Hunar borki, asrlarni qaritgan…

Posted April 13th, 2015 at 9:32 am (UTC-4)
Leave a comment

Zamona zayli bilan yo’qolib borayotgan kasblar oz emas. Aytaylik, ko’nchi, xat tashuvchi, tegirmonchi, soatsoz, aravasoz…

Lekin hunarlar borki, ilm-texnika taraqqiyoti davrida ham – bitmas, o’lmas, tuganmas. Otalar san’atini yangi avlod davom ettirmoqda.

…O’shda (Janubiy Qirg’iziston) tandirchilar ustaxonalari shahar o’rtasida qad ko’targan  Taxti Sulaymon tog’i atrofida joylashgan. Ushbu hunar tarixi uzundan-uzoq. Olimlar tomonidan bu joylarda  olib borilgan qazilmalar paytida XII asrga oid kulolchilik namunalari topilgan…

Mutaxassislarga ko’ra, O’sh tandirlariga talab yildan yilga oshib bormoqda. Buyurtmalar sayyoramizning turli qit’alarida faoliyat ko’rsatayotgan vatandoshlar – tadbirkorlar, oshpaz, nonvoy, somsapazlardan ham kelib turadi.

17 yoshli Olloberdi – beshikchilar sulolasining vakili. O’sh shahar markaziy bozorida alohida beshik rastasi mavjud. Olloberdi esa o’zi istiqomat qilayotgan ko’chada do’kon ochdi – mahalla bolajon, kun sayin chaqaloq dunyoga keladi. Baxtli xonadonlar buyurtmalarining keti uzilmaydi.

Tol yog’ochidan yasalgan beshiklar uncha qimmat emas – 1200-2000 qirg’iz so’mi (20-30 AQSh dollari atrofida). Did bilan bezatilgan, jihozlangan beshiklar narxi esa uch yarim ming so’mdan olti minggacha.

Pichoqchi Bahromjon Ashurov tayyorlagan buyumlar ham xaridorgir. “Men, asosan, Rossiyadan keltirilgan yaxshi toblangan metall bilan ishlayman”, – deydi u. 15 yoshli Hamidillo ota kasbini qunt bilan o’rganmoqda.

Aravonlik do’ppido’zlar  mahsuloti  bozorda ham, turli ko’rgazmalarda ham old o’rinlarda turar ekan. “Hozirgi yoshlar milliy bosh kiyimlarini kamroq kiyishadi, ammo o’rta va katta avlod orasida mijozlar k’op”, – deydi chevar opalar.

Temirchi, sandiqchi, kashtachi, shirdoqdo’z, qalpoqdo’z… – qo’lingiz dard ko’rmasin, umri boqiy hunarlar sohiblari.  Asl go’zallik, boqiylik sizning qo’lingizda, desam, mubolag’a bo’lmas, balki…

Matn va suratlar muallifi Muhiddin ZARIF

“Tandir mavsumi” odatda bahor o’rtasida, iliq kunlar kirishi bilan boshlanadi, O’sh, 2014-yil.

“Tandir mavsumi” odatda bahor o’rtasida, iliq kunlar kirishi bilan boshlanadi, O’sh, 2014-yil.

Read the rest of this entry »

Tojikistonda Navro’z tantanalari

Posted March 25th, 2015 at 11:36 pm (UTC-4)
Leave a comment

Markaziy Osiyoning eng qashshoq mamlakati deb ko’riladigan Tojikistonda Navro’z tantanalari to’rt kun davom etdi.

Prezident Emomali Rahmon qarori bilan bu yil bayram mamlakat shimolida – Sug’d viloyatida o’tkazildi.

Tadbirlarda qo’shni mamlakatlardan mehmonlar, shuningdek, Afg’oniston va Erondan alohida taklif etilgan delegatsiyalar ishtirok etdi.

Tojikiston, Afg’oniston va Eron o’rtasidagi kelishuvga muvofiq, Navro’z har yili galma-gal bu mamlakatlarning birida o’tkaziladi, bu yil unga Tojikiston mezbonlik qildi.

Mamlakat prezidenti Sug’d viloyatining Jabbor Rasulov va Bobojon G’afurov nohiyalarida bo’lib, yangi turar-joy, madaniy binolar, ishlab chiqarish korxonalari ochilish marosimlarida qatnashdi.

Eng katta tadbir Xo’jand shahridagi “Istiqlol” sport majmuasida bo’lib, teatrlashtirilgan ko’rinishlarga butun jumhuriyatdan yetti mingdan ortiq odam jalb etilgan. 25 ming odamga mo’ljallangan stadionga tamoshabinlar sig’madi.

Navro’z tadbirlarining so’nggi kunida prezident  B.G’ofurov nohiyasidagi “Arbob” qasri yaqinidagi yangi qurilgan amfiteatr ochilish marosimini boshqardi. Qariyib 4 gektarlik maydonni egallagan amfiteatr 7 ming o’rindiqga ega.

