Dumalog’im, do’mbog’im – koptokkinam…

Posted June 17th, 2014 at 1:12 pm (UTC-4)
Leave a comment

Futbol bo’yicha Braziliyada o’tayotgan jahon birinchiligi – bugun Qirg’izistonda mavzularning mavzusi. Dumaloqki narsani koptokka o’xshatishadi. Shu kunlarda endigina bozorga olib chiqilgan tarvuzni ham. Kulcha-patir nonlarni ham. Tovuq tuxumi-yu havo sharlarini ham. Va keng soyabonli Amerika shlyapalari… Bahonai-sabab, bu  narsalarning bozori qizidi.

Do’mboqqina bolachalar, to’ladan kelgan yigit-qizlarga nisbatan beg’araz hazil-mutoyiba, mehr-oqibatni-ku asti qo’yavering. «Do’mboqqinam, koptokkinam»…

Ko’cha-ko’yu, choyxona-guzarlarga futboldan boshqa gap yo’qday. Aytishlaricha, ha, deganda yo’l to’sishga odatlangan turli miting ishqibozlari ham futbol payti taym-out olar emishlar. Mana sizga koptokning jozibasi!

Vaqtdagi tafovut sabab, jahon chempionatining aksar o’yinlari  Markaziy Osiyoda tunda namoyish etiladi. Jo’ralar orasida bir-birini uyiga, futbol “spektakl»liga taklif etish rasm bo’lgan (Qiy-chuv tonggacha cho’zilishi ehtimolini hisobga olsak, uy bekalariga sabr bersin).

Katta monitorlar o’rnatilgan kafelarning ish soatlari ham uzaytirilgan.

Qirg’izistonlik futbol ishqibozlarining yana bir qahramonlari bor – O’zbekistonlik referi Ravshan Ermatovning maydon chetidagi yordamchisi, o’shlik Bahodir Q’ochqorov. U kishining ham sochlari uncha-munchaga tik turmaydigan  oltin boshlari omon bo’lsin, beb qolamiz.

Quyida bugun futbol dardi bilan yashayotgan qirg’izistonliklar aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Suratlar va matn muallifi Muhiddin Zarif

DSC01871 DSC01875DSC01882DSC01884DSC01887DSC01890DSC01895DSC01897DSC01899DSC01904DSC01913

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

June 2014
M T W T F S S
« May   Jul »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30