Tojikistonda Navro’z qanday nishonlandi?

Posted March 25th, 2014 at 2:28 pm (UTC-4)
Leave a comment

Har yilgidek bu yil ham Tojikistonda Navro’z tantanalari yuqori martabali rahbarlar va oddiy xalq uchun alohida-alohida o’tkazildi. Navro’zning ilk kuni, bahorgi tengkunlikda poytaxt Dushanbe va viloyat markazlarida kazo-kazolar uchun tantanalar ajoyib o’tdi.

Maxsus jihozlangan sayilgohlar tantana ishtirokchilari va mehmonlarga to’la, dasturxonlar  to’kin va fayzli bo’ldi, turli tuman qiziqarli tadbirlar tashkil etildi, taniqli xonandalar  ochiq havoda kuylashdi, raqsga tushishdi.  Oddiy xalq uchun esa bayram tantanalari yomg’irli, izg’irin bo’lishi aniq bo’lgan kunlarga qoldirildi.

Navro’z sabab oz bo’lsa-da odamlar ko’tarinki kayfiyat istashdi, hordiq ham chiqarishgandek bo’lishdi. Ayrim rahbarlar yo’lg’iz keksalarni ziyorat etishdi, bolalar uylari, maktab va kutubxonalar, kasalxonalarga baholi qudrat ko’mak ko’rsatishdi, xalq uchun taniqli hofizlarning chiqishlarini uyushtirishdi.

Bayramlarning rahbarlar va oddiy xalq uchun alohida o’tkazilishi menga ma’qul bo’lmasa ham, har holda hukumat shunchalik  qilayotganiga  shukr qilish kerak, deydi tantana ishtirokchisi bo’lgan ziyolilardan biri.

Navro’z kuni ochiq havoda viloyat markaziga borishga  qo’li qisqalik qilgan serfarzand dehqon nohiyalarda yomg’irli kunga qoldirilgan bayramni bayram hisoblamaydi.

“Kattalarimiz nuqul o’zini o’ylashadi, oddiy xalq  izg’irin-yomg’irda qoldi. Chiroq bo’lmasa, havo sovuq, bular ham bayram qilishi kerakmi axir? Bu qanaqa gap, uddalay olishmasa, qo’ysinlar, Qrimga o’xshab Rossiyga qo’shilib ketaylik, har tugul maosh berishardi, nafaqa bo’lardi, chiroq o’chmasdi”, – deydi oddiy fuqarolardan biri.

Navro’z tadbirlari nega rahbariyat uchun ochiq kunlarda viloyat markazlarida o’tadi-yu, xalq qishloqlarda qolib ketadi, degan savolga ismini aytishni istamagan mulozimlardan biri shunday javob beradi:

“Biz ham xalq tashvishidamiz, ular uchun xizmat qilamiz, bayramni ham ularga uyushtirmoqdamiz, kelayotgan odamlar, ishtirokchilar xalq emasmi?”

Uzoq nohiyadan markazga milliy taomlar ustasi sifatida taklif etilgan bir oshpazning aytishicha, tadbirga sarflangan xarajatlarning aksar qismi tadbirkorlar va mahalliy byudjet gardaniga tushadi, puldor pul qiladi, kambag’al borini sarflaydi.

Navro’z  bayrami munosabati bilan hukumat nashrlarida ishlab kelayotgan yoki ularga xizmat qilayotgan o’ndan ortiq jurnalistga dala hovlilari uchun tomorqa berildi. Yillar davomida tomorqa uchun navbatda turganlarning ayrimlari esa nevaralari mehnat muhojirligida ishlab topgan puli hisobidan tomorqaning har sotixini 4-5 ming dollardan sotib olmoqda.

“Biz go’yo  yuksak texnik  taraqqiyot davridagi feodalizmda yashayotgan qulga o’xshaymiz, bayramlar o’tkinchi, tashvishlar esa doimiy”, – deydi yana bir fuqaro.

Keling, endi navbatni suratlarga beraylik. Quyida Tojikistonda bo’lib o’tgan Navro’z bayrami tantanalari aks etgan lavzalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Barcha jihozlari qo'lda tayyorlangan uy burchagini namoyish etishmoqda.

Barcha jihozlari qo’lda tayyorlangan uy burchagini namoyish etishmoqda.

Bedana, qazi, tok bargi, tovuq va bedana tuxumlari, limon va sarimsoq solib pishirilgan osh palov taomlar ko'rgazmasida birinchilikni oldi.

