Tojikiston va AQSh yoshlarini san’at birlashtirmoqda

Posted October 27th, 2014 at 12:51 pm (UTC-4)
Leave a comment

Keyingi yillarda Tojikistonning  Amerika Qo’shma Shtatlari bilan hamkorligi turli sohalarda tobora rivojlanib bormoqda. Jumladan, AQShning Dushanbedagi elchixonasi Tojikistonda qator lohihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Ijtimoiy,  harbiy,  maorif, sog’liqni saqlash, huquqiy va madaniy sohalarni o’z ichga olgan keng qamrovli loyihalar qiymati yiliga bir necha million dollarni tashkil etadi.

Amerikaning Dushanbedagi elchixonasi Tojikistonda tashkil etgan navbatdagi madaniy loyiha ham mahalliy yoshlarga juda ma’qul keldi.

Elchixona ko’magida mamlakat shimoli – Xo’jandda tashkil etilgan “Amerika burchagi” rahbari Madina Po’latovanng aytishicha, faqat shu yilning o’zidagina So’g’d viloyatida AQShning turli shtatlaridan yuzga  yaqin bir qancha soha mutaxasislari markazda mehmon bo’lishgan.

Shu oyda Tojikistonda Texas shtatidan “Navikoro” breyk raqs guruhi mehmon bo’lib, poytaxtdan tashqari Xo’jand va Isfara shaharlarida madaniy tadbirlar, qiziqarli o’yin va uchrashuvlar, konsert dasturlari o’tkazishdi.

Xo’jandda tojik yoshlari orasidan  ko’plab do’stlar orttirgan Amerikalik mehmon, raqs ustasi Kris Tomas aytadiki, san’at sarhad bilmaydi va o’zaro do’stlik, hamjihatlikda katta rol o’ynaydi.

“Xo’jandda ajoyib xalq bilan muloqotda bo’ldim, yoshlarning quvnoqligi, aholining mehmonnavozligi, yoshu-qari raqsga birdek qiziqishi meni shodlantirdi, taassurotlarim bir olam, qizaloq Farangisdan tojikcha raqsni o’rganib ham oldim”, – deydi Andijon  do’ppisini kiygan “Navikoro” zamonaviy  raqs guruhi a’zosi Cortni Ned.

Tojikistondagi “Amerika burchak”larida mahalliy yoshlarga breyk dansdan saboq bergan raqs ustalari  tojik yoshlarining  amerikaliklardan qolishmay zamonaviy raqs tushishlaridan hayratlanganlarini yashirishmadi.

AQSh va Tojikiston o’rtasida o’quvchilarni  o’zaro  almashlash lohihasi dasturida bir necha Amerika shaharlarida bo’lgan Davron Hojiev  “Navikoro” guruhining Xo’janddagi “Markazi Javonon” qasrida qilgan chiqishlari juda qiziqarli bo’lganini,  tomoshabinlar sahnani to’ldirganini ta’kidlaydi.

“Amerikalik do’stlarimiz bizlarni tortinmaslikka, sahnada erkin o’ynashga  da’vat etib, tomoshabinlarga yangicha kayfiyat baxsh etdi, hamsaboqlarim ularning samimiyligidan xursand. Tadbir bo’lsa, mana shunday tashkil etilsa”,- deydi u.

O’z navbatida amerikalik mehmonlar ham Tojikistonda  o’zlari kutmagan ko’rinishlardan hayratdaligini yashirmaydi.

“Bech yashar qizaloq Farangisning opasidan o’rgangan murakkab raqs  harakatlaridan og’zimiz ochilib qoldi”,- deydi amerikalik guruhning video-kamera bo’yicha mutaxassisi Ardren Benarides.

AQSh elchixonasidan texaslik mehmonlarga hamroh bo’lgan Mahmudjon Naimovning bildirishicha, Tojikistonda amerikaliklar tomonidan kelajakda  bir qator yangi dasturlar amalga oshiriladi.

Quyida Xo’jandda o’tgan tadbir davomida olingan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Matn va suratlar muallifi Ravshan Shams.

Amerikaning Taxas shtatidan Khujandda mehmon bo'lgan ''HAVIKORO'' raqs ansambli ishtirokchilari chiqish oldidan Animator Joel Martine raqsda muvozanat muhimligini asoslamoqda

Ardren Benarides elektron asboblarni sozlamoqda.

Ardren Benarides elektron asboblarni sozlamoqda.

Besh yashar  qizaloq Farangis ham opalari bilan breyk dansni o'rganishga qiziqib kelgan.

