Vatan Manzaralari

Tojikistonda o’zbeklar ma’rifat darg’alarii unutmaydi

O'zbek ma'rifatparvari Jo'rabek ota vorislari bilan

O’zbek ma’rifatparvari Jo’rabek To’rabekov vorislari bilan

Ravshan Shams

Xo’jand, Tojikiston

Тojikistonning ikki miilonga yaqin o’zbeklari jumhuriyat ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o’rin tutadi. Mamlakat aholisining 20 foizidan ortig’rogini tashkil etuvchi o’zbek urug’larining ayrim qismlari Tojikistonda keyingi yillarda davlat statistik ma’lumotlarida alohida millat sifatida ko’rsatilib, o’zbeklar nufuzi rasman 14 foiz atrofida deb e’tirof etiladi.

O’zbekning laqay, barlos, qipchoq singari yirik urug’lari Tojikiston rasmiy manbalarida alohida millat sifatida aks ettirilsa-da, Zarafshon va Vaxshda yashovchi bu urug’ vakillari o’zlarini o’zbek deb atashaveradi. Faqat laqaylar orasida ayrim ziyolilargina uruglarini o’zbekdan alohida millat sifatida  ko’radilar.

Tojikistonning shimolida ilg’or o’zbek ziyolilari tomonidan tashkil etilgan Sug’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi respublikada hozir milliy qadriyatlarlarni rivojlantirish, millat huvviyatini ko’tarish kabi bir ijobiy harakatga turtki berdiki, buni nafaqat Xo’jandda, balki butun respublika va qo’shni Qirg’iziston, O’zbekiston va Qozog’iston respublikalarida ham e’tirof etishmoqda.

Tojikistonning Sug’d viloyati, Zafarobod nohiyasining Mehnatobod qishlog’idan bo’lgan mirishkor dehqon, taniqli paxtakor Jo’raboy ota To’rabekov millat ziyosi uchun ko’p yillar ter to’kkan ma’naviyat targ’ibotchisi edi.

Ota joriy yil yozida, 75 yoshlarida  o’zining “Yaxshilik bag’rida suzgan safina” nomli ikkinchi kitoblari chopini amalga oshirib, olamdan o’tgan. Respublika rahbarlari qo’l berib so’rashgan o’zbekning asl dehqoni sho’ro vaqtidagi paxta monopoliyasi davrida katta hosil yetishtirgan paxtakorlardan bo’libgina qolmay, ma’naviyat va ma’rifat targ’ibotchisi bo’lgan ijodkor, zukko va o’ta zehnli inson edi.

Sug’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi bu tashkilot raisi, pedagogika fanlari nomzodi, o’zbek olimi Ilhom Yusupov rahbarligida Xo’jandning so’lim “Mavji daryo” choyxonasida Jo’raboy ota To’rabekovning xotira kechasini tashkil etdi.

“Bunday tadbirlarni ko’plab tashkil etmoqdamiz. Maqsadimiz Tojikistonda o’zbeklar ma’naviyati va ma’rifatini ko’tarish, millat jipsligini kuchaytirish, respublikada millatlar totuvligining yorqin namunasini amalda ko’rsatishdir. Bor shunday holatlarki, Tojikistonda o’zbeklar masalasini salbiy yoritish, milliy bo’lmagan iqtisodiy-ijtimoiy kamchiliklarni boshqacha taqlqin etish, adovat tug’duruvchi kayfiyatlarni qo’zgash kabilar kuzatiladi. Markazimiz faoliyati, tashkil etayotgan ko’plab tadbirlarimiz Tojikistonda millatlararo totuvlik mavjudligidan nishonadir. Bir paxtakor  o’zbek dehqoni, millat uchun, uning ma’naviyati uchun harakatda bo’lgan Jo’raboy otaning xotira kechasini o’tkazishimiz, bunda qo’shni respublikalardan ham mehmonlar tashrif buyurganining o’zi Tojikistonda o’zbeklar qanchalar yushqoq bo’la olishini, biri-birimizni qadrlashimizni ko’rsatadi. Gap nafaqat uyushqoqlik, balki kerak bo’lsa, tashkilotchilik va tadbirkorlikda hamdir”, -deydu Sug’ddagi o’zbeklar markazi raisi.

