Showing Archived Posts

Qishloq yoshlar bilan go’zal va farovon

Posted October 13th, 2015 at 8:06 pm (UTC-4)
Leave a comment

Kuz fasli qishloqqa ajib fayz, latofat va baraka baxsh etadi. Bu fayzu-barakotning “mualliflari” – ona tabiat hamda, deyish mumkinki, yoshlar. “Yer va chorvaning qishloq ahliga mulk  sifatida bo’lib berilishi yoshlarda qishloq xo’jaligiga o’zgacha havas va mehr uyg’otdi, – deydi O’sh viloyati Aravon tumanidan faxriy agronom Tohirjon Olimjonov. – Izlanuvchan fermerlar yangi texnologiyalar, serhosil navlar olib […]

Posted in Qirg'iziston

Qirg’izistonda saylov qanday o’tdi?

Posted October 7th, 2015 at 10:39 pm (UTC-4)
Leave a comment

4-oktabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Rostini aytsam, so‘nggi daqiqagacha saylovlarning toza o‘tishiga shubham bor edi. Ayniqsa, ba’zi davlat ishxonalari xodimlaridan ularni SDPK uchun tashviqot o‘tkazishga majburlashayotgani haqida eshitgach, shubham go‘yoki tasdiqlangandek bo’ldi. Shunday bo‘lsa ham saylovga bordim. Kirib, kerakli joyga bosh barmog‘imni qo‘ydim. Kompyuter darhaqiqat shu joyda ro‘yxatdan o‘tganim va hali ovoz bermaganimni […]

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

October 2015
M T W T F S S
« Sep   Feb »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031