Xuddi shu kuni O’zbekiston va Qirg’iziston polvonlari ishtirokida amfiteatrda o’tkazilgan kurashda taniqli tojik polvoni Komronshoh Ustopiriyon g’alabaga erishib, prezident qo’lidan “Hyundai”  yengil avtomashinasi kalitini oldi.

Quyida shu bayram kunlaridan olingan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Suratlar va matn muallifi Ravshan SHAMS

1.Read the rest of this entry »

Bahor taom tortmoqda – quvvatli, totli va shifobaxsh

Posted March 16th, 2015 at 9:48 am (UTC-4)
Leave a comment

O’shlik qariya Yo’ldoshboy ota erta bahordan tevarak-atrofdagi qir-adirlarni kezishni odat qilgan. U qor ortidan unib chiqqan mitti gullar, barg otayotgan o’simliklarni teradi.

“Ko’klamga yetkazganiga shukr, ko’zingizga surtib, iste’mol qiling – udum shunaqa, – deydi u ko’k o’t dastalarini mahalladagilarga ulashar ekan. – Qishdan horib chiqqan tanangiz uchun ismaloq, jag’-jag’, yalpizdan bo’lgan yemak ming kimyoviy darmondoridan afzal”.

Mahallalarda sumalak  qaynaydi. Xotin-xalaj, qizu-yigit, yoshu-qari jam, shodu-xurram.

Uy bekalari ko’klam yemaklaridan dasturxon qilib, yaqinlari, qarindoshlarnikiga yo’l oladi. Odamlar bir-biriga ilinadi: “Yangilikdan totib ko’ring”. Udum shunaqa.

Shu kunlarda Janubiy Qirg’iziston bozor-guzarlari, oshxona-choyxonalarida ham bahoriy taomlar mavsumi. Ko’k somsaning turlari o’zi bir nechta. Xohlasangiz, ko’k chuchvara buyuring, ko’k qatlama, ko’k quymoq… Quvvatli, totli, shifobaxsh va arzon.

Mahalliy shifokorlar tabiat ne’matlaridan imkon qadar foydalanib qolishni maslahat berishadi. Buning uchun qirlarga chiqish shart emas – rastalar turfa xil ko’katlarga to’lib-toshgan. Dala ko’katlari, adir ko’kati, issiqxonaniki…

“Ko’k o’tlarni, mijozga qarab, qaynatilgan yoki chala qovurilgan va qovurilgan holda iste’mol qilish lozim, amaliyotni uch-to’rt hafta davom ettirsangiz, natijani albatta sezasiz”, – deydi oliy toifali doktor Rafiqjon Tojiboyev.

… Ko’m-ko’k, yam-yashil. Bahor nafasi dillarni yayratadi.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin ZARIF

Sumalak masallig’ini tayyorlash jarayoni. Aravon tumani

Sumalak masallig’ini tayyorlash jarayoni. Aravon tumani

Dasturxon ko’rki  - jo’xori yormasi. Ham chanqoq bosadi, ham to’yimli. O’sh, mart, 2014

Dasturxon ko’rki – jo’xori yormasi. Ham chanqoq bosadi, ham to’yimli. O’sh, mart, 2014

Read the rest of this entry »

Tojikistonda Majlisi Oliy quyi palatasi va mahalliy majlislarga saylov tayyorgarligi qizg’in

Posted February 26th, 2015 at 10:43 pm (UTC-4)
Leave a comment

1-mart Tojikistonda Oliy Majlis quyi palatasi – Majlisi Namoyandagon va mahalliy majlislarga saylov qanday o’tishi haqida mamlakatda ko’pchilik bosh ham qotirib o’tirmaydi.

Hukumat vakillari jahon hamjamiyatini  mamlakatda saylovlar demokratik va shaffof o’tkazilishiga ishontirib keladi.

Tojikistonning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Rustam Soliyev Bryusselda Yevroparlament Vitse-prezidenti Richard Charneski bilan uchrashganda saylovning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o’tishiga ishonch bildirgan.

Bu yilgi parlament saylovida mamlakatdagi sakkiz partiya vakillari ishtirok etayotgan bo’lsa-da, nomzodlarning 60 foizdan ortig’ini hukmron Xalq demokratik partiyasi vakillari tashkil etadi.

Oliy Majlis quyi palatasi uchun bir deputatlik o’rniga ba’zi joylarda yetti-sakkiz kishi, mahalliy majlislarga esa o’n bir kishigacha da’vogarlik qilayotgan havzalar bor.

Mustaqil kuzatuvchilarga ko’ra, parlamentda besh-o’n vakillikka umid qilayotgan Islom uyg’onish va Sotsial-demokratik partiya vakillarining imkoniyati juda oz.

“Tojikistonda faqat mana shu ikki partiyagina hukumatga muxolif kuch sifatida ko’riladi, qolganlari shunchaki nomiga xolos”,- deydi mustaqil jurnalist Jo’ra Yusufiy.

Mamlakatda saylov oldidan har bir saylovchi o’zi uchun o’zi ovoz berishi shart va zarurligi haqidagi targ’ibot oldingi yillardagidan kuchli, har saylov uchastkalarida ogohlantirish varaqalarini ko’rish mumkin.

Tojikiston poytaxti va viloyat markazlarida saylovchilar o’rtasida o’tkazilgan mustaqil so’rov natijalari shuni ko’rsatganki, saylovchilarning qariyb 68 foizi saylov natijalariga qiziqish bildirmagan, biron bir o’zgarishga umid yo’q, hammasi ilgarigidek qoladi, deb fikr bildirgan bo’lsa, 5 foizga yaqini marakada umuman ishtirok etmasligini bildirgan. Respondentlarning aksariyati bir yoki bir necha kishi o’rnida muntazam ovoz berib kelayotganini tan olgan.

Saylovchi Mavluda Qosimova aytadiki, oilasida o’zi, ikki o’g’li va kelini – besh kishi uchun har doim saylov uchastkasiga to’ng’ich og’li borib kelgan, bu yil ham shunday bo’ladi.

“Men uchun bu saylovlarning qizig’i yo’q, kimni saylaymiz farqi bo’lmasa, hammasi ko’zbo’yamachilikdan boshqa narsa emas, unga vaqtni ketgazgunimcha, sigirimni sog’ib olaman”, – deydi Mavluda.

Sotsialistik partiya namoyandasi Farrux Boqiyev, “Bu yilgi saylov oldingilaridan tubdan farq qiladi, elektorat juda faollashgan, xalqaro kuzatuvchilar ham buni tan olishmoqda”, – deb aytadi. Uning fikricha, joriy yil saylovi mamlakatda tinch va osoyishta, yuksak uyushqoqlik bilan o’tadi, shunisi muhim.

Tojikiston Islom uyg’onish partiyasi faoli Mirzoqul Hojimatov o’z partiyasi nomzodlariga ko’rsatilayotgan tazyiqlar borasida so’zlab, “Bazi nomzodlarimiz dardi ichida, ularning tadbirkorligi xatar ostida qolgani uchun nomlarini ro’yxatdan o’zlari olishga majbur bo’lishdi, hatto ismlarini ochiq aytishdan qo’rqishadi”, deydi.

Mahalliy majlislarga saylovlar bo’yicha Sug’d viloyat  saylov komissiyasi raisi Muhammadjon Ismatdinov “qayd etilgan nomzodlardan deyarli shikoyat yo’q, hammasi qonuniy bo’lmoqda”, desa, Sotsial demokratik partiya vakillari joylarda bo’layotgan tazyiqlarga misollar keltiradi, nomzodlari noqonuniy ro’yxatdan chiqarib yuborilganini pesh qiladi.

“Vaqti bo’ldiki, biz hatto sudlanib, hozir qidiruvda bo’lmagan nomzodlarni ham ro’yxatdan o’tkazdik, marhamat, tekhirishlaring mumkin, demokratiya, shaffoflik, qonun ustuvorligi shu darajada bo’ladi-da, yana nima kerak?” – deydi saylov va referendumlar bo’yicha Markaziy komissiya vakili Saidboy Zokirov.

Rossiyaning Sverdlovsk viloyati markazi Yekaterinburgda ishlayotgan saylovchi Mirabbos Xoshokov aytadiki, bu viloyatda ikki yuz mingdan ortiq tojikistonlik bor, ularning aksariyati ovoz berish huquqiga ega, ammo hammasi ham saylovda ishtirok eta olmaydi. Uning fikricha, mehnat muhojirlari orasidan ham parlamentga vakil saylash vaqti yetgan, hukumat bu haqda o’ylab ko’rishi zarur.

“Biz Rossiyada o’gaydek yashaymiz, parlamentda vakilimiz bo’lsa, vatandoshlarimiz hozirgidek xo’lanib qolmasdi”, – deb umid qiladi Mirabbos.

Tojikistnondagi saylovlar bo’yicha OBSE kuzatuv missiyasi namoyandalari joylarda tashkil etilayotgan ishlardan boxabarliklarini, hukumat ular uchun barcha sharoitlarni yaratib berishganini ta’kidlar ekanlar, “Biz xulosalarimizni keyinroq bildiramiz, saylovga daxolatimiz yo’q, faqat tavsiyalarimiz bo’ladi”, – deyishadi.

Suratlar va matn muallifi Ravshan SHAMS

1. Majlisi Oliy quyi palatasi -Majlisi Namoyandagon va mahalliy majlislarga saylov uchastkasi

1. Majlisi Oliy quyi palatasi -Majlisi Namoyandagon va mahalliy majlislarga saylov uchastkasi

Read the rest of this entry »

Qirg’izistonda xalq amaliy san’ati zamon bilan hamnafas

Posted February 12th, 2015 at 10:17 pm (UTC-4)
Leave a comment

O’sh shahrining Dala hovlilari mavzesida yashovchi Qunduz Talkanchiyeva esini tanibdiki, kigizdan milliy liboslar va uy jihozlari tayyorlash bilan mashg’ul. Uning qo’lidan chiqqan oq qalpoq, kundalik va bayram kamzil-choponlari, gilamdan pishiq shirdoqlarning bozori chaqqon.

“Qulay, tabiiy, xalqona buyumlarga, ayniqsa, keyingi yillarda talab kuchaymoqda,- deydi chevar opa.- Masalan, milliy oq qalpoq eng yaxshi sovg’alardan sanaladi, ushbu bosh kiyim hozir keng rasm bo’ldi”.

Qirg’iz ayollari azaldan q’oy hamda echki junidan kiyim-kechak, kundalik turmushda kerakli turli-tuman anjomu-jihozlar yasab keladi.  Yengil, qishda issiq, yozda salqinlikni saqlaydigan o’tovlar ham aynan tabiiy mato bo’lmish kigizdan tayyorlanadi.

“Biz faqat sof qo’y hamda echki juni aralashmasini ishlatamiz, gulu-naqshlar bitish uchun turli o’simliklardan tayyorlangan bo’yoqlar qo’llaymiz”, – deydi Qunduz opaning umr yo’ldoshi Taalaybek aka. Ushbu hunarni u ayolidan o’rgangan va hozir mohir ustalardan sanaladi.

Kigiz buyumlar tikilmaydi, to’qilmaydi. Kigiz – bu issiq suv yordamida “pishirilgan” va bosma taxta bilan obdon bosilib tekislangan jun mato. Gullari ham aynan shu usul bilan tushiriladi.

Aytishlaricha, qizlarga sep qatori berilgan shirdoqlar (xonaga to’shaladigan yoda uy devoriga osiladigan buyum) avloddan avlodga o’tib, asrni qaritar ekan.

Bozorda ham qo’l mehnati va asl mato mahsuli yuqori baholanadi. Masalan, Taalaybek aka so’zlariga ko’ra, sof jundan tayyorlangan shirdoqlar uchun sotuvchilar 6-7 ming qirg’iz so’midan to 18-20 ming so’mgacha (100-300 AQSh dollariga teng) so’rashadi. Qalpoq etti yuz somdan yuqori.

“Afsuski, hozir rastalarni, asosan, Xitoydan keltirilgan sun’iy matodan tayyorlangan qalpoq, chopon va boshqa milliy liboslar bosib ketdi. Kompyuter degan narsa xohlagan naqshni birpasta tushirib berar ekan”, – deydi Kunduz Talkanchiyeva.

Aytishlaricha, biz tashrif buyurgan mahallada har uch-tort xonadonning biri liboschilik bilan shug’ullanib, aksariyati sun’iy tolali arzon xitoy matolaridan foydalanar ekan. Cho’ntakbop, ya’ni bozorbop (aslidan 8-10 barobar arzon) bu mollarning xaridori ko’p, deyishadi.

Qirg’iziston hunarmandlari hayoti aks etgan suratlar quyida.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin ZARIF

Qirg’izistonda har bahor milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni o’tkaziladi, O’sh shahri, mart 2014.

Qirg’izistonda har bahor milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni o’tkaziladi, O’sh shahri, mart 2014.

Read the rest of this entry »

Xo’jand: “eskisini buzib, yangisini qurishmoqchi”

Posted January 29th, 2015 at 12:26 am (UTC-4)
Leave a comment

Keyingi yillarda Tojikiston shahar va nohiya markazlarida bir qancha qurilishlar olib borilmoqdaki, buni mamlakatga tashrif buyurgan mehmonlar ham qayd etishmoqda.

2015-yilda Navro’z tantanalari Tojikistonning So’g’d viloyati markazi bo’lmish Xo’jand shahrida xalqaro miqyosda nishonlanishi rejalangan.

Tojikiston, Afg’oniston va Eron davlatlari rahbariyati kelishuviga muvofiq, Navro’z tantanalari har yili navbatma-navbat bu mamlakatlarning birida o’tadi. Mezbonlik bu yil Xo’jand shahriga nasib etgan.

Shaharning Kamol Xo’jandiy nomli madaniyat va istirohat bog’i bayram munosabati bilan qayta qurilmoqda. Sho’rolar davrida o’rnatilgan barcha yodgorlik va attraksionlar, hatto keksa chinorlar ham olib tashlangan. Yangi attraksionlar Turkiyadan keltiriladi, qurilishga Eron arxitektorlari jalb etilgan.

Xo’jand ahliga bolaligini eslatuvchi haykallar buzib tashlangan, asriy chinorlar qo’porilgan. Me’morlar deydiki, “eskisini buzmay, yangisini qurib bo’lmaydi”.