Bedana, qazi, tok bargi, tovuq va bedana tuxumlari, limon va sarimsoq solib pishirilgan osh palov taomlar ko’rgazmasida birinchilikni oldi.

Gofurov nohiyasida Navro'z tantanasi

Gofurov nohiyasida Navro’z tantanasi

G'ofurov nohiyasida qad rostlagan yangi choyxona

G’ofurov nohiyasida qad rostlagan yangi choyxona

Har doimgidek So'g'dning mashhur Arbob majmuasida viloyat bo'yicha Navro'z nishonlandi.

Har doimgidek So’g’dning mashhur Arbob majmuasida viloyat bo’yicha Navro’z nishonlandi.

Isfara nohiyasiga bayram tantanalari uchun Dushanbedan taniqli xonandalar taklif etilgan.

Isfara nohiyasiga bayram tantanalari uchun Dushanbedan taniqli xonandalar taklif etilgan.

Xo'jand shahar raisi bolakaylarga bayram sovg'asi ulashmoqda.

Xo’jand shahar raisi bolakaylarga bayram sovg’asi ulashmoqda.

Xo'jand shahar raisi Rajabboy Ahmadzod Navro'z kunlarida qariyalar uyiga tashrif etib, keksalarning holidan xabar oldi.

Xo’jand shahar raisi Rajabboy Ahmadzod Navro’z kunlarida qariyalar uyiga tashrif etib, keksalarning holidan xabar oldi.

Xo'janddagi ko'hna Qo'shhovuz mahallasiga hozir sobiq kommunst rahbar Jabbor Rasulov nomi berilgan.

Xo’janddagi ko’hna Qo’shhovuz mahallasiga hozir sobiq kommunst rahbar Jabbor Rasulov nomi berilgan.

Xo'jandliklar bayramda janubiy elat kiyimida.

Xo’jandliklar bayramda janubiy elat kiyimida.

Xo'jandning eski hovlilarida hali ham mana shunday qadimiy ko'rinishni uchratish mumkin.

Xo’jandning eski hovlilarida hali ham mana shunday qadimiy ko’rinishni uchratish mumkin.

Xo'jandning markaziy istirohat bog'ida yosh talantlarning chiqishi

Xo’jandning markaziy istirohat bog’ida yosh talantlarning chiqishi

Konibodomliklarning Navro'zga atab yopgan patir nonlari

Konibodomliklarning Navro’zga atab yopgan patir nonlari

Navro'z  sayilgohida o'tkazilgan ko'riklardan biri - qizlarning soch o'rish konkursi

Navro’z sayilgohida o’tkazilgan ko’riklardan biri – qizlarning soch o’rish konkursi

Navro'z bahona chekka nohiyalardan markazga tashrif buyurgan ayollar folklor ijrosi mahalliy televideniye uchun suratga olinmoqda.

Navro’z bahona chekka nohiyalardan markazga tashrif buyurgan ayollar folklor ijrosi mahalliy televideniye uchun suratga olinmoqda.

Navro'z munosabati bilan Isfara shahar kasalxonasiga zamonaviy muolaja uskunalari tortiq etildi.

Navro’z munosabati bilan Isfara shahar kasalxonasiga zamonaviy muolaja uskunalari tortiq etildi.

Navro'zga atab chevar qizlar qo'lbola tikkan palak

Navro’zga atab chevar qizlar qo’lbola tikkan palak

Nohiya va qishloq mahalliy hukumat idoralari Navro'z sayilgohida o'z burchaklarini jihozlashgan.

Nohiya va qishloq mahalliy hukumat idoralari Navro’z sayilgohida o’z burchaklarini jihozlashgan.

So'g'ddagi taniqli tojik jurnalisti Mahmudjon Dadaboyev ko'kalamzorlashtirish marakasida.

So’g’ddagi taniqli tojik jurnalisti Mahmudjon Dadaboyev ko’kalamzorlashtirish tadbirida.

Tojik xalq yozuvchisi Muhiddin Xo'jazod karnay sadosida raqs tushmoqda.

Tojik xalq yozuvchisi Muhiddin Xo’jazod karnay sadosida raqs tushmoqda.

Yosh tojik xonandasi shaharning eski mahallasida el xizmatida.

Yosh tojik xonandasi shaharning eski mahallasida el xizmatida.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

March 2014
M T W T F S S
« Feb   Apr »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31