Rossiyaning Telegramga qarshi kurashi: kim ustun?

Ekssentrik shaxs Uning shaxsiy oroli va o’zi ixtiro qilgan kripto-valyutasi bor. U “Matritsa” filmidagi Keanu Rivz qahramonidek qora kiyim kiyib yuradi. Vaqti-vaqti bilan esa internetda o’zining yarim-yalang’och rasmlarini chop etishni ham xush ko’radi va bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga taqlid deydi. U ixtiro qilgan messenjerdan yaqingacha Kreml xodimlari va Eron ruhoniylari foydalangan. Messenjer serverlari qaysi […]

Armaniston inqilob arafasidami?

Butun dunyo bo’ylab chekinayotgan demokratiya bilan tobora kuchayib borayotgan avtoritarizm shu kunlarda Armanistonda, asosan poytaxt Yerevanda to’qnashdi. Minglab odamlar ko’chalarda. Ma’lumotlarga ko’ra, to’qnashuvlarda o’nlab odamlar jarohatlangan, ular orasida aksariyat – namoyishchilar, ammo politsiya zobitlari ham bor. Talash nima ustidan? 2-mart kuni Armanistonda yangi prezident saylandi. Bu lavozimga Armen Sarkisyan loyiq deb topildi. Ammo uni xalq […]

Ozarbayjonda saylov: eski hammom, eski tos

Ozarbayjonda 11-aprel kungi prezident saylovlarida kim yutishi boshidan yaxshi ma’lum edi. Shu qadarki, bu voqea haqida ko’plar gapirib ham o’tirmadi, vaholanki, demokratik mamlakatda odatda prezident saylovi katta ahamiyatga ega, undan oldin saylovchilar fikri o’rganiladi, turli siyosiy guruhlar o’z platformalarini e’lon qilib, saylovchilar bilan uchrashadi, teledebat kabi muzokaralarda bellashadi. Ozarbayjonda hokimiyat 2003-yilda ota Haydar Aliyevdan uning […]

Azimjon Asqarovni ozod eting, deydi xalqaro tashkilot

Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi 2-aprel kuni o’zining “Matbuotni ozod eting” (#FreeThePress) kampaniyasini boshladi. Maqsad – kasbiy faoliyati uchun qamalgan besh nafar jurnalistni ozod eting, deya hukumatlarga murojaat qilish, bong urish. O’z mamlakatidagi vaziyatni qo’rqmasdan tanqid qila olgan va buning uchun panjara ortiga tushgan besh jasur va dovyurak jurnalist orasida qirg’izistonlik Azimjon Asqarov ham bor. […]

O’zbekistondan ikki muhim xabar

So’nggi haftada O’zbekistonning xalqaro sahnadagi imijini ko’taradigan ikki muhim voqea yuz berdi. Birinchisi – “Erk” partiyasi faoli, jurnalist Yusuf Ro’zimurodovning qamoqdan ozod etilgani. Ikkinchisi – jurnalist Bobomurod Abdullayev va bloger Hayotxon Nasriddinov ustidan sud ishida misli ko’rilmagan o’zgarish – sudyaning ularga nisbatan qiynoq qo’llanilganiga doir iddaolarni o’rganish haqida hukm chiqarishi bo’ldi. Ro’zimurodov taqdiri bilan barcha […]

AQSh Alisher Usmonovni “qora ro’yxat”ga kiritmoqchi

29-yanvar kuni AQSh hukumati sanksiyalariga uchragan shaxslarning yangilangan ro’yxatini e’lon qilishi kutilmoqda. Vashingtonda ko’plab siyosatchilar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin rasmiylar hamda shaxslarni ushbu ro’yxatga qo’shishni talab qilib chiqdi. Putinga yaqin deyilgan bunday shaxslar orasida kelib chiqishi o’zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov ham bor. AQSh matbuotining yozishicha, Rossiyaga nisbatan keskin siyosat tarafdori bo’lmish qator senatorlar, shu […]

Matbuotni eng ko’p ezayotgan davlat rahbarlari kim?

  Tanqidiy savollarni beradigan jurnalistlarni nishonga olishga odatlangan AQSh Prezidenti Donald Tramp o’tgan hafta o’zining matbuotga oid ilk “mukofoti”ni berajagini ma’lum qildi va buning sanasini ham belgiladi: 8-yanvar, Vashington vaqti bilan soat 17:00. Mukofotni “Eng nohaq va korrupsiyalashgan media” deb atagan Tramp uydirma xabarlarni (fake news) tarqatgan ommaviy axborot vositalariga beriladi, dedi. Buni Tramp, odatdagidek, […]

2017-yilda jurnalistlarni qamashda “rekord” qo’yildi

  2017-yil jurnalistlar uchun quiyin kechdi. Bu – matbuot erkinligi va jurnalistlar xavfsizligini kuzatib boradigan xalqaro tashkilotlar xulosasi. 13-dekabr kuni Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo’mitasi 2017-yilda dunyo bo’ylab o’z ishini bajarayotgani uchun qamalgan jurnalistlarga bag’ishlangan hisobotini chiqardi. Hujjatga ko’ra, 2017-yilning 1-dekabrida dunyo bo’ylab 262 jurnalist panjara ortida bo’lgan. Bu tarixiy rekord. Yana 58 […]

Alisher Usmonovning “tuhfasi”

15-dekabr kuni Toshkentda mashhur ingliz pop-yulduzi Robbi Uilyams konserti bo’lib o’tdi. Xabarlarga qaraganda, ushbu konsert kelib chiqishi o’zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning vatandoshlarga Yangi yil tuhfasi bo’ldi. Konsertga chiptalar narxi 1,5 million so’mdan 1,8 million so’mgacha. Bu O’zbekistondagi o’rtacha oylik maoshdan ko’proq. Tuhfa deganda bepul narsa nazarda tutilishini, mayli, aytmay qo’ya qolay. Buni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari […]