O’zbekistonlik faxriydan AQShda prezidentlikka nomzod Hillari Klintonga maktub

Posted August 17th, 2016 at 2:45 pm (UTC+0)
Leave a comment

129920331

Hillari Klinton AQSh Davlat kotibi sifatida Toshkentga 2011-yilgi safarida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan

Shonazar Ibrohimov iste’fodagi mustaqil jurnalist. “Xalq So’zi” va “O’zbekiston ovozi” kabi gazetalarida ishlagan. Oliy Majlisda “Inson va Qonun” gazetasining maxsus muxbiri va mustaqil “Hurriyat” gazetalarida faoliyat ko’rsatgan. 1972-yili  Sovet Telegraflik Agentligida muxbir sifatida faoliyat boshlagan.

Ibrohimovning demokrat Hillari Klintonga shu kunlarda yo’llagan elektron maktubida jumladan shunday satrlar bor:

“Men uchun, Janobi Oliyalari, Siz kuchli va aqlli ayolning haqiqiy ramzisiz. Siz har doim hammamiz uchun zo’r o’rnak bo’lib kelgansiz. Sizning buyuk donoligingiz, cheksiz jasoratingiz va Xudo tomonidan ato etilgan betakror jozibangiz meni har doim hayratda qoldirgan.

Men doimo Sizning chehrangizda osmondan tushayotgan ziyoni ko’raman. Go’yoki bu ziyo Sizni hamma yerda himoya qilayotgandek. Men ongli hayotim davomida Sizni bilar ekanman, har doim Siz bilan teng ravishda baxtliman va Sizni qo’llab-quvvatlayman. Mening ichki sezgim Sizning noyob ong egasi ekanligingizga ishonishimga undaydi.

13240782_120540791695725_2908430521241570074_n

Shonazar Ibrohimov, iste’fodagi jurnalist

Janobi Oliyalari, Siz senator va kuchli siyosatchi sifatida faoliyat yuritib keldingiz. Siz turmush o’rtog’ingiz, Janobi Oliylari Bill Klintonnig Amerika Qo’shma Shtatlarining 42-prezidenti bo’lishida katta xissangiz bor. Shubhasiz, turmushda turli voqealar sodir bo’ladi, lekin Siz o’z juftingizning faoliyatida katta ro’l o’ynadingiz va Amerika Qo’shma Shtatlarining birinchi xonimiga aylandingiz. Butun DUNYO buni olqishlaydi!

Mening yurtim O’zbekistonda bir maqol bor: “Erni er qiluvchi ham va qaro yer qiluvchi ham uning ayolidir”. Janobi Oliyalari, Sizning vs turmush o’rtog’ingiz Bill Klintonning donoligingiz va mexribonligingiz sabab, betakror chehralaringiz tabassum bilan chaqnaydi va bu tabassum atrofdagi hammani o’ziga rom etadi.

2008-yilda Siz prezidentlik saylovlarida nomzod edingiz. Rostini aytsam, men sizni chin ma’noda qalbdan qo’llab-quvvatlagan edim va qanchalik sizni ozodlik, axillik, tenglik va muhabbat yurti bo’lmish Amerika Qo’shma Shtatlarining Prezidenti sifatida ko’rishni istaganimni bilsangiz edi.

Janobi Oliyalari, Siz Davlat kotibi lavozimida ish olib bordingiz. Ayol bo’la turib, o’z yelkangizda shunchalar og’ir mas’uliyatni ko’tarib yurdingiz. Albatta, bu hammasi insoniyatning foydasi uchun. Tilagim yer yuzida tinchlik bo’lsin! Siz tinim bilmay, dunyo bo’ylab millionlab kilometr masofani bosib o’tgansiz. Sizning aql-zakovatingizni inkor etishning ilojisi yo’q. Sizni Xudo yorlaqasin!    

Sovet Ittifoqi davrida bizning faoliyatizmizda katta chekrlamlar mavjud edi: 1) Bizga chet ellik mehmonlar bilan tanishish yoki ular bilan ma’lumot almashish umuman mumkin emas edi. 2) Biz kuchli nazorat va hattoki kuzatuv ostida edik.

595039161

1997-yil, Samarqand

**********

Rostini aytsam, uzoq davr mobaynida AQSh va O’zbekistonning ko’p yillik do’stona aloqalariga oid bo’lgan materiallar va maqolalar mening arxivimda saqlanib qolgan. Agar men vafot etsam, QO’RQAMANKI bu materiallar IZSIZ yo’q bo’lib ketishi mumkin.

**********

Imonim komilki, biz AQSh prezidentlik saylovlarini puxta o’rganishimiz kerak.  U yerda,  davlat hukm chiqarmaydi, fuqarolar hal qiladi! Misol uchun, 2008-yilgi Amerika prezidentligi uchun bo’lib o’tgan saylovlarni esga olish kifoya. Janobi Oliylari Barak Obama va Siz Janobi Oliyalari Xonim Klinton o’rtasidagi raqobat juda murosasiz ko’rinish olgandi. O’sha yilgi mag’lubiyatingizdan keyin, men qalbimda chuqur istirob va og’riq hisdini tuyganman. Ammo baribir, qalbimning tubida mening ichki “intuitsiyam” bilan sizni kelajakda albatta AQSh prezidenti bo’ladi degan ilohiy-g’oyibiy ishonch hukmron edi.

*********

Sir emaski, hozirgi kunda bizning ko’plab yurtdoshlarimiz Amerika Qo’shma Shtatlarida istiqomat qilishadi va faoliyat olib borishadi. Tashrifim mobaynida men ularning kundalik hayoti va yutuqlari bilan yaqindan tanishib, bu haqda o’z yurtdoshlarimni va kelajak yosh avlodlarni xabardor qilgan bo’lar edim. 1991-yildan 2016-yilgacha davlatlarimiz o’rtasidagi diplomatik aloqalarga 25 yil bo’lyapti va mening maqsadim fuqarolarimiz va kelajak avlodrarimizga AQShning bizga ko’rsatgan beminnat yordami haqida so’zlab berish. Janobi Oliyalari, sizning qo’llab-quvvatlashingizga tayanib men avlodlar uchun aloqalarimiz haqida “Yaxshi nom” qoldirishni istayman.” #

653930709

1997-yil, Samarqand (Getty Images)


Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida:

Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi" bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi. Malik Mansur tanqidiy maqolalari uchun 2010-yilda davlat organlariga tuhmat qilganlik, haqoratlaganlik va jamoat xavfsizligiga tahdid solganlik aybi bilan Toshkentda sudga tortilgan. Jurnalist va uning reportajlarini efirga uzatgan "Amerika Ovozi" bu ayblovlarni asossiz deb hisoblab, sud ishini so'z va matbuot erkinligini cheklash uchun qilingan qadam deb atagan. Bafurja ma’lumotlar...

Ushbu blog haqida:

O'zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi bugungi ahvol, siyosat, iqtisod, jamiyat... Yurtdoshlar nima fikrda? Ularni qanday masalalar qiynamoqda? Marhamat, shu sahifada munozara yuriting. Bu blog siz uchun ochiq. Vatandagi bugungi manzara sizga qanday ko'rinayotganini izohlab berishingiz mumkin.