Showing Archived Posts

Afg’on-Turk maktabi muhtojlarga yordam ulashdi

Posted July 2nd, 2016 at 2:42 pm (UTC-4)
1 comment

Afg’onistonda Turkiya bilan hamkorlikda ish yurituvchi maktab Ramazon ehsoni sifatida Shibirg’on shahrida 550 oilaga ko’mak yetkazdi. Har bir oilaga 10 kg un, 10 kg guruch, 3 litr yog’, 3 kg shakar, yarim kg choy tarqatilgan. Ularning qiymati 30 dollarni tashkil etadi. Shibirg’on Afg’on-Turk maktabi muovini Sayid Horunning aytishicha, yordamga muhtoj kishilar ro’yxati o’quvchilar, bitiruvchilar, o’quvchilar oilalari va maktabning ustozlari tomonidan […]

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

March 2024
M T W T F S S
« Feb    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031