshkentlik vavoiyshunos olim, professor Ergash Ochilov va tojikistonlik olima Dilorom Abdullaeva seksiya ishida

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida:

Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi" bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi. Malik Mansur tanqidiy maqolalari uchun 2010-yilda davlat organlariga tuhmat qilganlik, haqoratlaganlik va jamoat xavfsizligiga tahdid solganlik aybi bilan Toshkentda sudga tortilgan. Jurnalist va uning reportajlarini efirga uzatgan "Amerika Ovozi" bu ayblovlarni asossiz deb hisoblab, sud ishini so'z va matbuot erkinligini cheklash uchun qilingan qadam deb atagan. Bafurja ma’lumotlar...

Ushbu blog haqida:

O'zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi bugungi ahvol, siyosat, iqtisod, jamiyat... Yurtdoshlar nima fikrda? Ularni qanday masalalar qiynamoqda? Marhamat, shu sahifada munozara yuriting. Bu blog siz uchun ochiq. Vatandagi bugungi manzara sizga qanday ko'rinayotganini izohlab berishingiz mumkin.