Besh yashar qizaloq Farangis ham opalari bilan breyk dansni o’rganishga qiziqib kelgan.

Bir yelkada yotib charx urib aylanish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi.

Bir yelkada yotib charx urib aylanish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi.

Boshiga o'zbek do'ppisi  yarashgan Kris Tomas san'at chegara bilmas g'alaba keltiruvchi kuch deydi.

Boshiga o’zbek do’ppisi yarashgan Kris Tomas san’at chegara bilmas g’alaba keltiruvchi kuch deydi.

Breyk dans shunchaki raqs emas, salomatlik garovi hamdir. deydi Chris ThomasBunday raqs kimni qiziqtirmaydi deysiz

Kris Xo'jand yoshlari tasvirga tushirgan lahzalarni nazardan o'tkazmoqda.

Kris Xo’jand yoshlari tasvirga tushirgan lahzalarni nazardan o’tkazmoqda.

Kris Tomas va Joel Martiner raqs harakatini tushuntirmoqda.

Kris Tomas va Joel Martiner raqs harakatini tushuntirmoqda.

Cortni Ned tojikistonlik yoshlarga o'z mahoratini namoyish etmoqda.

Cortni Ned tojikistonlik yoshlarga o’z mahoratini namoyish etmoqda.

Cortni Ned tojikistonlik yoshlarning raqsini olqishlamoqda.

Cortni Ned tojikistonlik yoshlarning raqsini olqishlamoqda.

Cortni va tojik qizalog'i Farangis

Cortni va tojik qizalog’i Farangis

Yerdan uzilib yonboshda, havoda charx urish  Jeremiga xos uslub.

Yerdan uzilib yonboshda, havoda charx urish Jeremiga xos uslub.

''Havikoro'' guruhi animatori Joel Martiner jihozlarni sozlamoqda.

”Havikoro” guruhi animatori Joel Martiner jihozlarni sozlamoqda.

''Havikoro'' guruhi Xo'janddagi ''Amerika burchagi''da tojik yoshlari bilan

”Havikoro” guruhi Xo’janddagi ”Amerika burchagi”da tojik yoshlari bilan

''Havikoro'' guruhi o'z faoliyati haqida tojik yoshlariga so'zlab bermoqda.

”Havikoro” guruhi o’z faoliyati haqida tojik yoshlariga so’zlab bermoqda.

''Havikoro'' guruhida grafik dizayn uchun mas'ul Mario Jaramillo  tojikistonlik yoshlarga o'z ishi haqida so'zlab bermoqda.

”Havikoro” guruhida grafik dizayn uchun mas’ul Mario Jaramillo tojikistonlik yoshlarga o’z ishi haqida so’zlab bermoqda.

Jeremi Pena doskada raqs darsi  rejasini tuzmoqda

Jeremi Pena doskada raqs darsi rejasini tuzmoqda

Jeremi Penaning boshda tiik turib raqs tushishi tojik yoshlariga yoqdi

Jeremi Penaning boshda tiik turib raqs tushishi tojik yoshlariga yoqdi

Jeremi raqs harakatlarini tojik yoshlariga qunt bilan o'rgatmoqda.

Jeremi raqs harakatlarini tojik yoshlariga qunt bilan o’rgatmoqda.

Xo'jand yoshlari amerikalik yangi do'stlari bilan xotira uchun rasmga tushishdi

Xo’jand yoshlari amerikalik yangi do’stlari bilan xotira uchun rasmga tushishdi

Xo'jandliklar amerikacha yoshlar raqsini o'rganmoqda

Xo’jandliklar amerikacha yoshlar raqsini o’rganmoqda

Raqs faqat shodlik keltiradi

Raqs faqat shodlik keltiradi

Raqs ustasi Jeremi Pena tojik yoshlari bilan

Raqs ustasi Jeremi Pena tojik yoshlari bilan

Texaslik raqs ustasi Kris Tomas

Texaslik raqs ustasi Kris Tomas

Tojik yoshlari amerikalik raqs ustalari chiqishini rasmga olmoqda.

Tojik yoshlari amerikalik raqs ustalari chiqishini rasmga olmoqda.

Tojikistonlik yoshlar raqsda Jeremidan saboq olmoqda.

Tojikistonlik yoshlar raqsda Jeremidan saboq olmoqda.

Yoshlar Cortnining har bir harakatini xatosiz takrorlashga harakat qilmoqda.

Yoshlar Cortnining har bir harakatini xatosiz takrorlashga harakat qilmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

October 2014
M T W T F S S
« Sep   Nov »
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031