Showing Archived Posts

Tojikistondagi yagona o’zbek musiqali drama teatri 80 yoshda

Posted September 27th, 2014 at 2:19 pm (UTC-4)
Leave a comment

Shukur Burhonov nomidagi Tojikistondagi yagona o’zbek musiqali drama teatri tarixi qariyib yuz yilga borib taqaladi. Bundan 95 yil muqaddam, o’tgan asrning yigirmanchi yillari o’rtasida o’sha vaqtlarda O’zbekiston hududida bo’lgan “Qizil Putilov” kolxozi raisi Qoripo’lat Rahmatboyev va san’at shaydosi Do’stmat Husainovlar maslahatlashib, havaskorlik to’garagi tashkil etishga qaror qiladilar. O’zbek sozandasi Otabobo Boboyev va cholg’uchi, xalq hofizi  […]

Tags: , , Posted in Tojikiston

Jalol-Obod, Arslonbob va O’zgandagi bebaho lahzalar

Posted September 20th, 2014 at 12:35 am (UTC-4)
1 comment

JALOL-OBOD O’sh singari Jalol-Obodga ham yarim kechada kirib bordim. Shahar markazidagi xonadonda mezbonlarimning ko’zi chaqnaydi, xuddi endi tong otib, yaqin bir tanishlari nonushtaga kelgandek. Katta zalda chiroyli dasturxon yozilgan, issiq ovqat tayyor. O’zimni koyidim – ertaroq yetib kelolmaganim uchun. Buning imkoni bormidi o’zi? Albatta yo’q, chunki mintaqamizda yarim soatlik uchrashuv aslida uch soat degani, uch […]

Xorijda mashhur Qirg’iziston dorbozlari bu gal vatanni gullatdi

Posted September 15th, 2014 at 1:44 pm (UTC-4)
Leave a comment

Yaqinda, yozning oxiri – kuzning dastlabki kunlarida, O’sh viloyati Novqat tumanining so’lim Sahoba oromgohida  qarqarqishloqlik mashhur dorbozlar guruhi tomosha ko’rsatdi. Hafta davomida ixlosmandlarning safi arimadi. “Qo’shni Aravondan keldik. Ota-bobolardan qolgan bu qadim san’atni sog’inib qolgan ekanmiz, maza qildik, – deydi o’zini fermer deb tanishtirgan Azamat aka Vohidov. – Avvallari biz tomonda ham yilda ikki-uch bor […]

Qirg’iziston: Sahoba – qadim mozor, obidalar va oromgoh

Posted September 9th, 2014 at 4:24 pm (UTC-4)
Leave a comment

Sahoba – ko’hna mozorga berilgan nom. Kech bahordan to kuzning o’rtalarigacha bu so’lim go’sha gavjum. Salqin tog’ havosi, betakror tabiat, qadim ziyoratgohlar  mintaqaning turli burchaklaridan minglab odamlarni o’ziga jalb qiladi. Sovuq tushgach, odatda, ziyoratchilar kamayadi va Sahobaning kuzgi-qishki jilosidan  faqat mahalliy aholi, asl tabiat  shaydolari-yu, betinim tadqiqotchilar bahramand bo’lishadi. Sahoba ziyoratgohi O’shdan 40 chaqirim g’arbroqda, […]

O’sh: ushalgan va ushalmagan orzular

Posted September 8th, 2014 at 1:39 am (UTC-4)
2 comments

O’sh meni o’ziga sehrlab qo’ydi. O’zbek, qirg’iz yoki rus, kimning xonadoniga bormay o’zimni uydagidek, bolaligim o’tgan hovlidagidek his etdim. 2010-yilning iyun oyidagi qonli voqealardan astalik bilan o’ziga kelayotgan, minglab qalblar bir umrga jarohatlangan bu azim shahar horg’in. Lekin ortiqcha shikoyat qilmaydi. Dardini ichiga yutib, kunini ko’rmoqda. O’shda hayot o’tgan to’rt yil ichida qanchalik o’zgardi deya […]

Bishkek – global, erkin, ta’mirtalab shahar

Posted September 1st, 2014 at 2:27 am (UTC-4)
1 comment

Sovet davrida Frunze, ungacha esa Pishpek, bugungi kunda esa Bishkek – Qirg’iziston poytaxti – o’tgan o’n yillikda ikki inqilob va qonli, tahlikali namoyishlarga guvoh bo’ldi. Markaziy Osiyoning boshqa biror markazi yaqin o’tmishda bu qadar siyosiy voqealarni boshdan kechirmagan. Biroq Bishkek bir qarashda Sovet davridan beri ko’p o’zgarmagandek. Imoratlar, ko’chalar eskirgan. Kommunizm nishonalarini ko’rasiz atrofda. Qizig’i, […]

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

September 2014
M T W T F S S
« Aug   Oct »
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930