Hozir viloyat markazidagi madaniyat va istirohat bo’g’iga kiraverishda milliy o’ymakorlik san’atini eslatuvchi ulug’vor temir beton ustunlardan ko’tarilgan darvoza – arka qurilmoqda. Mahalliy kandakorlarning aytishicha, past bo’lsa ham ustunlar yog’ochdan o’rnatilsa, tabiiy va go’zal chiqardi, ammo hukumat yuksak bo’lsin deb buyruq bergan.

Navro’zning Xo’jandda nishonlanishi oldidan, shahar markazidagi shohko’chalar chetiga, yo’laklar yonlab Gollandiyadan maxsus keltirilgan lola piyozlari ekilmoqda.

Lenin haykali o’rniga o’rnatilgan Ismoil Somoniyning 20 metrdan balandroq haykali atrofidagi favvoralar qayta nazardan o’tkazilib, kechalari rang-rang tovlanishi kafolatlanmoqda.

Shahar arxitektura bosh boshqarmasi, viloyat madaniyat boshqarmasi va tegishli idoralar hamkorligida Xo’jandning Navro’z kunlarigacha tegishli tarzda obod bo’lishi uchun maxsus loyiha ishlab chiqqan. Unga ko’ra, ommaviy tadbirlar o’tadigan maydonlarda xavfsizlik ta’minlanadi, noxush ko’rinishlar mehmonlar nazariga tushmasligi kerak.

Xo’jand Markaziy Osiyoning Sirdaryo sohilida joylashgan yirik shahri bo’lib, qadimda uni “Tirozi jahon” (o’zbekchada “Dunyo kamalagi”) deb nomlashgan.

Arboblarga ko’ra, shahar xalqaro bayram kunlari ana shu nomni oqlashi zarur.  Ko’chalarda shomgacha ish qaynaydi, texnika va ishchi kuchi sahardan kechgacha tinim bilmaydi.

Xo’jand Farg’ona vodiysining eng g’arbiy qismi hisoblanib, qor va yomg’irli bulutlar shaharni chetlab o’tadi, faqat qattiq sovuq tushgandagina ko’chalar qorga burkanadi.

Mahalliy ma’murlarga ko’ra, mamlakatda Oliy Majlis va mahalliy xalq deputatlariga o’tkaziladigan saylovlarga tayyorgarlik yangi qurilishlarning borishiga ta’sir o’tkazmaydi, jarayon nazorat ostida.

Ko’chalarda hozir uchrayotgan gadoylar, piyodalarga xalaqit beruvchi yo’l chetidagi noqonuniy savdo nuqtalari yo’qotiladi, eski binolar bezakli material bilan to’sib qo’yiladi.

Hukumat zarur mablag’ ajratgan, buning aksar qismi tadbirkorlar va savdogarlardan “ixtiyoriy- -majburiy” tarzda undirilishi aniq, deydi xo’jandliklar.

Marhamat, Xo’janddagi bugungi manzara bilan tanishing:

Xo'janddagi Asiriy nomidagi So'g'd viloyat kutubxonasi

Xo’janddagi Asiriy nomidagi So’g’d viloyat kutubxonasi

Read the rest of this entry »

Samarqand ko’chalari

Posted January 20th, 2015 at 10:23 pm (UTC-4)
Leave a comment

Ko’hna Samarqandning zamonaviy ko’chalari. Suratlar muallifi David Iza.

Amir Temur ko'chasi

Amir Temur ko’chasi

Bo'stonsaroy ko'chasi

Bo’stonsaroy ko’chasi

Read the rest of this entry »

Qirg’izistondagi o’zbek teatri 95 yoshda

Posted December 4th, 2014 at 11:43 am (UTC-4)
Leave a comment

Kuni kecha Qirg’izistonda Bobur nomli O’sh davlat o’zbek akademik drama teatrining 95 yilligi nishonlandi. Salkam bir asr davomida ushbu san’at dargohi sahnasida jahon klassikasi hamda qirg’iz va o’zbek adabiyoti asosida 600 asar qoyilgan.

Deyarli yuz yil muqaddam Qirg’izistonning birinchi teatri oldida ommani ma’rifat-madaniyatga chorlash vazifasi turgan edi. Asr o’tib, hamon o’sha vazifa…

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

DSC02517

Yosh artistlar sahnaga chiqish oldidan, noyabr, 2014-yil.

Read the rest of this entry »

Xo’jand: O’zbek, qirg’iz va tojik ijodkorlari bir davrada

Posted November 27th, 2014 at 5:07 pm (UTC-4)
Leave a comment

Qirg’izistonda ijod qiladigan o’zbek shoiri Nabijon Mamajonov (chapdan) Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot bilan taqdirladi. Suratda u qirg’izistonlik ziyoli bilan.

