Tojikistonda Majlisi Oliy quyi palatasi va mahalliy majlislarga saylov tayyorgarligi qizg’in

Posted February 26th, 2015 at 10:43 pm (UTC-4)
Leave a comment

1-mart Tojikistonda Oliy Majlis quyi palatasi – Majlisi Namoyandagon va mahalliy majlislarga saylov qanday o’tishi haqida mamlakatda ko’pchilik bosh ham qotirib o’tirmaydi.

Hukumat vakillari jahon hamjamiyatini  mamlakatda saylovlar demokratik va shaffof o’tkazilishiga ishontirib keladi.

Tojikistonning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Rustam Soliyev Bryusselda Yevroparlament Vitse-prezidenti Richard Charneski bilan uchrashganda saylovning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o’tishiga ishonch bildirgan.

Bu yilgi parlament saylovida mamlakatdagi sakkiz partiya vakillari ishtirok etayotgan bo’lsa-da, nomzodlarning 60 foizdan ortig’ini hukmron Xalq demokratik partiyasi vakillari tashkil etadi.

Oliy Majlis quyi palatasi uchun bir deputatlik o’rniga ba’zi joylarda yetti-sakkiz kishi, mahalliy majlislarga esa o’n bir kishigacha da’vogarlik qilayotgan havzalar bor.

Mustaqil kuzatuvchilarga ko’ra, parlamentda besh-o’n vakillikka umid qilayotgan Islom uyg’onish va Sotsial-demokratik partiya vakillarining imkoniyati juda oz.

“Tojikistonda faqat mana shu ikki partiyagina hukumatga muxolif kuch sifatida ko’riladi, qolganlari shunchaki nomiga xolos”,- deydi mustaqil jurnalist Jo’ra Yusufiy.

Mamlakatda saylov oldidan har bir saylovchi o’zi uchun o’zi ovoz berishi shart va zarurligi haqidagi targ’ibot oldingi yillardagidan kuchli, har saylov uchastkalarida ogohlantirish varaqalarini ko’rish mumkin.

Tojikiston poytaxti va viloyat markazlarida saylovchilar o’rtasida o’tkazilgan mustaqil so’rov natijalari shuni ko’rsatganki, saylovchilarning qariyb 68 foizi saylov natijalariga qiziqish bildirmagan, biron bir o’zgarishga umid yo’q, hammasi ilgarigidek qoladi, deb fikr bildirgan bo’lsa, 5 foizga yaqini marakada umuman ishtirok etmasligini bildirgan. Respondentlarning aksariyati bir yoki bir necha kishi o’rnida muntazam ovoz berib kelayotganini tan olgan.

Saylovchi Mavluda Qosimova aytadiki, oilasida o’zi, ikki o’g’li va kelini – besh kishi uchun har doim saylov uchastkasiga to’ng’ich og’li borib kelgan, bu yil ham shunday bo’ladi.

“Men uchun bu saylovlarning qizig’i yo’q, kimni saylaymiz farqi bo’lmasa, hammasi ko’zbo’yamachilikdan boshqa narsa emas, unga vaqtni ketgazgunimcha, sigirimni sog’ib olaman”, – deydi Mavluda.

Sotsialistik partiya namoyandasi Farrux Boqiyev, “Bu yilgi saylov oldingilaridan tubdan farq qiladi, elektorat juda faollashgan, xalqaro kuzatuvchilar ham buni tan olishmoqda”, – deb aytadi. Uning fikricha, joriy yil saylovi mamlakatda tinch va osoyishta, yuksak uyushqoqlik bilan o’tadi, shunisi muhim.

Tojikiston Islom uyg’onish partiyasi faoli Mirzoqul Hojimatov o’z partiyasi nomzodlariga ko’rsatilayotgan tazyiqlar borasida so’zlab, “Bazi nomzodlarimiz dardi ichida, ularning tadbirkorligi xatar ostida qolgani uchun nomlarini ro’yxatdan o’zlari olishga majbur bo’lishdi, hatto ismlarini ochiq aytishdan qo’rqishadi”, deydi.

Mahalliy majlislarga saylovlar bo’yicha Sug’d viloyat  saylov komissiyasi raisi Muhammadjon Ismatdinov “qayd etilgan nomzodlardan deyarli shikoyat yo’q, hammasi qonuniy bo’lmoqda”, desa, Sotsial demokratik partiya vakillari joylarda bo’layotgan tazyiqlarga misollar keltiradi, nomzodlari noqonuniy ro’yxatdan chiqarib yuborilganini pesh qiladi.

“Vaqti bo’ldiki, biz hatto sudlanib, hozir qidiruvda bo’lmagan nomzodlarni ham ro’yxatdan o’tkazdik, marhamat, tekhirishlaring mumkin, demokratiya, shaffoflik, qonun ustuvorligi shu darajada bo’ladi-da, yana nima kerak?” – deydi saylov va referendumlar bo’yicha Markaziy komissiya vakili Saidboy Zokirov.

Rossiyaning Sverdlovsk viloyati markazi Yekaterinburgda ishlayotgan saylovchi Mirabbos Xoshokov aytadiki, bu viloyatda ikki yuz mingdan ortiq tojikistonlik bor, ularning aksariyati ovoz berish huquqiga ega, ammo hammasi ham saylovda ishtirok eta olmaydi. Uning fikricha, mehnat muhojirlari orasidan ham parlamentga vakil saylash vaqti yetgan, hukumat bu haqda o’ylab ko’rishi zarur.

