O’lim, qullik, marixuana yohud amerikaliklar nima uchun ovoz bermoqda?

AQSh fuqarolari bugun saylov uchastkalariga bordi. Mamlakat tashqarisida yashaydigan odamlar saylovda bo’lajak prezident aniqlanishini yaxshi biladi. Zotan, bu haqda biz ham muntazam ravishda sizga ma’lumot berib keldik, aziz gapdoshim. Ammo ko’plar birinchi ayol prezident bo’lib saylanishi mumkin Hillari Klinton bilan nyu-yorklik badavlat tadbirkor Donald Tramp orasidan birini tanlashdan tashqari yana qator savollar ovozga qo’yilganini bilmasa […]

Nyu-Yorkda yashayotgan o’zbek geyning dil izhori

U bilan Nyu-Yorkning Manhetten dahasidagi qahvaxonalardan birida uchrashdik. Undan avvaliga bir necha hafta elektron pochta orqali yozishdik, ko’rishish uchun vaqt topishga harakat qildik. Elektron maktublardan birida u menga “agar kelasi hafta uchrasholmasak, undan keyin men ta’tilga ketaman, turmush o’rtog’im bilan”, deb yozdi. Yozishma rus tilida olib borilayotgani sababli ruschada “s suprugom” deb yozdi, erkak kishini […]

Britaniya referendumi, Yevropa integratsiyasi istiqboli va AQShdagi aks-sado

Payshanba kechqurun Yevropa Ittifoqida uyquga ketgan britaniyaliklar yangi mamlakatda uyg’ondi: 23-iyul kungi referendum natijasida Britaniya Yevropadan ajraladigan bo’ldi. Referendumda ovozga qo’yilgan “Yevropa Ittifoqida qolish yoki chiqish tarafdorimisiz?” degan savolga saylovchilarning yarmidan ko’pi chiqish kerak deb javob bergan. Britaniyaliklarning o’zi hayratda. Mamlakat ichida va Yevropaning boshqa davlatlaridagi “Ittifoqchilar” bugunni “fojeali kun” deb atadi. “Qo’rqinchli davr boshlanmoqda”, […]

Floridadagi fojea, o’zbeklar va matbuot

Orlandodagi gey-klubda dahshatli hujumdan ko’p otmay qotilning sobiq rafiqasi o’zbekistonlik ekani ma’lum bo’ldi. Sitora Yusufiy 12-iyun kuni saharda 49 kishini o’ldirgan va 53 nafarini jarohatlagan Umar Matin bilan turmushi haqida jurnalistlarga gapirib berdi. Eri uni kaltaklagani haqida hikoya qilar ekan, ayol Matinning ruhiy kasal bo’lganini taxmin qildi va sobiq turmush o’rtog’ini ko’rmaganiga ko’p yil bo’lganini […]

Amerikadagi o’zbeklar va oilaviy zo’ravonlik

Bugun Nyu-York sudlarining birida bir o’zbekistonlik ishi ko’rildi. Yo’q, ekstremist guruhga a’zolikda gumon qilinayotgan odam ishi emas. Bir qaraganda oddiygina ish – er-xotinning urishgani haqida. Ammo bunday ishlar Nyu-York sudlarida ko’paymoqda. Politsiyaga turmush o’rtog’idan shikoyat qilgan o’zbekistonliklar, xususan, ayollar soni oshib bormoqda. Erning aytishicha, xotini bilan janjal chiqqanida ayol 911 raqamiga qo’ng’iroq qilgan. Zudlik bilan […]

O’zbeklar – xizmatkorlar xalqimi?

Yaqinda Nargiz Zokirovaning “Facebook” ijtimoiy tarmog’idagi sahifasiga ko’zim tushdi. Rossiya shaharlarining birida o’tkazgan konsertidan keyin bir rus ayol xonanda oldiga kelib “sendakalar uyimda xizmatkor bo’lib ishlaydi” degan. “Facebook”da ayolning rasmi ham keltirilgan va gapirayotganida mast ahvolda bo’lgani, o’zbek xonandaga qarata shisha bokal uloqtirgani aytilgan. O’zbeklarning ish deb xorijga, asosan, qo’shni Qozog’iston va Rossiya kabi mamlakatlarga […]

Muxolifatning nima keragi bor?

Kuni-kecha O’zbekistondagi ilk muxolif harakat – “Birlik”ning birinchi yig’ini bo’lib o’tganiga 26 yil to’lgani haqida o’qidm. O’qidim-u bundan bir necha yil avval BMT O’zbekistonda bir seminar o’tkazgani esimga tushdi. O’shanda chet eldan taklif qilingan yuqori malakali mutaxassis O’zbekiston davlat idoralaridagi “piar” (PR), ya’ni jamoatchilik bilan ishlovchi xodimlariga omma va matbuotga muomalani o’rgatayotgan edi. Shunda Tashqi […]