Agar jips bo’lsak, do’stligimizga hech narsa raxna solmaydi. Tojikistonda o’zbek, qirg’iz va tojik ziyolilarining adabiy gurunglari muntazam ravishda o’tib turadigan tadbirlar.

Tojikistonning Qirg’iziston bilan chegaradosh hududlarida shu yil bir necha to’qnashuvlar kuzatilgani aholini xavotirga solib qo’ydi.

Respublikada tashkil etilgan o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi mahalliy yozuvchi va shoirlar, hunarmandlar, sportchilar va talabalar ishitirokida ijodiy kechalar, ko’rgazma va musobaqalar tashkil etib turadi. Toki ikki xalq o’rtasida sovuqlik yuzaga kelmasin, asrlar osha mustahkam hamjihatlik buzilmasin.

Sug’d o’zbeklari markazi qo’shni Qirg’izistonda ijod qiladigan o’zbek shoiri Nabijon Mamajonovni Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot bilan taqdirladi.

Shu munosabat bilan Xo’jand shahrida tojik, qirg’iz va o’zbek ziyolilari bir davraga yig’ildi.

“Biz millatlar o’rtasida har qanday ixtiloflar paydo bo’lishining oldini olishimiz zarur. Mintaqamiz ana shunday potensial xafv ro’parasida turganligi hech kimga sir emas.Uch davlat chegarasi kesishgan Farg’ona vodiysida yashaymiz. Bu nuqta muammolar eng ko’p yig’ilgan hudud hisoblanadi. Shu yil tojigu-qirg’iz chegaralarida bo’lib o’tgan voqealar eng kichik bir ixtilof katta mojoralarga o’sib etishi muknligini tasdiqlab turibdi. Chegaradosh nohiyalar ijodkor va hunarmandlarini birlashtiirish, yagona ijodiy muhit va bozorni saqlash birligimiz negizi hisoblanadi. Shuning uchun ham mavjud sharoitda biz mintaqadagi birlashtiruvchilik tadbirlarini tashkil etishimiz juda muhim”, – deydi o’zbeklar markazi raisi Ilhom Yusupov.

Taqdimot marosimi mumtoz shoir Kamol Xojandiy nomidagi xizmat ko’rsatish markazida o’tdi. Sirdaryo, Toshkent, Botkent, O’sh va Sug’d viloyatlaridan mehmonlar keldi.

“Sho’rolar davridan oldin ham, keyin ham o’rtada chegaralar bo’lmagan yoki ramziy sanalgan zamonlarda ijod ahlining xonashin g’azalxon kechalari, choyxona gurunglari Qo’qon, Marg’ilon, O’sh, Toshkent, Xorazm, Samarqandu-Buxoroda tez-tez o’tkazilib turgan. Mustaqillikdan so’ng bunday tadbirlar deyarli yo’qolib ketdi, elga biror bir nafi bo’lmagan rasmiy uchrashuvlar, vistavkalar kimga kerak? Xalq hozir birlashtiruvchi kuchga muhtoj. Ijod ahli esa aynan ana shu kuch hisoblanadi. Xo’jandda o’zbeklar markazi bu ana’nani davom ettirarkan, xalq orasidagi tarqoqlikni, sun’iy chegaralarni bartaraf etishga, yagonalikni saqlashga intiladi”,- deydi Sug’dlik shoir Jamshed.

Sirdaryo bo’yida joylashgan Xo’jandda o’tkazilayotgan tadbirlar va adiblarga berilayotgan mukofotlar, o’zbekistonlik ijodkorlarning ta’kidlashlaricha, qo’shnilarni bir-biriga yaqinlashtiradi va do’stlikni mustahkamlaydi.

“Rasmiylarning be’mani harakatlari bilan ijod ahli o’rtasida uzilish bo’lmoqda, bir-birimizdan bexabar qolmoqdamiz. Kezi kelsa hatto chegaradan o’tib,  birodarlarimiz bilan tushgan rasmlarimiz o’zimizni ayblashlariga asos bo’lib qolmoqda. Bizni ayirmoqdalar, ahvol jiddiy ekanligini tepadagilar nahot tushunmasalar? Xojandliklarning bu tashabbusi bizni juda quvontirdi, lekin afsuski, sizlar bilan umumiy rasmga tusholmaymiz, bizni to’g’ri tushuning, – deydi kuyinib gapiradi o’zbekistonlik bir ijodkor. Ism-sharifi sir tutilishini so’raydi.

Qirg’izistonlik mehmonlar fikricha, mintaqada tarqoqlik va siyosiy ixtiloflardan foydalanuvchu kuchlar yoq emas. Aslida xalqlar o’rtasida na yer, na suv va na bozor muammolari bor, deydi ular.

Qirg’izistonning Botkent viloyati Laylak nohiyasidagi “Ota jurt” gazetasi Bosh muharriri Abdulaat Doovurov hamyurt o’zbek shoirini Tojikistondagi adabiy mukofot laureati bo’lganligi bilan qutlar ekan, shunday deydi:

“Sirdaryo  va Amudaryo suvi va sohillari qadim Turkiston yerlarinigina emas, dillarimizni sug’oradi, yuragimizdan oqib o’tadi. Xudoning o’zi bizni mushtarak yaratgan, hech qanday kuch bizning birligimizga raxna sololmaydi”.

