Qadim O’shning serjilo maskani – Talabalar shaharchasi

Posted April 28th, 2016 at 3:53 pm (UTC-5)
Leave a comment

DSC04762Talabalar shaharchasi O’shning (Qirg’iziston) eng so’lim va bahavo chekka mavzesida joylashgan. Bir tarafda yam-yashil qir-adirlar, dalalar, bir tarafda jo’shqin Oqbura daryosi. Sokin muhit, toza havo…

Bu go’shada to’rt oliygoh hamda uch o’rta-maxsus o’quv yurti faoliyat ko’rsatmoqda. Aytishlaricha, jami o’ttiz mingga yaqin talaba, bir necha ming ustoz uchun tuzilgan shart-sharoitga mintaqaning katta-katta poytaxt shaharlari havas qilsa arziydi. Bu yerda zamonaviy o’quv korpuslari, kutubxonalar, yotoqxonalar, sport va dam olish, sog’lomlashtirish markazlari va katta masjid bor.

Deyarli barchasi mustaqillik yillari barpo etilgan.

Marhamat, yigit-qizlar. O’qing, o’rganing, olg’a intiling, deging keladi bu sharoitlarni ko’rib.

Mahalliy oliygohlar xalqaro aloqalarni taraqqiy ettirmoqda. Mutolaa zallarida Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Turkiya kabi mamlakatlardan kelgan yoshlarni uchratish mumkin. O’sh davlat universitetining Xalqaro Tibbiyot kulliyoti, Turkiya Diyonat vaqfi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Ilohiyot fakulteti, O’sh Texnologiya universitetining axborot texnologiyalari va qurilish bo’limlari eng nufuzli bilim dargohlari sarasiga kiradi.

Mutaxassislarga ko’ra, mahalliy o’quv yurtlarining salohiyati, obro’-e’tiborining o’sib borishi  hududda ilm-fan taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shadi.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

DSC04662 DSC04751DSC04755DSC04756DSC04760DSC04762DSC04766DSC04767DSC04768DSC04770DSC04771DSC04775DSC04779DSC04791DSC04796DSC04800DSC04803DSC04804DSC04808

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

April 2016
M T W T F S S
« Mar   Jun »
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930