Qishloq yoshlar bilan go’zal va farovon

Posted October 13th, 2015 at 8:06 pm (UTC-4)
Leave a comment

Kuz fasli qishloqqa ajib fayz, latofat va baraka baxsh etadi. Bu fayzu-barakotning “mualliflari” – ona tabiat hamda, deyish mumkinki, yoshlar.

“Yer va chorvaning qishloq ahliga mulk  sifatida bo’lib berilishi yoshlarda qishloq xo’jaligiga o’zgacha havas va mehr uyg’otdi, – deydi O’sh viloyati Aravon tumanidan faxriy agronom Tohirjon Olimjonov. – Izlanuvchan fermerlar yangi texnologiyalar, serhosil navlar olib keldi. Oqibatda hozir qishloq nafaqat o’lkamiz shaharlarini boqayapti. Rossiya, Qozog’istonga karvon-karvon meva-cheva, poliz mahsulotlari yuborilayapti. Buning ortidan xonadonlarga farovonlik kelyapti”.

Aravonning ertangi kartoshkasi, O’zganu Oq-Turpoq guruchi, Botken o’rigi, Aqsining olmayu-olxo’risi, Qorasuvning Podavon sabzisi butun mintaqada ma’lum va manzur.

Jo’rayevlar sulolasining kenja vakili Hojiakbar (suratlarda) yetishtirgan sabzi, qadim usulda o’ralarda saqlanib, oy o’tgan sayin shifobaxsh xususiyati kuchayadi.

Shahardan kelin bo’lib tushgan Dilnoza mol sog’ish, qurut-qaymoq tayyorlashni yaxshi o’rganib olgan (suratlarda).

Qishloqlarda qurilish qizg’in. Yosh avlod shinam, barcha qulayliklarga ega uylarda yashashga intiladi. O’z qo’llari bilan binolar yaratib, gullar ekib, toza ichimlik suvi olib kelish naqadar gashtli (suratlarda).

Bu joylarda bolalikdan mol-qo’y boqish, olisdan ichimlik suvi tashish, dala ishlarini bajarish, kezi kelsa, g’isht quyish kabi ishlarga o’rganishadi (suratlarda).

“Mehnatda chiniqsa, kam bo’lishmaydi”, – deydi kattalar – ota-bobolar. Bu o’rinda o’spirin yoshlar haq-huquqlari haqida ko’pam o’ylanilmaydi.

Ovul yoshlari ilm-fan, san’atga oshiqmoqda, masjidga shoshayotganlar orasida ham o’spirinlar bisyor (suratlarda).

Rasmiy xabarlarga ko’ra, yangi yerlarga ko’chib o’tishni ixtiyor etgan yosh oilalar, shuningdek, olis tumanlarda ishlamoqchi bo’lgan yosh mutaxassislarga  mahalliy va markaziy hukumat  qator imtiyozlar beradi.

Yaratuvchan yosh kuch hamma joyda kerak va aziz.

                                                                        Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

DSC02242DSC04359DSC04364DSC04370DSC04374DSC04381DSC04384DSC04386DSC04397DSC04403DSC04405DSC04409DSC04410DSC04413DSC04422DSC04426DSC04431DSC04448

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

October 2015
M T W T F S S
« Sep   Feb »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031