Shu kunlarda Bruklinda mashhur o’zbek rassomi Xurshid Nazirovning ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda.

12-may kuni soat 14:00 da Kings Bay kutubxonasi binosida rassom bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tadi. Kutubxonada rassomning asarlari bilan tanishish va o’zi bilan suhbatlashish mumkin.

Tadbirni Jahudiylar san’at va hunar gildiyasi tashkil etgan. Xurshid Nazirov ushbu gildiyaning birinchi va hozircha yagona o’zbek a’zosi.

Biz bu san’at arbobini Vashington choyxonasiga taklif etgan edik. Videoni mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

Rassom O’zbekistonning rasmiy idoralari, Oliy majlis binosi, Temuriylar tarixi muzeyi, O’zbekistonning xorijdagi elchixonalarida sharqona uslubda devorga freskalar chizadi. Bruklindagi “Lazzat” restorani devorlari ham Xurshid Nazirov mo’yqalamiga mansub rasmlar bilan bezalgan.

Rassom turli davlat mukofotlari laureati, UNESCO tashkilotining xalqaro eksperti hisoblanadi. O’zbekistonda Badiiy akademiya rassomlar uyushmasining Miniatyura bo’limini boshqargan.

Rassom AQShda 2014-yildan buyon yashaydi.

Rassom bilan uchrasvuv shanba kuni soat 16:00 gacha davom etadi. Ko’rgazmadan esa 18-maygacha bahramand bo’lish mumkin.

Kings Bay kutubxonasi manzili 3650 Nostrand Ave, Brooklyn, NY 11229

Doim ochiq “Lazzat” restorani manzili esa 1969 bath Ave, Brooklyn, NY, 11214

Tadbir haqida ma’lumot ingliz va rus tillarida mana bu yerda.