Tojikiston islomiy partiyasiga tazyiqlar oshmoqda

Posted June 25th, 2014 at 2:14 am (UTC-4)
Leave a comment

Tojikistonda  yuqori hokimiyat organi – parlament sayloviga bir yildan ozroq, 8 oy vaqt qoldi.
Saylov yaqinlashar ekan, mavjud hukumat namoyondalari respublikadagi ikki asosiy muxollifat  – Tojikiston Islom uyg’onish partiyasi (TIUP) va Sotsial demokratik partiya faoliyatiga turli yo’llar bilan to’sqinlik qilishmoqda.

Dastlab sotsial demokratik partiya yig’inlariga qarshi uyushtirilgan mitinglar, ofislariga qarshi harakatlar natija bergach, bunday harakatlar AQSh va Buyuk Britaniya elchixonalari oldida ham tashkil etildi. Barcha holatlarda ham miting ishtirokchilari mavjud hukumat harakatlarini qo’llagan holda norozilik bildirishgan.

Hukmron XDP tashabbusi sifatida ko’rilayotgan ana shunday harakatlardan biri yaqinda TIUPning Sug’d viloyat bo’limining buzilayotgan  qarorgohi binosi oldida tashkil etildi.

Partiyaning viloyat bo’limi respublikada 27-iyun  – umummilliy birdamlik kuni oldidan qarorgohlarida birdamlik mitingini o’tkazishni rejalashtirgan edi.

Shahar raisi o’rinbosari  Umida Murodova TIUP Sug’d viloyat bo’limining bayram tashkil etish haqidagi so’rovini rasman rad etib, sizlar tadbiringizni umummilliy atab siyosiy odob doirasidan tashqari chiqqansizlar, sizlarniki  bir partiyaniki, deb javob bergan.

Xo’jand shahar  hokimiyati vakillari Sirdaryoning o’ng qirg’og’ida qurilishi tugallanayotgan “Nuri Islom” jome’ masjidi atrofini ko’kalamzorlashtirish va yo’lni kengaytirish maqsadida partiya qarorgohi buzilishi kerakligini talab qilishgan, ammo qarorgoh uchun yangi yer va buzilgan binoga kompensatsiya to’lash borasida hech gap aytishmagan.

Muxolif partiyaning ayrim faollari hukumat qarorini noqonuniy deb atab, uni nafaqat bir partiyaga qarshi harakat, balki umummilliy totuvlikni obro’sizlantirishga urinish deb bilishmoqda.
Xujand shahar arxitektura boshqarmasi rasmiysi islom partiyasi binosining buzilishi oldindan belgilangan loyihaga ko’ra bo’layotganini va hammasi qonuniy ekanligini aytgan.

TIUP raisi, Oliy Majlis deputati Muhiddin Kabiriy ham shahar hokimiyati qarorini noqonuniy deb atagan.

“Xo’jandda partiya binosini buzish biron bir huquqiy va qonuniy poydevorga ega emas. Ular shu yo’l bilan hammadan oldin Birdamlik bayrami tantanasining o’tkazilishiga qarshi chiqishyapti. Bu bilan milliy birlikka qattiq zarba urushdi. Bu xuddi Ko’lob va Badaxshondagidek oldindan tayyorlangan ssenariy asosida bo’ldi”, – deydi Kabiriy.

TIUP matbuot vakili Mahmudjon Fayzraxmonov  qarorgohimizning vayron etilishi biz uchun alamli va dardli bo’lsa-da, bu ish kelishuv bilan hal etilishini istaymiz deydi.

Huquqshunos Fayziniso Vaxidovaga ko’ra, binoni  faqatgina prokuratura qarori bilan buzish mumkin, shahar hokimiyati bunday vakolatga ega emas.

50 mingga yaqin a’zosi bo’lgan TIUP 2010-yilda o’tgan parlament saylovida 7 foizga yaqin ovoz olgan bo’lib, mamlakatdagi real kuchga ega muxolifat sanaladi.

TIUP Markaziy Osiyoda rasman ro’yxatdan o’tgan yagona diniy siyosiy partiyadir.

Islomiy partiya binosini buzishga qaratilgan xatti-harakat aks etgan suratlar quyida ilova qilinadi.

Suratlar va matn muallifi Ravshan Shams.

Militsiya TIUPga qarshi to'plangan odamlar himoyasida

Militsiya TIUPga qarshi to’plangan odamlar himoyasida

Qarorgohga kelish uchun partiya faollariga militsiya yo'l bermadi.

Qarorgohga kelish uchun partiya faollariga militsiya yo’l bermadi.

TIUPga qarshi tayyorlangan odamlar militsiya himoyasida

TIUPga qarshi tayyorlangan odamlar militsiya himoyasida

Partiya qarorgohi oldida hukumat tashkil etgan ayollar chiqish qilishga urinishdi.

Partiya qarorgohi oldida hukumat tashkil etgan ayollar chiqish qilishga urinishdi.

Hukumat tarafdorlari ko'pchilikni tashkil etdi.

Hukumat tarafdorlari ko’pchilikni tashkil etdi.

Xo'jandda TIUP qarorgohi oldiga hukumat talaba yoshlarni yig'di.

Xo’jandda TIUP qarorgohi oldiga hukumat talaba yoshlarni yig’di.

Partiya faollari qarorgohni buzish harakatini noqonuniy deb hisoblab, voqeani videoga olishmoqda.

Partiya faollari qarorgohni buzish harakatini noqonuniy deb hisoblab, voqeani videoga olishmoqda.

Partiya raisi Muhiddin Kabiriy (markazda) Xo'jandda faollar xonadonida

Partiya raisi Muhiddin Kabiriy (markazda) Xo’jandda faollar xonadonida

Partiya qarorgohi majlislar zali bo'shatildi.

Partiya qarorgohi majlislar zali bo’shatildi.

Tom tepasidan ko'chirilib pastga irg'itilgan tunuka shiferlar

Tom tepasidan ko’chirilib pastga irg’itilgan tunuka shiferlar

Ishchi yoki mardikorlar emas, rasmiy kiyimda ham qora ishni qilish mumkin ekan.

Ishchi yoki mardikorlar emas, rasmiy kiyimda ham qora ishni qilish mumkin ekan.

Partiyaning Xo'janddagi qarorgohi tomi tepasida birinchi kuni hukumat vakillarining o'zi buzishni boshladi.

Partiyaning Xo’janddagi qarorgohi tomi tepasida birinchi kuni hukumat vakillarining o’zi buzishni boshladi.

Tojikiston islom uyg'onish partiyasi Sug'd viloyat qarorgohi majlislar zalida

Tojikiston islom uyg’onish partiyasi Sug’d viloyat qarorgohi majlislar zalida

TIUPning Birlik kuniga bag'ishlab chiqargan nishoni

TIUPning Birlik kuniga bag’ishlab chiqargan nishoni

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

June 2014
M T W T F S S
« May   Jul »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30