“Biz Rossiyada o’gaydek yashaymiz, parlamentda vakilimiz bo’lsa, vatandoshlarimiz hozirgidek xo’lanib qolmasdi”, – deb umid qiladi Mirabbos.

Tojikistnondagi saylovlar bo’yicha OBSE kuzatuv missiyasi namoyandalari joylarda tashkil etilayotgan ishlardan boxabarliklarini, hukumat ular uchun barcha sharoitlarni yaratib berishganini ta’kidlar ekanlar, “Biz xulosalarimizni keyinroq bildiramiz, saylovga daxolatimiz yo’q, faqat tavsiyalarimiz bo’ladi”, – deyishadi.

Suratlar va matn muallifi Ravshan SHAMS

1. Majlisi Oliy quyi palatasi -Majlisi Namoyandagon va mahalliy majlislarga saylov uchastkasi

1. Majlisi Oliy quyi palatasi -Majlisi Namoyandagon va mahalliy majlislarga saylov uchastkasi

2. Ko'chada targ'ibot varaqalari tarqatayotgan volontyor

2. Ko’chada targ’ibot varaqalari tarqatayotgan volontyor

4. Tojikiston islom uyg'onish partiyasining targ'ibot varaqasi

4. Tojikiston Islom uyg’onish partiyasining targ’ibot varaqasi

5. Khujanddagi OBSE dala ofisida TXDP o'z saylovoldi dasturini bayon etish lahz

5. Xo’janddagi OBSE dala ofisida TXDP o’z saylovoldi dasturini bayon etish lahz

6. OBSEning saylovlar bo'yicha Tojikistondagi kuzatuv missiyasi nozirlari Apolonia Verschoor va Joergan Backlund saylovoldi munozaralarida

6. OBSEning saylovlar bo’yicha Tojikistondagi kuzatuv missiyasi nozirlari Apolonia Verschoor va Joergan Backlund saylovoldi munozaralarida

7.Xalqaro kuzatuvchi Joergen Backhlund Tojikistondagi siyosiy partiyalar faollari bilan suhbatda

7.Xalqaro kuzatuvchi Joergen Backhlund Tojikistondagi siyosiy partiyalar faollari bilan suhbatda

8. Taniqli huqushunos Fayziniso Voxidova saylov jarayonlaridagi qonunsizliklar haqida so'z yuritmoqda

8. Taniqli huqushunos Fayziniso Voxidova saylov jarayonlaridagi qonunsizliklar haqida so’z yuritmoqda

9. TIUP vakili Mirzoolim Hamdamov saylovoldi programmasi haqida so'z yuritmoqda

9. TIUP vakili Mirzoolim Hamdamov saylovoldi programmasi haqida so’z yuritmoqda

10. Tojikistondagi partiyalarning saylovga bag'ishlangan uchrashuvi televideniega olinmoqda

10. Tojikistondagi partiyalarning saylovga bag’ishlangan uchrashuvi televideniega olinmoqda

11. Mahalliy hukumat vakili taniqdlarga o'z fikrini bildirmoqda

11. Mahalliy hukumat vakili taniqdlarga o’z fikrini bildirmoqda

12. Sosial demokratik partiyadan Alim Sherzamonovnng targ'ibot varqasi

12. Sotsial demokratik partiyadan Alim Sherzamonovnng targ’ibot varqasi

13. Deputatlikga nomzodlik guvohnomasi

13. Deputatlikga nomzodlik guvohnomasi

15. Nohiya mаrkazidagi Oliy majlisga saylov havzasi

15. Nohiya mаrkazidagi Oliy majlisga saylov havzasi

16. Rossiyadan qaytgan mehnat muhojirlari nomzodlar bilan tanismoqda

16. Rossiyadan qaytgan mehnat muhojirlari nomzodlar bilan tanismoqda

17. Saylovoldi targ'ibot varaqalarini yo'lovchi mashinalarda ham ko'rish mumkin

17. Saylovoldi targ’ibot varaqalarini yo’lovchi mashinalarda ham ko’rish mumkin

18. Saylovchilarning har biri o'zi ovoz berishi shartligi ta'kidlangan targ'ibot varaqasi

18. Saylovchilarning har biri o’zi ovoz berishi shartligi ta’kidlangan targ’ibot varaqasi

19. TIUP varaqalarini mana shunday sidirib tashlashadi

19. TIUP varaqalarini mana shunday sidirib tashlashadi

20. Nomzodlardan birining shikoyat-arizasi sudda ko'rilmoqda

20. Nomzodlardan birining shikoyat-arizasi sudda ko’rilmoqda

21. Qo'l qo'yib tasdiqlanmagan bo'lsada, saylov uchastkalarida bunday hujjatlarni uchratish mumkin

21. Qo’l qo’yib tasdiqlanmagan bo’lsada, saylov uchastkalarida bunday hujjatlarni uchratish mumkin

22. Saylov komissiyasi raisi va muovini sud hukmini kutmoqda

22. Saylov komissiyasi raisi va muovini sud hukmini kutmoqda

23. O'z nomzodlari himoyasi uchun sud mahkamasiga kelgan saylovchilar

23. O’z nomzodlari himoyasi uchun sud mahkamasiga kelgan saylovchilar

24  Sotsial demokratik partiya nomzodlari chiqish qilishmoqda

24 Sotsial demokratik partiya nomzodlari chiqish qilishmoqda

25. TIUP uchun saylovchilar bilan uchrashuvga kichkina hujra ajratilgan, shunda ham odamlar oz

25. TIUP uchun saylovchilar bilan uchrashuvga kichkina hujra ajratilgan, shunda ham odamlar oz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

February 2015
M T W T F S S
« Jan   Mar »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728