Qirg’izistonda xalq amaliy san’ati zamon bilan hamnafas

Posted February 12th, 2015 at 10:17 pm (UTC-4)
Leave a comment

O’sh shahrining Dala hovlilari mavzesida yashovchi Qunduz Talkanchiyeva esini tanibdiki, kigizdan milliy liboslar va uy jihozlari tayyorlash bilan mashg’ul. Uning qo’lidan chiqqan oq qalpoq, kundalik va bayram kamzil-choponlari, gilamdan pishiq shirdoqlarning bozori chaqqon.

“Qulay, tabiiy, xalqona buyumlarga, ayniqsa, keyingi yillarda talab kuchaymoqda,- deydi chevar opa.- Masalan, milliy oq qalpoq eng yaxshi sovg’alardan sanaladi, ushbu bosh kiyim hozir keng rasm bo’ldi”.

Qirg’iz ayollari azaldan q’oy hamda echki junidan kiyim-kechak, kundalik turmushda kerakli turli-tuman anjomu-jihozlar yasab keladi.  Yengil, qishda issiq, yozda salqinlikni saqlaydigan o’tovlar ham aynan tabiiy mato bo’lmish kigizdan tayyorlanadi.

“Biz faqat sof qo’y hamda echki juni aralashmasini ishlatamiz, gulu-naqshlar bitish uchun turli o’simliklardan tayyorlangan bo’yoqlar qo’llaymiz”, – deydi Qunduz opaning umr yo’ldoshi Taalaybek aka. Ushbu hunarni u ayolidan o’rgangan va hozir mohir ustalardan sanaladi.

Kigiz buyumlar tikilmaydi, to’qilmaydi. Kigiz – bu issiq suv yordamida “pishirilgan” va bosma taxta bilan obdon bosilib tekislangan jun mato. Gullari ham aynan shu usul bilan tushiriladi.

Aytishlaricha, qizlarga sep qatori berilgan shirdoqlar (xonaga to’shaladigan yoda uy devoriga osiladigan buyum) avloddan avlodga o’tib, asrni qaritar ekan.

Bozorda ham qo’l mehnati va asl mato mahsuli yuqori baholanadi. Masalan, Taalaybek aka so’zlariga ko’ra, sof jundan tayyorlangan shirdoqlar uchun sotuvchilar 6-7 ming qirg’iz so’midan to 18-20 ming so’mgacha (100-300 AQSh dollariga teng) so’rashadi. Qalpoq etti yuz somdan yuqori.

“Afsuski, hozir rastalarni, asosan, Xitoydan keltirilgan sun’iy matodan tayyorlangan qalpoq, chopon va boshqa milliy liboslar bosib ketdi. Kompyuter degan narsa xohlagan naqshni birpasta tushirib berar ekan”, – deydi Kunduz Talkanchiyeva.

Aytishlaricha, biz tashrif buyurgan mahallada har uch-tort xonadonning biri liboschilik bilan shug’ullanib, aksariyati sun’iy tolali arzon xitoy matolaridan foydalanar ekan. Cho’ntakbop, ya’ni bozorbop (aslidan 8-10 barobar arzon) bu mollarning xaridori ko’p, deyishadi.

Qirg’iziston hunarmandlari hayoti aks etgan suratlar quyida.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin ZARIF

Qirg’izistonda har bahor milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni o’tkaziladi, O’sh shahri, mart 2014.

Qirg’izistonda har bahor milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni o’tkaziladi, O’sh shahri, mart 2014.

Bahor kayfiyati, O’sh, mart, 2014

Bahor kayfiyati, O’sh, mart, 2014

Hech bir  marosim xalq talantlarisiz o’tmaydi, O’sh, mart 2014.

Hech bir marosim xalq talantlarisiz o’tmaydi, O’sh, mart 2014.

Dugonajonlar, O’sh, 2014

Dugonajonlar, O’sh, 2014

Milliy liboslar rastasi, O’sh, fevral, 2015

Milliy liboslar rastasi, O’sh, fevral, 2015

Milliy liboslar rastasi, O’sh, fevral, 2015

Milliy liboslar rastasi, O’sh, fevral, 2015

Ixcham, yengil, arzon, qulay…, O’sh, fevral, 2015

Ixcham, yengil, arzon, qulay…, O’sh, fevral, 2015

Ixcham, yengil, arzon, qulay…, O’sh, fevral, 2015

Ixcham, yengil, arzon, qulay…, O’sh, fevral, 2015

Hunarmandlar mahallasi, O’sh, Dala hovlilari mavzesi, O’sh, fevral, 2015

Hunarmandlar mahallasi, O’sh, Dala hovlilari mavzesi, O’sh, fevral, 2015

Qunduz opa esini tanibdiki, mato bilan, O’sh, fevral, 2015

Qunduz opa esini tanibdiki, mato bilan, O’sh, fevral, 2015

Bobosinikidan ketgisi kelmaydi, O’sh, fevral, 2015

Bobosinikidan ketgisi kelmaydi, O’sh, fevral, 2015

“Mana bu narsa oyoq qoq, deyiladi..”. Ammo bunday go’zal asarga oyoq bosging kelmaydi, O’sh, fevral, 2015

“Mana bu narsa oyoq qoq, deyiladi..”. Ammo bunday go’zal asarga oyoq bosging kelmaydi, O’sh, fevral, 2015

Asl mato uchun sof qo’y va echki juni ishlatiladi, O’sh, fevral, 2015

Asl mato uchun sof qo’y va echki juni ishlatiladi, O’sh, fevral, 2015

Taalaybek aka mohir ustalardan sanaladi, O’sh, fevral, 2015

Taalaybek aka mohir ustalardan sanaladi, O’sh, fevral, 2015

O’shdagi noyob uch qavatli o’tov. O’tgan asr oxirlarida kigizdan yaratilgan bino hozirda muzey bo’limi, O’sh, fevral, 2015

O’shdagi noyob uch qavatli o’tov. O’tgan asr oxirlarida kigizdan yaratilgan bino hozirda muzey bo’limi, O’sh, fevral, 2015

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

February 2015
M T W T F S S
« Jan   Mar »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728