Chegaradosh uch respublika ijodkorlarining Xojanddagi norasmiy tantana marosimi, choyxona gurungi va askiyabozligida ishtirok etgan mahalliy rasmiylardan biri deydiki, bugungi kunda nodavlat tashkilotlar muhim tadbirlarni amalga oshirib, hukumat qilolmagan ishlarni uddalamoqda.

Konibodomda AQSh va BMT moliyaviy ko’magida mahalliy aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash harakati ketmoqda, deydi u. Bu borada jamoat tashkilotlarining xizmati katta ekani qayd etiladi.

Jamoatchilik nazarida, Tojikiston, Qirg’iziston va O’zbekiston orasidagi tumanlarda hamjihatlikni targ’ib qiluvchi tashabbuslarni ko’paytirish kerak. Hukumatlar ularni quvvatlashi va imkoniyat yaratib berishi zarur.

Davra suhbatlar, mushoira, askiya, ziyofat va sayr – suratlarda tomosha qiling!

13. Laureatgai hamyurtlari Pegas oti byusti- ilhom ramzini topshirishdi

Laureatga hamyurtlari Pegas oti byusti- ilhom ramzini topshirishdi

11. Tadbirning bosh sababchisi,Qirg'izistonning Batkent viloyatidan o'zbek shoiri  Nabijon Mamajonovga Maftun Jo'ra nomidagi adabiy mukofot diplomi topshirilmoqda.

Tadbirning bosh sababchisi,Qirg’izistonning Botkent viloyatidan o’zbek shoiri (boshida do”pi) Nabijon Mamajonovga Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot diplomi topshirilmoqda

30. Xayrlashuv oldidan o'zbek markazida so'nggi suhbat.

Xayrlashuv oldidan o’zbek markazida so’nggi suhbat

Ijodkorlar davrasida vodiy askiyasi ham bo'ldi.

Ijodkorlar davrasida vodiy askiyasi

20. Qirg'izistondagi Aliqul Usmonov nomidagi adabiy mukofot laureati Ataqul Jaqipov o'z ijodidan o'qimoqda

Qirg’izistondagi Aliqul Usmonov nomidagi adabiy mukofot laureati Ataqul Jaqipov o’z ijodidan o’qimoqda

19. Oshdan so'ng anor suvini simirib yangi she'rlarni o'qish ijodkorlar uhun bir surur.

Oshdan so’ng anor suvini simirib yangi she’rlarni o’qish ijodkorlar uchun bir surur

16. Shunday bir bo'laylikki, hamma havas etsin

Shunday bir bo’laylikki, hamma havas etsin

15. O'rtamizga hech qanday kuch raxna sololmaydi deydi Laylak  nohiya gazetasi Bosh muharriri Abdulaat Doovurov

O’rtamizga hech qanday kuch raxna sololmaydi, deydi Laylak nohiya gazetasi Bosh muharriri Abdulaat Doovurov

12. Qirg'iz ijodkori  Murzaali Jo'raev milliy cholg'u asbobi - qo'biz  chalmoqda

Qirg’iz ijodkori Murzaali Jo’rayev milliy cholg’u asbobi – qo’biz chalmoqda

10. Qadim davrlaridek, o'zbek, qirg'iz, tojik ijodkorlari choyxonada abadiy do'stlik, birodarlik haqiga duo qilishdi.

O’zbek, qirg’iz, tojik ijodkorlari choyxonada abadiy do’stlik, birodarlik haqiga duo qilishdi

14. Tojik, o'zbek va qirg'iz ijodkorlari

Tojik, o’zbek va qirg’iz ijodkorlari

12. Qirg'iz ijodkori  Murzaali Jo'raev milliy cholg'u asbobi - qo'biz  chalmoqda

Qirg’iz ijodkori Murzaali Jo’raev milliy cholg’u asbobi – qo’biz chalmoqda

9. Do'stlik choyxonasida shoir Jamshed mehmonlarga qo'lbola palov tayorlamoqda.

Do’stlik choyxonasida shoir Jamshed mehmonlarga qo’lbola palov damladi

5. Bir piyola choy ustidagi dastlabki suhbat.

Bir piyola choy ustida suhbat

4. O'zbeklar markazida mehmonlar avvalo duyoi-fotihaga qo'l ochdilar.

O’zbeklar markazida mehmonlar duyoi-fotihaga qo’l ochdilar

3. Qirg'iz mehmonlar So'gd viloyat o'zbeklar ma'naviyat va ma'rifat markazi idorasiga kirib kelishmoqda.

Qirg’iz mehmonlar So’gd viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi idorasiga kirib kelishmoqda

2. Qi'rg'iziston shoir va yozuvchilari Khujandda.

Qi’rg’iziston shoir va yozuvchilar

1. Qo'shni O'zbekistondan farqli o'laroq, Qirg'iziston fuqorolari Tojikistonga o'z mashinalarida bemalol kirib kelihlari mumkin.