Tojikistondagi tadbirkor va ziyoli oz’beklarni birlashtira olayotgan jamoatchilik tashkilotining marhum ziyokor Jo’raboy ota xotira kechasida so’z olgan professor Abduvali Begmatov boshchiligdagi olimlar, qirg’izistonlik shoir, baxshi misol asho’r kuylovchi ijodkor Ilash To’ychi, Istravshanlik shoir Jamshid, shoiralar  Sharofat Turdi Ali, Muslima O’lmaszodalar tadbirdagi chiqishlarida bu inson xotirasi haqidagina emas, ijodkorning millat ziyosi va ma’naviyati uchun qanchalar qayg’urgani, o’zi singari ma’rifatchilarni nvoyaga yetishtira olgani haqida so’z yuritdi.

“1958-yildan keyingi voqealar yodimda qolgan, o’shanda ikki respublika rahbarlarining kelishivga binoan, O’zbekiston hududiga qarashli, xalq tilida Mirzacho’l deb ataladigan biyobondan 50 yarim ming gektar yer Tojikistonga abadiy foydalanish uchun berilgandi. Bu yerlarni o’zlashtirish uchun Jo’raboy do’stim cho’lquvarlarning eng oldingi saflarida bo’ldi. Do’stim umr yo’ldoshlari Sanobarxon bilan birgalikda dalaga bergan mehru-muhabbatlarini ma’naviyatga, ma’rifatga, adabiyotga ham qarata oldilar. Bu borada havas qilishga arzigulik yutuqlarga ham erishdilar. O’nlab shogirdlari, yuzlab muxlislarini ham adabiyot so’qmoqlariga yetaklab olib kirishga muvaffaq bo’ldilar. Sodda dehqon yigiti nafaqat el tanigan ilg’or paxtakor, balki yurt ichida ijodi bilan sharaf qozongan inson bo’lib etishdi”, – deydi do’sti haqidagi xotiralarida shoir Bahrom Qo’rg’oniy.

Asrlar davomida qum sahrosidan iborat bo’lgan yerlarda, tojik Mirzacho’lida Jo’raboy ota singari jo’mard insonlarning qo’li bilan bog’u-rog’lar, paxtazorlar yaratildi. Odam bolasi qadami yetmagan joylarda insonlar yashaydigan bo’ldi.

Bugungi kunda Zafaroboddagina emas, butun Tojikistonda cho’lquvar o’zbek ziyokori Jo’raboy otaning ishini davom ettiryotgan yuzlab shogirdlari bor, ergashivchilari bisyor.

Tojikistondagi o’zbeklar ma’naviyati va ma’rifatini mustahkamlab borishda Sug’ddagi o’zbeklar markazi shunday insonlar tajribasi, umr yo’llarini va amalini yoritib, nishonlab borar ekan, millat birligini saqlashda ustuvor qadamlar qo’ymoqda.

1-jorabek-torabekov-haqidagi-kitob

Jo’rabek To’rabekov haqidagi kitob

Shavkat Mirziyoyevning “nurli yo`li”  O`zbekistonni  qayoqqa yetaklaydi? 

Shavkat Mirziyoyevning vaqtinchalik O’zbekiston prezidentligini qabul qilganiga bir oy to`ldi. Bu fursatda u qo`shnilar bilan aloqalarni iliqlashtirdi, mamlakat viloyatlarini aylanib chiqdi, o`nlab hokimlarni almashtirdi, tabirkorlar manfaati kafolatlanishini o`z zimmasiga oldi, militsiya haqidagi qonunni imzoladi, virtual qabulxonani ishga tushirdi, poytaxtda xavfsizlik bois berkitilgan yo`llarni qayta ochdi, ustozi davrida taqiqqa tushgan san`atkorlarga hatto bilvosita oq yo`l tilashga ham ulgurdi…

To`g`risi, bir oy uchun bu yomon ko`rsatkich emas, ammo boshqa tomondan saylov arafasidagi kosmetik pardozga ham juda o`xshaydi.

Asosiysi, bu o`zgarishlar hamon Mirziyoyev O`zbekistonni qayoqqa yetaklashi, uning boshqaruvi ostidagi O`zbekiston qanday bo`lishi haqida tasavvur bermaydi.

Karimov ko`rsatgan “nurli yo`l”ni davom ettirish haqidagi bayonotlar pardasi ortida Mirziyoyevning hozircha mavhum qolayotgan o`z yo`li shakllanayotganiga, bu yo`lning  avvalgisidan farq qilishiga shubha yo`q.  (more…)