Afg’on-Turk maktabi muhtojlarga yordam ulashdi

Posted July 2nd, 2016 at 2:42 pm (UTC-4)
1 comment

IMG_0224Afg’onistonda Turkiya bilan hamkorlikda ish yurituvchi maktab Ramazon ehsoni sifatida Shibirg’on shahrida 550 oilaga ko’mak yetkazdi.

Har bir oilaga 10 kg un, 10 kg guruch, 3 litr yog’, 3 kg shakar, yarim kg choy tarqatilgan. Ularning qiymati 30 dollarni tashkil etadi.

Shibirg’on Afg’on-Turk maktabi muovini Sayid Horunning aytishicha, yordamga muhtoj kishilar ro’yxati o’quvchilar, bitiruvchilar, o’quvchilar oilalari va maktabning ustozlari tomonidan tuzilgan, kambag’al odamlar shaharning har go’shasidan bor.

Unga ko’ra, yordamlardan ko’zlangan maqsad tujjorlar va badavlat odamlarni xayrli ishlarga jalb qilishdan iboratdir.

“Biz har kuni 100 oilaga pishirilgan oziq-ovqat ham yetkazib berayapmiz. Har kuni 1500 odam taom bilan ta’minlanyapti”,- deydi Shibirg’on Afg’on-Turk maktabi rasmiysi.

Odamlar yordamdan mamnun. Tadbirkorlar, qurbi yetadigan odamlar kambag’allarni qo’llab-quvvatlasin, deydi ular.

Afg’on-Turk maktablari joriy yilda 6000 odamga oziq-ovqat ulashgan.

Quyida ushbu yordam aksiyasi davomida olingan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Matn va suratlar muallifi Abdulbasir Ilg’or

IMG_0204IMG_0208IMG_0215IMG_0220IMG_0223IMG_0224IMG_0226IMG_0227IMG_0232IMG_0233IMG_0237IMG_0243IMG_0247IMG_0249IMG_0253IMG_0254IMG_0256IMG_0269IMG_0280IMG_0282

One response to “Afg’on-Turk maktabi muhtojlarga yordam ulashdi”

  1. Ravshan says:

    Maktab zamonaviy ekan, dars jarayoni, o’quvchilarning mashg’uloti vaqti suratlarini ko’rsak…
    Shunchali yamon yopinib yuradimi atda xotin-qiz o’zbeklarimiz? Chatoq’ku a?!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

July 2016
M T W T F S S
« Jun   Dec »
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031