A fan of the U.S. dressed in a costume in the colours of their national flag gestures ahead of their women's ice hockey gold medal game against Canada at the Sochi 2014 Winter Olympic Games February 20, 2014.

“Meni AQSh universitetiga o’qishga kirish qiziqtiradi”, deb qoldi Toshkentda yashaydigan bir tanishim.

“Universitetlar dekanlari va professorlari bilan intervyu bo’lsa, jon deb o’qirdim. O’qishga kirishning sirlari qanday? Ular bu haqida nima deya oladi? Application to’ldirishga oid tavsiyalari, o’zbekistonlik talabalar haqdagi fikri ham qiziqtiradi”, dedi yosh yigit.

Bu meni o’ylantirdi. “Amerika Ovozi”da biz AQShga oid turli-tuman mavzularni yoritamiz. Xo’sh, yana qanday mavzularga talab bor? O’zbekistonda, boshqa mamlakatlarda yashayotganlar AQSh haqida nimani bilgisi keladi?

O’tgan dam olish kunlari telefonimni qo’limga olib, Viber va WhatsApp-lar orqali bu savolni bir necha tanishimga berdim.

Aksariyat bildirgan istak: Amerikada ish topish imkoniyatlari haqida ma’lumot bering. U yerga borsa, tilni qanchada o’rganadi? Tilni bilmay turib, ishlasa bo’ladimi? AQShning qaysi shaharlariga borish ma’qul?

Va shu kabi ko’plab savollar.

Bundan tashqari, bir tanishim AQShda yashaydigan o’zbeklar bilan qiziqdi.

Yoshi 45 kirgan bu oliy ma’lumotli odamning menga yozgani:

“AQShda “eski” o’zbeklar bor, deb eshitganman. Ular qachon Amerikaga borib qolgan? Qatag’on yillaridami? Yoki (bolsheviklar) inqilobi sabablimi? Ularning turmush tarzi qanday? Ota-onalaridan O’zbekiston haqida nimalarni eshitishgan? Bugungi O’zbekiston haqida nima biladi? Menimcha, mana shu ko’plarga qiziq bo’lsa kerak. Shuncha yil darbadar bo’lgan bu odamlarning milliy urf-odatlarimizni, tilimizni saqlab qolgani, hatto milliy kiyimimizga e’tibori hayratga soladi”.

Shu blog bahona, men Sizga ham murojaat qilmoqchiman, aziz gapdoshim. Sizni AQSh haqida nimalar qiziqtiradi? Yuqorida aytilgan mavzulardan tashqari yana nima haqida ma’lumot olishni istardingiz? Menga yozib yuboring. Fikringizni shu yerda qoldirishingiz yoki uzbek@voanews.com elektron pochta manziliga sarlavhasida InterGap deb yozib yuborishingiz mumkin.

Oldindan katta rahmat.
Gaplashamiz.