Darxon – tog’lar orasidagi o’zbek qishlog’i

Posted February 4th, 2016 at 9:05 pm (UTC-4)
Leave a comment

Bundan 400 yilcha muqaddam Farg’ona vodiysidan Turkiston tizma tog’lari orqali Pomir-Oloy vodiylariga boruvchi karvonni har doim Istravshanga o’tishda Sangidog’ darasida qaroqchilar muntazam talab kelishgan. Aytishlaricha, o’shanda o’zbekning qo’ng’irot urug’idan bo’lgan yetti aka-uka shu darada qorovullik qilib, karvonlarning xatarsiz o’tishini ta’minlagan va yo’lto’sarlikka chek qo’yishgan ekan. Bora-bora bu darada qo’nim topgan aka-ukalar tevaragiga uzoq-yaqinlardan boshqalar ham kelib qo’shilgan, Istravshan begi ularni barcha soliqlardan ozod etib qo’ygan, odamlar yashayotgan qishloqcha esa shu sabab Darxon, ya’ni soliqlardan ozod etilgan degan nom olgan.

Bu tarixiy haqiqat, deydi Istravshanning 2500 yilligini nishonlashdan oldin o’lka tarixini o’rgangan tarixchi olimlar. Qadimiy kitoblarda bu haqda yozib qoldirilgan.

Hozir Turkiston to’g etaklarida joylashgan Darxon qishlog’ida 500 ga yaqin xo’jalik bo’lib, to’rt mingga yaqin aholi yashaydi, ularning 80 foizdan ortig’i o’zbeklardir.

Tojikistonning Sug’d viloyati, G’onchi nohiyasiga qarashli bu qishloqdagi shoir Abdulla Qayum nomidagi 17-o’rta maktabda uch yuzdan ortiq talaba o’qiydi. Bu yerdan taniqli irrigatorlar yetishib chiqqan. Viloyatda tanilgan tajribali suvchi, hozirda 85 yoshni qoralayotgan Subxon Xoliqov ham shu qishloqdan.

Maktab direktori Sayxon Qayumiy qishloqning taniqli va hurmatli ziyolilaridan. U bu yerda o’lkashunoslik tarixiy muzeyini tashkil etgan. Unda 300 yillik asori buyumlarni ko’rish mumkin.

Qishloq aholisi, asosan, dehqonchilik va bog’dorchilik bilan mashg’ul. Bu yerda yetishtiriladigan kartoshka urug’ligi uchun tog’lar oralab, janubdan ham xaridorlar kelishadi.

Basmanda soyi etaklarida joylashgan Darxon qishlog’i tabiati shundayki, aholi kamdan-kam kasallanadi. Odamlari sog’lom va baquvvat, qiyinchiliklarga chidamli.

Sho’rolar davrida qishloq nomi Yangiariqi Bolo deb o’zgartirilgan. Mustaqillik yillarida tarixiy nom qayta tiklandi.

Qishloq hozirda O’ratepa suv omborini suv bilan ta’minlab turgan Basmanda soyi etagida joylashgan bo’lib, soy o’zani sho’rolar davrida kichik to’g’on bilan to’silgan. Darxon dehqonlarining o’zi ham kezi kelganda suvga zor bo’lishadi.

Toshkendagi Nizomiy nomli pedagogika institutida tahsil olgan Abdujalil Abdujabborov ham hozirda dehqonchilik bilan shug’ullanadi, qishloq aholisiga bosh bo’lib, 13 chaqirimdan Basmanda soyining quruq o’zanida artezan ochib, suv keltirgan.

Dehqonchilik mavsumi tugagach, qishloqda ko’pchilik ishsiz qolishadi, yoshlar mahalla boshida top’lanishib, biror o’yin bilan o’zlarini ovutishadi, hunari borlar mehnat muhojirotida.

Taniqli irrigator, keksa suvchi Subhon Xoliqov aytadiki, Basmanda soyininig hozirda bo’gilgan o’zanidan o’n chaqirimcha balandlikda kichik to’g’on qurib, minglab yangi yerlarni o’zlashtirish, butun G’onchi nohiyasini muttasil arzon elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin.

“Yirik mablag’ talab etuvchi ulkan to’g’onlar o’rniga aho’li zich jo’ylashgan nohiya markazlaridan uzoq bo’lmagan bunday qulay mavzelar Tojikistonda talaygina, ulardan foydalana bilish zarur. Tushunaman, respublikamiz iqtisodi juda taraqqiy etmagan, mablag’ berishmaydi. Lekin kichik to’g’on va suv omborlari katta mab’lag’ talab etmaydi. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Dushanbega kelib, respublikamizdagi energetik taqchillikini bartaraf etishda yordamga tayyorliklarini ta’kidlab, ba’zi loyihalar borligini aytganda, ehtimol, shularni nazarda tutgandir? Agar shunday bo’lsa, men o’zimdagi barcha loyiha va chizmalarni qo’sh qo’llab topshirardim, xalqimiz faravon bo’lsa bas”, – deydi Subxon aka.

