Qirg’izistonda karnay-surnay yana urf bo’lmoqda

Posted November 11th, 2014 at 3:54 pm (UTC-5)
Leave a comment

Yaqin davrlargacha janubiy Qirg’izistonda to’y-tantanalar hofizlar ishtirokisiz o’tmas, qo’shiqchilarga xalq cholg’u ansambllari jo’r bo’lar edi. Dutor, rubob, tanbur, g’ijjak, nay…

Hozir o’zbek to’ylarida mehmonlarni, odatda, karnay-surnay sadolari bilan kutib olishadi. Kelin-kuyovga ham karnay-surnay hamroh, sunnat to’yida ham.

Ixchamlashgan bazmlarda “Tanovor”, “Munojot”, “Dilxiroj”, “Shodiyona” – barini karnay-surnay qoyillatadi. Bunday xizmat to’y egalariga nisbatan arzon tushadi, shov-shuvi esa “to’y to’yday bo’lsin” uchun yetarli.

Zamon talabi bilan hududda karnay-surnay guruhlari ko’paygan. Birgina O’sh shahri va uning atrofida 3-4 yangi guruh paydo bo’ldi, deyishadi.

Ijrochilarning aksariyati o’smir va yoshlardan iborat. Masalan, “Dorboz” ansambli (O’sh) a’zolarining o’rta yoshi  yigirmadan biroz yuqori bo’lib, kenja karnaychi Muhiddin endi o’n yettiga to’ldi. Kenjatoy jismoniy kuch va mahorat talab qiladigan murakkab nomerlarni ijro etishda akalaridan qolishmaydi.

Toshmirzayelar guruhida (Qorasuv tumani) o’n bir yashar Boboyor ham nog’ora chaladi, ham qadimiy yog’och ot o’ynatish san’atini egallamoqda.

“Bahor” (Aravon tumani) guruhi yigitlari ham har gal tomoshabinlar olqishiga sazovor.

“Bu san’at hech bir o’quv yurtida o’rgatilmaydi, odatda avloddan avlodga o’tib keladi, – deydi O’sh o’zbek akademik drama teatrining direktori, Qirg’iziston xalq artisti Baxtiyorjon To’xtamatov. – Janubuy Qirg’izistonda Ravshan dorboz, Ortiqovlar sulolalari ko’pdan beri ma’lum va mashhur. Talab paydo bo’lgach, boshqa xonadonlar ham unutilayozgan ota kasbini jonlantira boshladi”.

85 yoshli Ergash ota Ahmadaliyev yoshligidan teatrda surnay chalgan. Qizi Feruzaxon Toshkent teatr-rassomchilik oliygohini tamomlab,  O’sh maktablarida musiqadan saboq berib kelgan. Endilikda qariya surnay sirlarini nabirasi Sarvarga o’rgatmoqda. Men oqsoqolni yo’qlab borgan kun Sarvar to’yda xizmatda ekan.

To’yu-tantanalar bo’laversin, karnay-surnay sadolari uzilmasin!

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

DSC02501

To’rtkarnay (O’sh, noyabr, 2014-yil)

DSC01067

Yosh talantlar sahnaga chiqish oldidan (O’sh, muallif arxividan).

DSC02346

To’y bola, toy bola (Aravon tumani, oktabr, 2014-yil).

DSC02352

Karnaychilar to’yga tong otmay kelishadi (“Bahor” ansambli, Aravon tumani, oktabr, 2014-yil).

DSC02354

Qisqa tanaffus (Aravon tumani, oktabr, 2014-yil)

DSC02355

“Rahmat, bolam, omon bo’l” (Aravon tumani, oktabr, 2014-yil).

DSC02367

Raqssiz to’y to’ymi? (Aravon tumani, oktabr, 2014-yil).

DSC02382

“Bahor” ansamblining rahbari Bahodirjon Normatov (Aravon tumani, oktabr, 2014-yil)

DSC02386

Yosh musiqachilar navbat kutayapti (Aravon tumani, oktabr, 2014-yil).

DSC02451

Ergashboy ota surnay sirlarini bir necha avlodga o’rgatgan (O’sh, noyabr, 2014-yil).

DSC02458

O’n bir yashar Boboyor Toshmirzayev ham nog’ora chaladi (O’sh, noyabr, 2014-yil).

DSC02474

Boboyor Toshmirzayev yog’och ot ham o’ynatadi (O’sh, noyabr, 2014-yil).

DSC02484

“Dorboz” guruhisiz O’shda to’y o’tmaydi hisob (O’sh, noyabr, 2014-yil).

DSC02486

Elmurod Rahmonovga sunray bobosidan qolgan, (O’sh, noyabr, 2014-yil).

DSC02490

O’n yetti yoshli Muhiddin (o’rtada) mahoratda akalaridan qolishmaydi (O’sh, noyabr, 2014-yil).

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

November 2014
M T W T F S S
« Oct   Dec »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930