Urush davrida yahudiylarga quchoq ochgan O’zbekiston haqida film

Nyu-Yorkda yangi film taqdimoti O’zbekistonning Ulug’ vatan urushidagi (Ikkinchi jahon urushi) g’alabaga qo’shgan hissasi haqida eshitmagan odam topilmasa kerak. Sovet Ittifoqining boshqa qismlaridan evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalar hamda minglab odamlarni o’zbeklar quchoq ochib kutib olgan. Ayni vaqtda minglab o’zbek yigitlar frontga ketgan, ayrimlari ko’ksi medallarga to’lib qaytgan bo’lsa, boshqalari jang maydonlarida halok bo’lgan yoki […]

Matbuotni eng ko’p ezayotgan davlat rahbarlari kim?

  Tanqidiy savollarni beradigan jurnalistlarni nishonga olishga odatlangan AQSh Prezidenti Donald Tramp o’tgan hafta o’zining matbuotga oid ilk “mukofoti”ni berajagini ma’lum qildi va buning sanasini ham belgiladi: 8-yanvar, Vashington vaqti bilan soat 17:00. Mukofotni “Eng nohaq va korrupsiyalashgan media” deb atagan Tramp uydirma xabarlarni (fake news) tarqatgan ommaviy axborot vositalariga beriladi, dedi. Buni Tramp, odatdagidek, […]

Nyu-Yorkdagi xurujdan keyin o’zbek jamoasi faollashdi

O’tgan juma kuni Bruklinda Nyu-York meri hamda Bruklin prezidenti idoralaridan vakillar o’zbek jamoasi faollari bilan uchrashdi. Bu uchrashuv 31-oktabr kuni Nyu-Yorkda sodir etilgan xurujdan keyin hokimiyat hamda o’zbek jamoasi o’rtasida yo’lga qo’yilayotgan hamkorlikdagi yana bir qadam bo’ldi. 31-oktabr kuni Manxettenning janubiy qismida asli o’zbekistonlik Sayfullo Soipov yuk tashuvchi mashinani piyoda ketayotgan odamlarga, so’ngra maktab avtobusiga […]

Amerikaliklar bolajon xalqmi?

AQShda yetimxonalar, ya’ni mehribonlik uylari yo’q. Yetim qolgan, ota-onasi olamdan o’tgan yok ota-onalik huquqidan mahrum etilgan holda bolalar boqib olinadi. Aslida o’gay bolani boqib olishni istagan odamlar shu qadar ko’pki, amerikaliklar xorijdan, kambag’alroq mamlakatlardan ham bola boqib oladi. Men AQShda Rossiya, Qirg’iziston va O’zbekistondan millati rus bo’lgan bolalarni boqib olgan amerikaliklarni ko’p uchratganman. Ayrim bolalar […]

Demokratiyaning kichik bir misoli

10-sentabr kuni men AQSh senatori bilan uchrashuvga bordim. Kirsten Jillibrand – Nyu-York shtatidan senator, demokrat. Tarafdorlari ko’p. Kelajakda uning AQSh prezidenti bo’lishiga ishonadiganlar ham kam emas. Uchrashuv bo’lib o’tadigan joyga yetib kelib, hayratga tushdim. Odam liq-liq. Hamma binoga kirish uchun navbatda turibdi. Bu qadar qiziqish bo’lishini kutmagandim, axir uchrashuv yakshanba kuni bo’lib o’tyapti. Men bilan […]

Prezidentlar va ijtimoiy tarmoqlar

“Twitter ustasi” 20-yanvar kuni AQSh prezidenti sifatida qasamyod keltirishi kutilayotgan Donald Trampning boshqa prezidentlardan farqi – ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi. Bu uning yagona farqi emas, albatta, biroq bugungi mavzuni aynan shunga bag’ishlamoqchiman. Twitter tarmog’ida Tramp o’z firklarini keskin tarzda bildirishi va ba’zida erta tongda, soat uchda ham imlo xatolarga to’la tvitlar yozishi bilan tanilgan. @realDonaldTrump nomidagi […]