Uning aytishicha, shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur Andijondan chiqib ketar ekan, hozirgi Darxon qishlog’iga yetmasdan, Basmanda soyining so’lim bir yerida lashkariga hordiq bergan, ularni qayta sanab chiqqan va shu yerdagi silliq qoya toshda bitik qoldirgan.

“Shu-shu u yer Boburtosh deb ataladigan bo’lgan. Hozirda u toshni Dushanbega olib ketishgan, tarix muzeyida saqlanmoqda deyishadi. U yo’gi bizga noma’lum”, – deydi keksa suvchi.

Matn va suratlar muallifi Ravshan Shams

Darxon qishlog'ining tog'dan ko'rinishi

Darxon qishlog’ining tog’dan ko’rinishi

Abdulla Qayum nomidagi qishloq maktabi

Abdulla Qayum nomidagi qishloq maktabi

Yuqori sinf o'quvchilari

Yuqori sinf o’quvchilari

Maktab foyesi

Maktab foyesi

Ingliz tili ta'limi sinfi, hozir o'quvchilar qishki ta'tilda.

Ingliz tili ta’limi sinfi, hozir o’quvchilar qishki ta’tilda.

Maktab direktori Sayxon Qayumiy qishloq tarixi bilan tanishtirmoqda.

Maktab direktori Sayxon Qayumiy qishloq tarixi bilan tanishtirmoqda.

Qishloq tarixi muzeyida

Qishloq tarixi muzeyida

Qadimda qiz-juvonlar mana shu uskunalarda ip yigirishgan.

Qadimda qiz-juvonlar mana shu uskunalarda ip yigirishgan.

Xo'jaliklarga suv taqsimlash loyihasi qishloq markaziga o'rnatilgan.

Xo’jaliklarga suv taqsimlash loyihasi qishloq markaziga o’rnatilgan.

Qishloq bemorxonasi

Qishloq bemorxonasi

O'n uch chaqirimdan keltirilgan tog' suvi qishloq ko'chalariga chiqarilgan.

O’n uch chaqirimdan keltirilgan tog’ suvi qishloq ko’chalariga chiqarilgan.

Bir vaqtlar nohiya markazidan qishloqqa mana shu avtubus qatnagan.

Bir vaqtlar nohiya markazidan qishloqqa mana shu avtubus qatnagan.

Qishloq masjidi

Qishloq masjidi

Bobodan afsona tinglagan bolalar uni olqishlamoqda.

Bobodan afsona tinglagan bolalar uni olqishlamoqda.

Darxonliklar qishloqdan yetishib chiqqan faxriylarini qadrlashadi.

Darxonliklar qishloqdan yetishib chiqqan faxriylarini qadrlashadi.

Qishloq bolalari

Qishloq bolalari

Bekorchilikdan karta o'ynashadi, boshqa ish yo'q. Bino esa eski tibbiyot burchagi hisoblanadi.

Bekorchilikdan karta o’ynashadi, boshqa ish yo’q. Bino esa eski tibbiyot burchagi hisoblanadi.

Darxon o'zbeklari

Darxon o’zbeklari

Qo'zichoq va qizaloqlar

Qo’zichoq va qizaloqlar

Darxon etagidagi mashhur Boburtosh o'rni.

Darxon etagidagi mashhur Boburtosh o’rni.

Basmanda soyi, ayni shu yerda Bobur lashkari dam olgan.

Basmanda soyi, ayni shu yerda Bobur lashkari dam olgan.

Basmanda soyi bo'gilib, O'ratepa suv omboriga yo'naltirilgan mavze'

Basmanda soyi bo’gilib, O’ratepa suv omboriga yo’naltirilgan mavze’

Qishloq markazi

Qishloq markazi

Tog' etaklariga o'rnatilgan elektr transformator qishloq yuragi hisoblanadi.

Tog’ etaklariga o’rnatilgan elektr transformator qishloq yuragi hisoblanadi.

Qishloq o'smirlari

Qishloq o’smirlari

Erta tongdan poda toqqa haydaladi.

Erta tongdan poda toqqa haydaladi.

Ertalabki sigir sog'ish

Ertalabki sigir sog’ish

Darxon keksalari

Darxon keksalari

Qozonda sho'rva pishguncha qumg'onlarda choy ham qaynaydi.

Qozonda sho’rva pishguncha qumg’onlarda choy ham qaynaydi.

Selxona

Selxona

Bo'ysindirilgan soy o'zanidagi artezan qudug'i

Bo’ysindirilgan soy o’zanidagi artezan qudug’i

Mahallada oqshom

Mahallada oqshom

Tog' etagida

Tog’ etagida

 Qishloqni sug'oruvchi kanal

Qishloqni sug’oruvchi kanal

Eski molxona, bir vaqtlar bunda chorva-mo'l bo'lgan.

Eski molxona, bir vaqtlar bunda chorva-mo’l bo’lgan.

Ba'zilar turar joylarini zamonaviylashtirib olgan.

Ba’zilar turar joylarini zamonaviylashtirib olgan.

Bolalar

Bolalar

Qishloq qabristoni

Qishloq qabristoni

Qishloq yigitlari tirikchilikdan qaytmoqda.

Qishloq yigitlari tirikchilikdan qaytmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

February 2016
M T W T F S S
« Oct   Mar »
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29