Qirg’iziston masjidlari

Posted April 3rd, 2014 at 3:03 am (UTC-4)
Leave a comment

Qirg’izistonda 2500 dan ziyod masjid bo’lib, ularning 1800 nafari o’lkaning janibiy hududlarida faoliyat ko’rsatmoqda.

Mamlakatda masjidlar soni tez sur’atlar bilan o’sib borayotgani mutaxassislarda turli fikrlar uyg’otmoqda.

Diniy muassasalarning ko’payib borayotganidan ayrimlar tashvish bildirayotgan bo’lsa, boshqalar masjidlar sonining oshishi ma’naviyat uchun yaxshi omil ekaniga urg’u beradi.

Aytish joizki, masjidlarning aksari mustaqillik yillari, din erkinligi ancha kengaygan davrda barpo etilgan. Bir-biridan qo’zal, muhtasham binolarda Yaqin Sharq, turk, Samarqand-u Buxoro me’morchilik usullari ko’zga tashlanadi. Ularda milliy usul va naqshlardan ham foydalanilgan.

Qurilishlar nafaqat mahalliy aholi va ishbilarmonlar hamkorligi mahsuli, balki ularni barpo etishda, qayta ta’mirlashda arab, turk va boshqa xorijiy shaxslar, tashkilotlar sarmoyasidan ham foydalanilgan.

Quyida Janubiy Qirg’izistondagi ayrim masjidlar aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif.

Alloh uyida

Alloh uyida

Aravon tuman jome masjidi

Aravon tuman jome masjidi

Ibodatxona maydonida diniy adabiyot va anjomlar savdosi qizg'in.

Ibodatxona maydonida diniy adabiyot va anjomlar savdosi qizg’in.

Masjidlarning doimiy mijozlaridan biri - gadoylar

Masjidlarning doimiy mijozlaridan biri – tilamchi

Ota-bola musulmonlar

Ota-bola musulmonlar

O'sh shahridagi Sulaymon-Too maqbarasi

O’sh shahridagi Sulaymon-Too masjidi

O'sh universitetining Ilohiyot fakulneti masjidi

O’sh universitetining Ilohiyot fakulteti masjidi

O'sh universitetining Ilohiyot fakulteti masjidi doim gavjum

O’sh universitetining Ilohiyot fakulteti masjidi doim gavjum

Ibodatxona maydonida diniy adabiyot va anjomlar savdosi qizg'in.

Ibodatxona maydonida diniy adabiyot va anjomlar savdosi qizg’in.

O'sh xalqaro aeroporti qoshidagi ibodatxona

O’sh xalqaro aeroporti qoshidagi ibodatxona

O'shdagi Rovot Abdulloxon jome masjidi (XIX asrda qurilgan)

O’shdagi Rovot Abdulloxon jome masjidi (XIX asrda qurilgan)

Peshin namozi

Peshin namozi

Qadim Shahid tepa masjidi qayta ta'mirdan chiqarildi

Qadim Shahid tepa masjidi qayta ta’mirdan chiqarildi

Qishloqdagi masjidlardan biri

Qishloqdagi masjidlardan biri

Shahar chetiga qurilgan yangi masjid

Shahar chetiga qurilgan yangi masjid

Yana bir masjidlardan biri

Yana bir masjidlardan biri

Yangi qurilayotgan masjidlardan biri

Yangi qurilayotgan masjidlardan biri

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

April 2014
M T W T F S S
« Mar   May »
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930