Qo’shni O’zbekistondan farqli o’laroq, Qirg’iziston fuqarolari Tojikistonga o’z mashinalarida bemalol kirib kelishlari mumkin

8.  Sirdaryo sohilidagi klassik shoir Kamol Khujandiy nomidagi xizmat ko'rsatish markazida

Sirdaryo sohilidagi klassik shoir Kamol Xo’jandiy nomidagi xizmat ko’rsatish markazida

6. Mehmonlar shahar aylanishmoqda

Mehmonlar shahar aylanishmoqda

17. Shoirlarga dumba yo'gida tayorlangan choyxona palov ham tayyor.

Shoirlarga dumba yo’gida tayyorlangan choyxona palov ham tayyor

18. Shoir qo'lida tayorlangan palov juda mazali chiqdi

Shoir qo’lida tayyorlangan palov juda mazali

26. Mehmonlar Khujanddagi uchrashuv haqida hujjatli film tayorlashmoqda

Sayr

25. Mehmonlar klassik shoirlar xuyoboniga yo'l olishdi.

Mehmonlar xiyobonda

28.

Mumtoz shoirlarning haykallari oldida

7. Sirdaryo sohilidagi so'lim Khujand shahri manzarasi mehmonlarga juda yoqdi.

Sirdaryo sohilidagi so’lim Xojand shahri

Matbuotga nazar

Ravshan Shams

Xo’jand, Tojikiston

Qirg’izistonda karnay-surnay yana urf bo’lmoqda

Posted November 11th, 2014 at 3:54 pm (UTC-4)
Leave a comment

Yaqin davrlargacha janubiy Qirg’izistonda to’y-tantanalar hofizlar ishtirokisiz o’tmas, qo’shiqchilarga xalq cholg’u ansambllari jo’r bo’lar edi. Dutor, rubob, tanbur, g’ijjak, nay…

Hozir o’zbek to’ylarida mehmonlarni, odatda, karnay-surnay sadolari bilan kutib olishadi. Kelin-kuyovga ham karnay-surnay hamroh, sunnat to’yida ham.

Ixchamlashgan bazmlarda “Tanovor”, “Munojot”, “Dilxiroj”, “Shodiyona” – barini karnay-surnay qoyillatadi. Bunday xizmat to’y egalariga nisbatan arzon tushadi, shov-shuvi esa “to’y to’yday bo’lsin” uchun yetarli.

Zamon talabi bilan hududda karnay-surnay guruhlari ko’paygan. Birgina O’sh shahri va uning atrofida 3-4 yangi guruh paydo bo’ldi, deyishadi.

Ijrochilarning aksariyati o’smir va yoshlardan iborat. Masalan, “Dorboz” ansambli (O’sh) a’zolarining o’rta yoshi  yigirmadan biroz yuqori bo’lib, kenja karnaychi Muhiddin endi o’n yettiga to’ldi. Kenjatoy jismoniy kuch va mahorat talab qiladigan murakkab nomerlarni ijro etishda akalaridan qolishmaydi.

Toshmirzayelar guruhida (Qorasuv tumani) o’n bir yashar Boboyor ham nog’ora chaladi, ham qadimiy yog’och ot o’ynatish san’atini egallamoqda.

“Bahor” (Aravon tumani) guruhi yigitlari ham har gal tomoshabinlar olqishiga sazovor.

“Bu san’at hech bir o’quv yurtida o’rgatilmaydi, odatda avloddan avlodga o’tib keladi, – deydi O’sh o’zbek akademik drama teatrining direktori, Qirg’iziston xalq artisti Baxtiyorjon To’xtamatov. – Janubuy Qirg’izistonda Ravshan dorboz, Ortiqovlar sulolalari ko’pdan beri ma’lum va mashhur. Talab paydo bo’lgach, boshqa xonadonlar ham unutilayozgan ota kasbini jonlantira boshladi”.

85 yoshli Ergash ota Ahmadaliyev yoshligidan teatrda surnay chalgan. Qizi Feruzaxon Toshkent teatr-rassomchilik oliygohini tamomlab,  O’sh maktablarida musiqadan saboq berib kelgan. Endilikda qariya surnay sirlarini nabirasi Sarvarga o’rgatmoqda. Men oqsoqolni yo’qlab borgan kun Sarvar to’yda xizmatda ekan.

To’yu-tantanalar bo’laversin, karnay-surnay sadolari uzilmasin!

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

DSC02501

To’rtkarnay (O’sh, noyabr, 2014-yil)

Read the rest of this entry »

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

March 2024
M T W T F S S
« Feb    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031