Qirg’izistondagi saylov kampaniyalarida yoshlar faol

Posted September 8th, 2015 at 9:00 pm (UTC-5)
Leave a comment

Qirg’izistonda parlament saylovlariga tayyorgarlik hal qiluvchi bosqichga kirdi. Ushbu siyosiy tadbir 4-oktabrga belgilangan bo’lib, shu kunlarda parlamentdan joy olish uchun kurashayotgan siyosiy partiyalar targ’ibot-tashviqoti avjiga chiqqan.

Ko’chalar batamom saylov “libosida”. Har qadamda partiyalar shiorlari, chaqiriqlari.  Rang-barang  surat-rasmlar, ramzlar ko’zni qamashtiradi.

Rasmiy xabarlarga ko’ra, saylovoldi tadbirlari uchun siyosiy partiyalarning oldi 75-85 million, keti 5-10 million qirg’iz so’mi to’plagan. Bu pullar tashviqot shoulari, shahar-qishloq maydonlari hamda stadionlarida uyushtirilayotgan katta konsertlar, partiyalar simvolikasi aks ettirilgan turli-tuman libos,  buyum, kitobchalar chiqarishga, saylovchilar uchun boshqa sovg’a-salomlarga sochilmoqda.

Kuni-kecha O’sh shahri markaziy stadionida partiyalardan biri o’tkazgan estrada yulduzlari chiqishlariga qo’shni shahar-qishloqlardan tomoshabin tashib kelish uchun kamida 150 avtobus yollangani aytilmoqda. Oz bo’lsa-da yemak-ichmak, hadya-suvenirlar va hokazo chiqimlarni qo’yavering. Har-bir “yulduz” gonorarini ham sanamaylik.

Barcha saylovoldi tadbirlarida asosiy kuch – yoshlar. Partiyalar ramzi tushirilgan kiyim-kechaklarda ko’cha kezayotganlar ham o’quvchi-talabalar. Jon-jahdi bilan qaysi bir siyosiy guruhni maqtayotgan ham shular. Konsert, musobaqa-yu, boshqa tadbirlarga fayz bag’ishlayotganlar ham yosh avlod vakillari.

Saylovlarda qonunbuzarlikka yo’l qo’ymaslikni maqsad qilgan “Taza shayloo” assotsiasiyasida ham aksar yigit-qizlarni uchratdik.

Kimdir “qalb amri bilan”… Ayni paytda anchagina odam saylov bahona biroz pul ishlab olishni ko’zlaydi. Mahalliy aholining turli tabaqalari orasidan partiyalar qisqa muddatda yollagan tashviqotchilarga tuzukkina “moyana” to’lanar ekan. Asosiy mezon: qancha ko’p saylovchini biz tomon og’dirsangiz– shuncha ko’p jaraq-jaraq olasiz.

Yoshlarga esa ham g’oya, ham pul kerak…

Quyida Qirg’izistonning saylovoldi siyosiy hayoti aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Suratlar va matn muallifi Muhiddin Zarif

DSC04173 DSC04177DSC04185DSC04193DSC04194DSC04225DSC04227DSC04228DSC04239DSC04245DSC04254DSC04258DSC04270DSC04275DSC04293DSC04298DSC04302DSC04306

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

September 2015
M T W T F S S
« Jun   Oct »
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930