Nyu-Yorkdagi xurujdan keyin o’zbek jamoasi faollashdi

O’tgan juma kuni Bruklinda Nyu-York meri hamda Bruklin prezidenti idoralaridan vakillar o’zbek jamoasi faollari bilan uchrashdi. Bu uchrashuv 31-oktabr kuni Nyu-Yorkda sodir etilgan xurujdan keyin hokimiyat hamda o’zbek jamoasi o’rtasida yo’lga qo’yilayotgan hamkorlikdagi yana bir qadam bo’ldi. 31-oktabr kuni Manxettenning janubiy qismida asli o’zbekistonlik Sayfullo Soipov yuk tashuvchi mashinani piyoda ketayotgan odamlarga, so’ngra maktab avtobusiga […]

Rossiya Tataristonda tatar tilini chekladi

  Noyabr oxirida yuz bergan bir muhim voqea, afsuski, ko’pgina axborot vositalarining diqqat markaziga kirmadi. Rossiya tarkibidagi eng katta respublikalardan biri Tataristonda tatar tilini o’rganishga oid qonun o’zgartirildi: bundan buyon Tataristondagi maktablarda tatar tilini o’rganish “ixtiyoriy” asosda amalga oshiriladi va haftasiga ikki soatdan oshmaydi. Demak, Rossiyadagi ruslardan keyin soni bo’yicha ikkinchi eng katta etnik guruhning […]

Yevropada Kataloniya degan davlat paydo bo’ladimi?

Tugashiga qariyb bir oy qolgan yildagi muhim siyosiy voqealardan biri – Ispaniya poytaxti Madrid bilan Kataloniya o’rtasidagi janjal bo’ldi. Men bundan 18 yil avval Ispaniyada bo’lganimda, Kataloniya poytaxti Barselonaga ham borgandim. Barselonani aylanayotib, adashib qolganimda, bir keksa odamdan “falon joyga qanday borsam bo’ladi”, deb ispan tilida murojaat qilganman. Shunda u kishi bir nimalar degan-u, lekin […]

Nyu-York xurujidan keyin o’zbeklarga munosabat qanday?

31-oktabr kuni Nyu-Yorkda o’zbekistonlik Sayfullo Soipov amalga oshirgan terror xurujidan keyin o’zbeklarga munosabat yomonlashmoqda, deya yozadi o’zbek muhojirlari ijtimoiy tarmoqlarda. Bruklinda bir erkak o’zi yashaydigan bino devorida “Ozbeklar, uyingga yo’qol” (Go home, Uzbeks) degan yozuv qoldirgan. Bundan keyin politsiya binoga kelib, kameralardagi videoni tekshirib chiqqan va bu yozuvni yozgan odamning asli ukrainalik Dmitriy Gekman ekanini […]

Kseniya Sobchak – prezidentlikka da’vogar

  Rossiyada 2018-yil mart oyiga mo’ljallangan prezident saylovlarida Kseniya Sobchakning qatnashishi ma’lum bo’ldi. Aniqrog’i, Sobchakning o’zi buni rasman tasdiqladi. Chunki uning prezidentlikka da’vo qilishi haqdagi mish-mishlar yurganiga kamida ikki oy bo’lgan edi. Ayrim manbalarga ko’ra, Sobchakning prezidentlikka da’vo qilishi ortida Kreml, to’g’rirog’i Prezident Vladimir Putin jamoasi turibdi. Gaplarga qaraganda, Putinga bu nomzodni uning atrofidagi yordamchilaridan […]

Avtoritar tuzum haqida shunchaki mulohaza

Sovet Ittifoqida fikrlari va dunyoqarashi hukumatnikiga to’g’ri kelmagan odamlar, ya’ni dissidentlarning ko’pginasi mamlakatni tark etib, Nyu-Yorkda qo’nim topgan. Shundaylardan biri Sergey Dovlatov edi. Yozuvchi, journalist, millati yahudiy. SSSRda kitoblarini chop etolmagan. Chunki ularda bildirilgan fikrlar, aytganimdek, kommunistlar partiyasi mafkurasiga mos kelmagan. Nyu-Yorkga kelganidan keyin  u rus va rusiyzabon yahudiy muhojirlar asos solgan gazetada ishlagan, “Svoboda” […]

Kurdlar haqida so’ramoqchi bo’lganingiz savollar

25-sentabr kungi referendumda kurdlarning qariyb 93 foizi mustaqillik uchun ovoz berdi. Quyida masalaning eng muhim jihatlari: Kurdlar kim? Kurdlar Iroq, Eron, Suriya va Livan hududlarida yashaydi. Ayrim manbalarga ko’ra, Yaqin Sharq mintaqasida ular soni 35 million odamga teng, ya’ni hozirgi O’zbekiston aholisidan ko’proq. Kurdlar o’z davlatiga ega bo’lmagan eng katta millat hisoblanadi. Xo’sh, nima sababdan […]