© The-uff.com

Sharmandalikdan to’rt kun o`tdi, Usmonov ham, Babayan ham jim, demak Qatar bilan kutilayotgan o`yin boykot qilinishi kerak!!!

Davr sportni, xususan, futbolni millat ruhiyatining bir qismiga aylantirdi. Suriya bilan o`yin shu ruhiyatga qaqshatqich zarba berganiga ortiqcha to`xtalishning keragi yo`q. Gap mag`lubiyatda emas, agar munosib kurashda yutqazilganda buni  tushunish mumkin edi.

Gap milliy termaning ruhsizligi, ishonchsizligi, o`z maqomiga noloyiqligining yaqqol ko`rinib qolishida! Suriya bilan o`yin milliy jamoaning oliy maqomiga nisbatan loqaydligi, befarqligini yaqqol namoyon etdi. Aynan shuning uchun ko`pchilik o`zini haqoratlangandek his etmoqda.

Alam qiladigani, mag`buliyatdan to’rt kun o`tib ham tinmayotgan to`lg`anishga qaramasdan, na O`FF prezidenti Mirarbor Usmonov, nada uning erkatoyi Bababyan jamoatchilikdan uzr so`rashni yoki hech bo`lmaganda izoh berishni o`zlariga ep ko`rishdi.

Babayanga ishonilsa, u so`nggi imkoniyatlarni ham yo`qqa chiqarib, keyin ketmoqchi, har holda mag`lubiyatdan keyinigi matbuot anjumanida shunga, hali imkoniyatlar borligiga sha`ma qildi.

Babayan bosqichi bosib o`tildi, tugadi, agar hozir mundial arafasida o`zbek futbolining rivoji uchun boshqa bir tajribaga qo`l urilmas ekan, bu futbol uchun ishtiyoq yana bir necha yillar ortga uloqtirgan navbatdagi jiddiy zarba bo`ladi. Tajribadan qo`rqmaslik kerak, yoshlarimiz bor, ularning xalqaro miqyosdagi ishtoroki ancha maroqli. Jumladan, yoshlar murabbiylarining ish uslubi ham.  

Xullas, o`zbek futboli oldidagi bugungi imkoniyat shunda, babayanbozlikdan voz kechib, imkoniyatni yoshlarga taqdim etishda. Aynan shuning uchun ham 28-mart kuni Toshkentda Qatar bilan kutilayotgan uchrashuv muxlislar tomonidan baykot qilinishi kerak, ehtimol bo`m -bo`sh stadion futbolchilarga, Babayanga ham vatan sharafi uchun qanday o`ynash lozimligini, futbol shunchaki bozor emasligini anglatib qo`yar.

Bu magb`uliyatdan so`ng matbuotda ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham yetarlicha tanqid, tahlillar yozildi. Mohiyat: jamoa shiddat bilan quyiga cho`kmoqda, unda ruhiyat ham, taktika ham, texnika ham yo`q. Maydondagilar uchun ham, maydon chetidagi savdogar uchun ham o`yinda O`zbekiston sharafi himoya qilinayotganining  qadri yo`qdek.

Shu o`rinda yuqoridagi suratga diqqat qarating. O’zbekistonlik bokschi Fazliddin Go`yibnazarovning Riodagi jangi arafasida olingan, hissiyotlar arang jilovlangan bu tarang manzarada hamma, Fazliddin ham, uning murabbiylari ham bir tuyg`uda jipslashgan va bu ortiqcha izoshga hojat qoldirmaydigan vatan tuyg’usidir.

Mavzudan uzoqlashib, taskinni bokschilardan qidirish, muammodan qochishga o`xshaydi. Qolaversa, bu muammoning yechimi muxlislar qo`lida emas, unda allaqachonlar Babayan o`z lavozimi tark etgan bo`lardi. Haqiqat esa biroz boshqacharoq, so`nggi mish-mishlarga qaraganda O`FF jamoasi o`z prezidenti Mirabror Usmonovga va Babayanga haykal o`rnatishni rejalayotgan emish.

Hayratlanarlisi, O`FFning bu tashabbusi muxlislar tomonidan katta olqishlar bilan qarshilanganmish. Ko`pchilik bu haykallarning qayerga o`rnalitishini sabrsizlik bilan kutib turganmish!

Malik Mansur